natijalarning bir xilligi; - natijalarga ko’ra amalga oshirilgan tahlillarning
isbotlanishi; - loyihalashning tasdiqlanishi, ya’ni loyihalashtirishdagi natijalarning
olingan xulosalarga uyg’unligi.
3.
SHarqda
pedagogik
diagnostika
elementlarining
qo’lanilishi.
SHarqda pedagogik diagnostika elementlari qo’llanilganligidan guvohlik
beruvchi manbalar mavjud. «Avesto» ta’limoti, “Qurooni Karim» saboqlari, Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy (810-970), Abu Iso Muhammad ibn
Iso at- Teriniziy (824-892) kabi Hadis ilmining ulug’lari, tasavvuf ilmi (sufiylik
tariqati)ning namoyondalari: Bahovuddin Naqshbandiy, Abduxoliq G’ijduvoniy,
Najmiddin Kubro kabi olimu fuzalolar komil inson to’g’risidagi g’oyalari bilan
SHarqda ta’lim -tarbiya jarayonining rivojiga ulkan hissa qo’shdilar.
Ularning
ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida pedagogik diagnostika elementlarini ham
uchratamiz.
Xususan,
ushbu
olimlarning
ta’limotlarida “ustoz-shogird”
munosabatlarini o’rganish va tadqiq qilish, ilm o’rganish borasida yoshlarning aqliy
qobiliyatlarini tashxislash va rivojlantirish, ularni kasb tanlashlari uchun
imkoniyatlari va qobiliyatlarini diagnostika qilish masalalari o’z ifodasini topgan.
SHarq Uyg’onish davrining 1-bosqichida yashab, ijod etgan Abu Nosir Farobiy
(789-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (937-1051),
Kaykovus (XI asr), Ahmad Yugnakiy (XI asr), Mahmud Qoshьariy (XI asr) kabi
allomalar ta’limotlarida ham ilm o’rganish, tarbiya
masalalarini hal qilishda
yoshlarning ichki qobiliyatlarini tashxislash masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.
SHarq Uyg’onish davrining 2-pallasida yashab, ijod etgan o’zbek badiiy tilining
asoschisi, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy o’zining tarbiyaviy ahamiyatga
molik bo’lgan noyob asarlari, dostonlari, she’riyat olamidagi mulki merosi bilan
insonshunoslik to’g’risidagi fanning shakllanishiga zamin yaratgan bo’lsa,
ilmiy
tafakkur va falakiyot ilmi sohasida yetuk dunyoqarash sohibi Mirzo Ulug’bek
ma’rifiy qarashlarm, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko’plab
ma’rifatparvarlar o’zlarining o’lmas ijodiyoti bilan pedagogika taraqqiyotiga
salmoqli hissa qo’shdilar. Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub»
6
asarida zamonaviy
pedagogik diagnostika tizimida muhim o’rin tutuvchi omil o’z-o’zini tarbiyalash
masalasining mohiyatini yoritadi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko’ra,
bolaning o’zi yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini o’zi anglab olishi hamda ulari
bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Mutafakkirning e’tirof
etishicha,
kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to’g’ri foydalansa, o’z xatosini anglay
oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi; kimki yo’l qo’yilgan xatoni anglash va
uni to’g’rilashga harakat qilish o’rniga turli bahonalarni ro’kach qilaversa, xatolari
yana bittaga oshishi uchun shaxsan o’zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi
qancha ko’p bo’lsa, xatosi shunchalik katta ko’rinadi, kamchilikning mavjud
ekanligini ko’rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo’lsa,
el oldida uning
obro’si shunchalik pasayadi. Mutafakkiming ilm olish yo’llari xususidagi qarashlari
ham muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy: bilimlarni tinmay, uzluksiz
o’rganish zarur, deydi. Bu yo’lda duch keladigan har qanday qiyinchilikni yengib
o’tish, xatoliklarni bartaraf etish, mumkin deb hisoblaydi. Aniq hayotiy maqsadni
begilab olgan holda ana shu maqsadning ro’yobga chiqishi yo’lida qunt bilan
ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, bu yo’nalishda olib borilayotgan harakatni
oxiriga yetkazishda chidamli, matonatli va sabotli bo’lishni maslahat beradi.
Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq”
7
asarida inson
kamolotida tarbiyaning o’rnini alohida ta’kidlab, «Janobi
Haq insonlarning asl
xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani
ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq
tarbiya vositasida bo’ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib,
go’zal xulqlarga odatlanib katta bo’lsa, baxtiyor bir inson bo’lib chiqadi. Agar
tarbiyasiz, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni quloьiga olmaydigan, har xil buzuq ishlari
qiladigan nodon, johil bir rasvoyi odam bo’lib chiqadio-deb ta’kidlaydi. SHarqda
pedagogik diagnostika elementlarini qo’llashda insonni voyaga yetkazish
masalalariga jiddiy e’tibor berilgan. Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va
6
Алишер Навоий Танланган асарлар. 5- жилд.-Тошкент. Қомуслар бош таҳририяти, 1999.-492 бет.
7
Abdulla. Avloniy. Turkiy gu lis ton yoxud axloq. -Tоshkent: Fan, 1994.