Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə18/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Solishtirish - diagnostik jarayonning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Biz


hayotdagi har bir narsani kuzatab, beixtiyor uni solishtiramiz. Ko’rgan narsamizni


o’z tajribamiz asosida fikrlashni, unga baho berishni xohlaymiz. SHu maqsadda
xotiramizdagi xuddi shunday yoki shunga shunday kuzatishlarni esga olarmiz. Faqat
o’z kuzatisharimiz emas, balki o’zgalar tomomdan o’tkazilgan kuzatishlar ham
tadqiqot tasnifiga yordam berishi mumkin. Agar qandaydir yangi kuzatishda
solishtirishga asos yo’q bo’lsa, kuzatishimizda unga yaqinroq bo’lgan kategoriyadan
foydalanishga harakat qilarniz.
Insonning xulqini kuzata turib, uning oldingi xulqi yoki hozirgi kundagi va
o’tmishdagi boshqa individning xulq-atvori bilan, kimningdir xulq haqidagi fikrlari
bilan solishtiramiz. Bu pedagogik diagnostikada individual, ijtimoiy yoki ob’ektiv
solishtirish normalari deb hisoblanadi.
Normalar pedagogik diagnostikada u yoki bu o’quvchilarning ma’naviy
darajasini baholash uchun kerak bo’ladigan axborotlar to’plashni bildiradi.
Pedagogik tashxisning noeksperimental metodlari: kuzatish, anketa, 
so’rovnoma, suhbat, intervьyu.
Kuzatish metodi. O’quvchi yoshlarning turli sifatlarini o’rganish uchun
kuzatuv metodidan foydalanishi mumkin. Mazkur metod ancha murakkab bo’lib,
turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Xususan, yoshlar o’rtasidagi muloqotning
ta’sir kuchi, individual farqlarini qiyoslashda ham foydalanish yaxshi natija beradi.
Kuzatish metodlari orqali o’quvchilarning o’zaro aloqalari, tengdoshlari bilan
muloqoti, individual-psixologik farqlarini qiyoslash, ularning fanlarni o’zlashtirishi,
xulq atvori va mavjud muammolandagi o’zgarishlari hisobga olish va tegishli
ma’naviy-ma’rifiy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.
Kuzatish metodi o’quvchi-yoshlarning ilmiy dunyoqarashi, intellektual
rivojlanishi, fikrlash jarayonining dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqilligi,
faolligi va ulari tahlil qilishga yordam beradi.
Tajribalar ko’rsatishicha, o’quvchi-yoshlarning markaziy nerv sistemasidagi
psixik qo’zg’alish kuchiga qarab, umumiy ta’limiy-tarbiyaviy jarayonga kirishish
faolligini aniqlash mumkin.
Kuchsiz nerv sistemasiga mansub o’quvchi-yoshlarda sezgirlik chegarasi o’ta


nozikligi bilan tavsiflanadi. SHu sababli ular zarracha ahamiyatga molik bo’lmagan


psixotravmatik ta’sirlarga ham uzoq muddat davomida qiynalib yurishadi.
Pedagogik tashxislashda va korrektsiyalashda shu jihatlarga alohida e’tibor berish
joizdir.
O’spirin va o’smirlarning «kuchli nerv sistemasiga mansubliligi qo’yidagi
ko’rsatkichlar orqali namoyon bo’ladi:
1.
O’z faoliyatidagi intensivlik va mahsuldorlikni yo’qotmagan holda uzoq
muddat mobaynida u darajada qiziqarli bo’lmagan topshiriqlarni bajarish
imkoniyatiga ega bo’lishlari;
2.
Ta’lim jarayonida qiyinchiliklarni bartaraf qila olish, maqsadga erishish
yo’lidagi qaysarlik xususiyatlanning mavjudligi;
3.
Mushkul vaziyatlarda ish mahsuldorligi va qat’iyatliligining oshishi (ayniqsa
xavfli vaziyatlarda);
Xatti-harakatlari va xulq-atvorida mustaqillikka intilish xususiyatlarining
mavjudligi, ayniqsa yangi, notanish vaziyatlarda ularning kashf qilinmagan
qirralarining namoyon bo’lishi. Demak, pedagogik tashxislashda kuzatish metodi
muhim ahamiyat kasb etadi. «Ilmiy kuzatish maqsadga qaratilganligi,
konstruktivligi va nazorat qilinishi bilan oddiy kuzatishlardan farq qiladi»
11
,- deb
hisoblaydi ingliz olimi G Jenks.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin