Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Keyingi yillarda pedagogik diagnostika quyidagi funktsiyalarni o’z ichiga



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə6/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Keyingi yillarda pedagogik diagnostika quyidagi funktsiyalarni o’z ichiga 
olmoqda:
1. Analitik - ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishda ta’limda yaratilgan sharoit va
natijalar orasidagi o’zaro bog’liqlikning sabablarini o’rganish.
2. O’z-o’zini diagnostikalash - o’quvchi-talabaning o’zlashtirish darajasi, tarbiya
topganligi va rivojlanish komponentini aniqlash.
3. Baholash - pedagogik jarayon qatnashchilari faoliyatidagi miqdor-sifat baho
ko’rsatkichlarni prognoz qilish.
4. Korrektsiyalash - o’qituvchi va o’quvchi-talaba faoliyatida yuz berishi mumkin
bo’lgan kamchiliklarni minimum holatga keltirish.
4
J.G‘.Yo‘ldoshev, M.K.Shirinov, F.I.Ochilov.Pedagogik diagnostika. Q‘quv-metodik qo‘llanma 2014 yil 9-bet


5. Yo’naltirilganlik - yangi maqsadlarni belgilashda o’quv jarayonida yuz berishi


mumkin bolgan kamchiliklarning oldini olish.
6. Axborotlashtirish - pedagogik jarayon qatnashchilarini doimiy ravishda qo’lga
kiritilayotgan muvaffaqiyatlardan xabardor qilib borish.
Pedagogik diagnostika ta’limni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. U o’quv-
tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tahlil
etadi, ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab
beradi, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo’l ochadi,
pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim ob’ekti, ta’limiy
tushunchalar qay darajada o’zlashtirilganligi tahlil etiladi, o’quv kursi va o’quv
dasturlarining o’zlashtirish darajasi baholanadi. Egallangan malakani aniqlashga
qaratilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari
quyidagilar:
5
1) taqqoslash; 2) pedagogik tahlil; 3) avvaldan ayta bilish (prognoz);
4) interpritatsiya; 5) pedagogik diagnostika natijalarini o’quvchi-talabalarga
yetkazib berish; 6) amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o’quvchi-
talabalarga yetkazish; 7) pedagogik diagnostika metodlarini to’g’ri tanlay olish.
Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa; haqqoniylik (ob’ektivlik);
ishonchlilik; puxtalikga asoslanadi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin