Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


korrektsiya o’tkazishga imkoniyat yaratiladi



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə26/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

korrektsiya o’tkazishga imkoniyat yaratiladi. Korrektsiya 
natijasida- o’quvchilar orasida ruhiy holat, sifatlovchi va tavsifiy belgilar 
hamda boshqa hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik vujudga keladi. 
SHunday qilib, ta’limning o’ziga xos tomoni, u tarbiyani ijtimoiy hodisa
sifatida pedagogik faoliyat, shaxsning shakllanishini o’ziga birlashtirib, ana shu
uchta asoslardan real pedagogik jarayonni tuzadi, bu jarayon turli ta’lim-tarbiya
konseptsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtiriladi va ta’lim tizimi
muassasalarida tatbiq etiladi.
Tahlil. Tahlilda biz kuzatishning solishtirma tasnifidan chetga chiqamiz. Endi
biz u yoki bu individning xulqi oldingidan, boshqa individlarining xulqidan nima
uchun farq qilishini yoki normadan cheklanishini bilishni xohlaymiz. Biz bu sabalai
tahlil qilishni, aynm o’quvchilarimizning xulqi biz kutganimizdan boshqacha bo’lib
chiqishi sabablarini bilishga intilarniz.
Prognoz – grekcha so’z bo’lib, kutilayotgan voqea yoki hodisalarning qanday
kechishi, rivojlanishi va oqibatlarini mavjud dalillar, ma’lumotlarga asoslanib,
oldindan aytib berish ma’nosini anglatadi. Ta’lim mazmunini prognoz qilish esa
shaxs, davlat, jamiyat, fan, ishlab chiqarish taraqqiyoti va ehtiyojlarini hisobga olib,
jamiyat hamda ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarga bo’lgan talablarni,
ijtimoiy buyurtmaning ko’larnini aniqlagan holda, ta’limning istiqboldagi
mazmunini belgilab berishni anglatadi.
Jamiyatimizning hozirgi bosqichida yosh avlodning ichki imkoniyatlarini
aniqlash, ma’naviy madaniyatli va yuksak manfaatli qilib tarbiyalash borasida
prognostika (prognoz) qilish muammosi olimlar va tadqiqotchilar e’tiborini jalb
qilmoqda. Bu muammoga bag’ishlab faylasuf pedagog psixolog, adabiyotshunos va
jamiyatshunos mutaxassislar tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.


Hozirgi zamonda prognozlashtirishning ilmiy muammolari jamiyatimizning har


bir sohasida, shuningdek, ta’lim jarayonini didaktik loyihalashda o’ta muhimdir.
O’quvchilarni o’qitish jarayonida prognoz qilishning pedagogik omillaridan
foydalanishning bir qator yechimini kutayotgan muammolari bor:
-birinchidan, siyosiy va ijtimoiy jihatdan ta’lim davlat siyosatida ustivor deb
belgilanishi;
-ikkinchidan, inson faoliyatining asosiy tun mehnat, atrof - muhitni o zlashtirish,
bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham shaxsiy ehtiyojlarini qondirishi,
-uchinchidan, respublikaning umumiy o’rta ta’lim maktablarida ilm olish
ijtimoiy hodisa sifatida qaralishi;
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev yosh avlod tarbiyasida prognoz qilish o’rni
nihoyatda beqiyos ekanligini ta’kidlab, shunday deydi: «Har bir insonning, ayniqsa,
endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikri
singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq
ekanligini, ya’ni bu narsa ularing sobitqadam g’ayrat - shijoatiga, to’la - to’kis
fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari
kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishini asosiy shartdir
1
».
“Prognozlashtirish - insonning bilish faoliyati turi, ya’ni ob’ekt va uning
rivojlanish g’oyalarini tahlil qilish asosida prognostik shakllantirish yo’nalishidir
12
13
”,- deb yozadi. F.Kerimov o’zining “Sportchining mahoratini prognozlashtirish”
asarida.
Pedagogik diagnostika doirasida o’qituvchi solishtirish va tahlilda olingan
natijalarni boshqa sharoit va kelajakda qo’llashga majbur. Agar o’quvchi bir xonali
sonlarni ko’paytirish qoidasini qo’shimcha darsda o’zlashtirgan bo’lsa, o’qituvchi
kuzatuv olib borib, o’quvchi shu natijani sinfda ham takrorlay olishga qodirligini,
ikki xonali sonlarni ko’paytirish qoidasini idrok etishga tayyor ekanligini aniqlay
olishi kerak.
12
MHfnnecB III M. E
VKK
KcnasKarHMMiHU MapA ea ojiHfocaHoG xgJiKHMin 6>LnaH
Supra K$paMM?. -T
ULDKCHT
:
ViGcKHCTOH, 2O17.-69-bet
13
Kerimov F. Sportchining mahorati prognozlashtirishi-Toshkent-Moliya. 2005-142-bet


Ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi doimo vaziyatni prognoz qilib boradi, uning


natijalariga qarab o’quv-tarbiyaviy tizimning keyingi bosqichlarini aniqlaydi.
Attestatsiya o’tkazish davomida o’qituvchi yuqori bilim talab qilinadigan maktab
(o’quv yurti)da o’qishga, uni muvaffaqiyatli tugallashiga tadqiq qilinuvchi
o’quvchi-yoshlarning tayyorgarligi yetadimi, yo’qmi, ijtimoiy hayotdagi faollik
darajasi qanday ekanligi kabi masalalari prognoz qila olishi kerak. Hozirgi kun talabi
asosida har bir o’qituvchi prognostika bilan shug’ullanishi zarur.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin