kamolotida yechimi birmuncha qiyin bo’lgan savollarni yuzaga chiqarmoqda.
Masalan, shaxsning ma’naviy kiyofasini sotsiokorrektsiya qilish masalalari, shaxs
tarbiyasida vujudga kelayotgan illatlar, nuqsonlarning paydo bo’lishi, ularni bartaraf
etish yo’llari, metodlari va boshqalar. Tabiiyki, bu masalalarni hal etishda eskicha
yondashuvlar yordam bera olmaydi. Pedagogik diagnostika ham amaliyot
talablaridan ortda qolmaydi va ijtimoiy qadriyatlarning o’zgarish
qonuniyatlariga
bog’liq holda rivojlanadi. Birinchi navbatda yangi metodlarni izlab topish jarayoni
davom etmoqda, mavjudlarini tubdan takomillashtirish,
ilmiy bilish mantiqini
loyihalash, tadqiqotlar samarasini oshiradigan texnikaviy qurilmalarni yaratishga
e’tibor qaratilgan.
Boshqa tomondan, pedagogik diagnostikaning ilmiy
metodologiyasi
- chuqur nazariy umumlashma, prognozlash,
fan strategiyasini va
uning mavqeini oshirish jamiyat islohotlariga mos ravishda amalda kengaymoqda.
Dostları ilə paylaş: