Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Ijtimoiy-pedagogik tashxis va uning ahamiyati



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə28/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Ijtimoiy-pedagogik tashxis va uning ahamiyati 
Tashxis deganda, avvalo, ob’ektning ahvolini aniqlash va belgilash nazarda
tutiladi. Biz tibbiy, psixologik va pedagogik tashxis kabi tushunchalarga duch
kelgandik. Lekin pedagogik diagnostikada ijtimoiy pedagogik tashxis jarayoni
o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ijtimoiy pedagogik tashxis - bu pedagogik
faktorlrning samaradorligini oshirish maqsadida sotsiologik, ekologik va ijtimoiy-
psixologik faktorlaring sotsiumga hamda har bir shaxsga ta’sir ko’rsatishi haqidagi
axborotlar majmui kabi bilish jarayonining tashkiliy qismidir. Ijtimoiy
pedagogikaning tashxis ob’ekti - ijtimoiy mikromuhit bilan munosabat tizimida
bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayoni. Ijtimoiy pedagogik
tashxis orqali mikromuhitning ijtimoiy psixologik tavsifi, oila tarbiyasi va
pedagogik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik tavsifi o’rganiladi. Ijtimoiy-
pedagogik tashxis quyidagi tuzilishga, ya’ni strukturaga ega: bolaning faoliyatidagi
nuqsonlarni aniqlash; bola haqidagi to’plangan materiallar asosida dastlabki farazni
ilgari surish; farazni sinashga doir qo’shimcha axborotlar to’plash, agarda faraz
isbotlanmasa, barcha muolajalarni qayta ko’rib chiqish. Bola yoki o’smir shaxsi
bilan olib boriladigan bu ishlar, bir so’z bilan aytganda, ijtimoiy pedagogik
tekshiruvdan o’tkazish, deb yurutsa ham bo’ladi. Demak, ijtimoiy pedagogik
tekshiruv ijtimoiy pedagogik tashxisning asosini tashkil etadi.
Oilada tashxis. Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy - pedagogik faoliyat oila
tashxisi va oila tarbiyasi masalalari pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar
bilan ish olib borishga doir turli xil yondoshuvlar mavjud. SHulardan biri
I.V.Grebennikov tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda
yaratilgan ma’rifiy-axborotli yondoshuvdir. SHu yondoshuvning mazmuni va
mohiyatidan kelib chiqqan holda ba’zi mamlakatlarda ota-onalarga uzluksiz va
ma’lum tizim asosida yordam berish maqsadida ota-onalar, umuman oila uchun


ommaviy ta’lim dasturi ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning bola


tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo’lingan. Lekin bu dasturlar anonim
tarzda olib borilgan. Har qanday faoliyat aniq maqsadga qaratilgan bo’lsa u samarali
natija beradi. SHuning uchun ham muayyan ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj
oilalani ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko’rsatish,
ya’ni oilada valeologik sog’lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga yaxshi
tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. CHunki oila tarbiyasida aynan oila tashxisi
muhimdir. Ota-onalar bilan olib boriladigan maxsus amaliy ishlar bir oilaning
ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik yordam berishda
maxsus amaliy ishlar (maxsus praktikumlar) muhim ahamiyatga ega. Oilada
sog’lom turmush tarzini saqlashga doir ota-onalarning pedagogik-psixologik
tayyorgarligiga bo’lgan ehtiyojni tashxis etish bo’yicha maxsus amaliy ish
quyidagicha olib boriladi: - maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni
aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega
ekanligini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; -harakatlar
algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o’rnatishga doir anketalar tarqatish,
ularga javoblar olish, tahlil etish, ularing tavsifiga ko’ra ota-onalarni kichik
guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatlar. Tashxis
asosida pedagogik jarayonlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish
rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi, oila tashxisini amalga oshirishda oila va
oilaviy munosabatlarning psixologik holatini, muhitini o’rganishga doir “Tipik
oilaviy hayot”, “Oila hayajonlari tahlili”, “Oilaning kinetik rasmi” nomli maxsus test
ishlarini o’tkazish kabi metodlardan foydalanish mumkin. Psixolog va
sotsiologlarning tekshirishlariga ko’ra, oilaviy tarbiya kamchiliklari turli-tuman
ekanligi va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ochib berilgan. Bularga quyidagilar
kiradi:
1. Ota-onalarning bola tarbiyasida ma’suliyatni his etmasligi: a) bolaning moddiy
ta’minoti va ma’naviy kamoliga javobgarlikning yo’qligi; b) bola tarbiyasini
bog’cha, maktab, o’quv yurtlarining vazifasi deb tushunish.


2. Oilada salbiy psixologik muhitning ustun turishi: a) bolalarga kattalar tomonidan


diqqat-e’tiborning yetishmasligi; b) ota-onalar bilan farzand o’rtasida o’zaro
tushunishning yo’qligi; v) oila muhitida doimiy janjallarning qaror topganligi va
ulari kamaytirish uchun intilishning yo’qligi; g) ota-onalarning beqaror his-
tuyg’ulari, kayfiyatlari, ularing tartibsiz, tasodifiy xarakterga ega bo’lishligi; d) ota-
onalar shaxsiy qiziqishlarining o’zaro mos tushmasligi va bir-biriga qarama-
qarshiligi. 3.Ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimdan xabardor emasligi. a)
ko’r-ko’rona otalik va onalik mehr-muhabbatining hukm surishligi va uning beqaror
ahamiyat kasb etmasligi; b) ota-onaning bola qiziqishi va xohish-istagi bilan
hisoblashmasligi; v) ota-onaning bolaga nisbatan qo’pol muomalada bo’lishligi; g)
oila muhitida adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, poraxo’rlik, o’zganing
haqqiga xiyonat qilish illatlarining namoyon bo’lishi; d) oila turmushida shaxsiy
manfaatdorlikka ruju qo’yilganligi; e) oilada yaxshi an’analarning, urf-odatlarning
yo’qligi va ma’lum qolipdagi salbiy xatti-harkatlarga rioya qilinishi; j) oilaning
ijtimoiy muhitdan ajralib qolishligi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin