3. Pedagogik diagnostikaning predmeti: “shaxs” tushunchasi va uning
pedagogikada qo’llanilishi.
Pedagogika fanida umumiy kategoriyalar bilan bog’langan asosiy
tushunchalardan biri - shaxs tushunchasidir. SHaxs - jamiyatda o’z mavqeiga ega
bo’lgan, o’zligini anglagan, o’z “Men”iga daovogar, tevarak-atrofda sodir
bo’layotgan ijtimoiy voqea-hodisaga adekvat baho bera oladigan, tafakkur
faoliyatining ob’ektivligi bilan tavsiflanadigan insondir. SHaxs - ta’lim sohasidagi
xizmatlarning isteomolchisi va ularni amalga oshiruvchi. Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz
jamiyat bo’lmaganidek, insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun biologik,
psixologik, ijtimoiy omillar sabab bo’ladi. SHaxsning axloqiy sifatlari - shaxsning
aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali
namoyon bo’ladi: bilag’onlik, ob’ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqalar
hisoblanadi. SHaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini
tasavvur qilish orqali hosil bo’lgan obraz - «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik
adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini
belgilaydi va barkamollik mezonlari bo’lib hisoblanadi. «Men»-obrazining ijtimoiy
pedagogik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik
darajasi omillarining ahamiyatini yuksaltiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda,
tarbiyani shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’grisidagigi tasavvurlarining shakllanishi
jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin”. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini
qanchalik aniq va to’g’ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq
normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi. Abdulla Avloniy
o’zining «Turkiy Guliston yoxud axloq»
8
asarida inson kamolotida tarbiyaning
o’rnini alohida ta’kidlab, «Janobi Haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va
qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zarami, oq ila qorani ayiradigan qilib
yaratgan. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida
bo’ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go’zal xulqlarga
odatlanib katta bo’lsa, baxtiyor bir inson bo’lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi
buzilib o’ssa, nasihatni qulog’iga olmaydigan, har xil buzuq ishlari qiladigan nodon,
johil bir rasvoi odam bo’lib chiqadi»-deb ta’kidlaydi. Demak, tarbiya - o’sib
kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashni,
insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilanga xos bo’lgan axloqiy
fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab
umrining oxirigacha oilada, tarbiya muassasalari, o’quv dargohlari, mahallada,
jamoatchilik ta’sirida shakllanib boradigan jarayondir. SHaxs deganda, ruhiy
jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan
muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. SHaxs - ijtimoiy xayotning mahsuli. Inson
shaxs sifatida oilada - ota-onalar; jamiyatda esa tarbiyachi-ustozlar, ijtimoiy
guruhlar va turli jamoalarning ta’sirida shakllanadi. Jamiyat rivojlangan sari yetuk,
barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib boradi. Odamning
insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Inson
shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligi (faqat o’ziga xos
bo’lgan, boshqa insonlarda uchramaydigan xususiyat)dir. Individuallik deganda
shaxs ruhiy xususiyatiarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik
tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o’tib borish xususiyatlari,
hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi. O’zbek olimlari:
M.G.Davletshinning “SHaxs va jamiyat”, E.G’ozievning “Psixologiya”, “Tafakkur
psixologiyasi”,
“O’spirinlar
psixologiyasi”,
V.Karimovaning
“Ijtimoiy
psixologiya”, A.Munavvarovning “Pedagogika”; xorij olimlari: J.J.Piajening
8
Абдулла Авлоний Туркнй гулиетон ёҳуд ахлоқ-Тошкент: Ўқитувчи, 2004 -34-бет.
“Bolaning rivojlanishida muhitning o’rni”, D.B.Elьkoninning “SHaxs rivojlanishida
o’yinning ahamiyati”, “Pedagogik psixologiya”, A.V.Petrovskiyning “Umumiy
psixologiya”,
V.
Davidovning
“Rivojlantiruvchi
ta’lim
nazariyasi”,
L.S.Vigotskiyning “Psixologiya”, Dj.Dьyuining “SHaxs va uning jamiyatdagi
o’rni”, G.Gardnening “SHaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar” kabi asarlarida
shaxs tavsifi, uning rivojlanish bosqichlari, bunda faoliyatning ahamiyati to’grisida
qimmatli fikrlar keltirilgan. Jamiyat taraqqiyotida insonning bilimi va faol amaliy
faoliyati to’grisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev
asarlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish to’g’risida chuqur ma’noga ega
bo’lgan g’oyalar keltirilgan. SHunday qilib, insonning shaxs sifatida kamol
topishida ijtimoiy, biologik, ruhiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda
ijtimoiy muhit - kishi shaxsini shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmui
sifatida talqin qilinadi. Ijtimoiy tafakkur, turmush tarzi, shaxslararo, guruhlararo
hamda millat va xalqaro munosabatlarning o’zaro muvofiq kelishi va bir-birini
boyitishi tushuniladi. Odob-axloq - shaxsning o’ziga va dunyoga nisbatan
munosabatlaridagi xatti harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo’lib, sabab
tasavvurlar va qarashlarni qamrab oladi, ya’ni shaxs shakllanadigan manba
hisoblanadi. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir.
Irsiy belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog’liqligiga
ko’plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda
emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy
belgilarning ayrim biologik ko’rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-
harakat bo’lmaydi. (1920 yilda Hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri
yaqinidagi bo’ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga
misol bo’ladi). Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh qahramon
- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan o’tmaganida edi,
u shaxs sifatida degradatsiyaga uchragan bo’lardi. Ijtimoiy muhitning buyuk
insonlar shakllanishidagi o’rni muhim bo’lib, Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn-
fizik, Ulug’bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo’lib tug’ilmagan, albatta. Ulardagi
qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste’dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim -
tarbiya muhim o’rin egallaydi. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash
borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida muhitning o’rni muhimligi
ko’rsatiladi. Ta’lim - tarbiya insonning shakllanishida yetakchi o’rin egallaydi.
Ta’lim - tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta’sirini o’qish, mehnat
qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko’nikmalar egallanishi evaziga
o’zgartirish, xatto tug’ma kamchiliklar (karlik, zaif ko’rish, soqovlik)ni bartaraf
etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda
qobiliyatli, iste’dodli va iqtidorli bolalarga alohida e’tibor berila boshlandi, ularing
iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda “Nihol”, Zulfiya
nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va
Prezident stipendiyalarining ta’sis etilganligi ham yoshlarga berilayotgan
e’tiborning timsolidir. Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy meros -
ularing asarlarida komil insonni ma’naviy rivojlantirish g’oyasi o’z ifodasini topgan.
Xususan, “Avesto”, Qur’oni Karim, SHarq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi
komil inson g’oyasi, SHarqona axloq kodeksida sog’lom avlod tarbiyasi haqida
o’lmas g’oyalar keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo’lar
ekan, uning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo’lgan
munosabati, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi yetukligi turlicha bo’ladi. SHaxs
qaysi jamiyatda yashasa o’sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga u
etadi. Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon
sifatida qaraladi. SHaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga
muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya va albatta o’zining mustaqil faoliyati,
iroda safarbarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Irsiyat nishonalari shaxsni
shakllantirishning ob’ektiv omillariga kiradi. Inson organizmidagi anatomik
tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros
qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlandaodam shaxsi va xulqi
rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog’lab
o’rganuvchi bixevionzm, progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo’lib, ularing
ayrim vakillari (E.Torandayk) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo’lajak shaxsga
xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va
aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o’tadi, degan g’oyani ma’qullaydilar. Ba’zi
olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o’sishini ham irsiyatga bog’laydi. SHunday qilib,
irsiylik shaxsning o’ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik,
psixologik, tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan irsiy o’zgaruvchilar orqali
o’tadigan birliklardir. Biologik omilning inson shakllanishidagi o’rni muhim va
o’ziga xos, albatta, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo’lmaydi, insonga xos
xususiyatlar - aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug’ma
o’tishi mumkinligi, lekin bu tug’ma imkoniyatiar rivojlanishi uchun inson bolasi
insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o’rnatishi,
ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma’lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi
lozimdir. Insonning shaxs sifatida shakllanishida muhit (geografik, ekologik,
axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, ota-ona, bobobuvilar tarbiyasining
to’laqonligi, tashqi muhit va h.k.) beqiyos amiyat kasb etadi. SHaxsning
rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o’rni beqiyos. Buyuk insonlar
o’z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o’z
intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste’dodni
ro’yobga chiqarish uchun ham o’z ustida ishlanishi zarurdir. SHunday qilib, ta’lim-
tarbiya jarayonini oqilona tashkil etishda pedagogik diagnostika: - birinchidan,
individual ta’lim jarayonini qulaylashtirish; - ikkinchidan, jamiyat talabidan kelib
chiqib, ta’lim-tarbiya natijalarini oldindan prognozlash, samaradorligini aniqlashni
ta’minlash; - uchinchidan, o’ziga xos ta’lim yo’nalishi va mutaxassislikni to’g’ri
tanlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |