paytlari psixologik diagnostika biologiya va tibbiyotning tashxis modellarini andoza
qilib olgani kabi pedagogik diagnostika ham zarur bo’lganda psixologik ilmiy-
tadqiqot metodlardan o’z o’rnida foydalandi. Jahon pedagogikasida “ta’lim”,
«tarbiya» atamalari keng qamrovlidir. “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam
bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli
bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimiz safarbar etayotgan ekanmiz, bu
borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Agar bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va ma’suliyatimizni yo
qo’rsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zi tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas
qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’aviyatimizdan,
tarixiy
xotiramizda ayrilib, oxir oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot
yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”. Keltirilgan ushbu satrlardan tarbiyaning
vazifalari keng va ko’p qirrali ekanligi kelib chiqadi. SHunday ekan, ta’limning
asosiy vazifasi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish
bo’lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga
mos keladigan e’tiqodni, axloqiy ko’nikma
va malakalarni, extiyoj va intilishlari
tarkib toptirishdan iborat. Tarbiya bilan shug’ullanadigan har bir tarbiyachi birinchi
navbatda o’z faoliyatini va unda ko’zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi,
bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Tarbiyaning mohiyati xususida turli
nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalarning (o’qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar)
bolalarga ta’sir ko rsatishi sifatida tushunish eng ko’p tarqalgandir. Bunda kattalar
to’g’ri deb hisoblaydigan ideallar, maqsadlar,
vazifalar, normalar, talablarga
muvofiq ta’sir ko rsatish ko’zda tutiladi, albatta.
Tarbiyani bunday tushunish
haqiqatga yaqin, biroq u bir tomonlama bo’lib, tarbiya jarayonining faqat muayyan
qismini aks ettiradi. Tarbiyaga bunday ta’rif berishda bolaga kattalarning ta’siri
qaratilgan ob’ekt sifatidagina qaraladi. Pedagogik tashxislashning asosiy maqsadi
ham tashabbuskor va mustaqil kishilarni tarbiyalashni nazarda tutadigan bo’lsa, u
tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayonida faol harakat qiluvchi sub’ekt rolini beradi.
Demak, uzluksiz ta’lim tizimi qatnashchilarining ma’naviy-axloqiy, intellektual va
boshqa sifatlanni tashxislash uchun ilgor pedagogik tajribalarni ham o’rganish zarur
bo’ladi. Xorij olimlari: Ingo Xartman, Karlxaynts Ingenkamp, Linert, Frike,
Lyumann, Rorshax, Diderix, Xeginger, Baxmayr (Germaniya); Bolsho, Burk,
Rollet, Royleke(Angliya);
Jorj Fisher, Jeyms Rays, T.Stoun (Amenka);
A.V.Mudrik,
V.D.Semyonova,
G.N.Filova,
S.D.Smirnov
I.V.Dubrovina,
Y.Langmeer, G.M.Breslav, L.P.Fridman, I.Rogov (Rossiya) ta’lim tizimida
pedagogik diagnostika masalalarini tadqiq etishgan.
O’zbekistonda pedagogik
Dostları ilə paylaş: