Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə36/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

2.
Boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarini 
pedagogik 
tashxislash 
va 
korrektsiyalash yo’llari 
Boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchilarni tashxislash. Umumiy o’rta ta’lim
maktablarida
o’quvchilarni diagnostika qilish, xulqlaridagi nuqsonlarni
korrektsiyalashda kuzatish, o’zini kuzatish hamda bu metodlarning bilishdagi roli,
savol-javob, tajriba va pedagogik testlardan foydalanish o’rinli. O’quvchilarni
tashxislashda, asosan, tanishish, ilmiy izlanuv, tanqidiy-rasmiy tasdiqlovchi bosqich


tajribalaridan foydalanish mumkin. Bunda empirik va nazariy tadqiqotlardan


foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagi yo’nalishlarda olib
boriladi:
1. Empirik tadqiqotlar.
2. Nazariy tadqiqotlar.
Empirik tadqiqotlar professional xodimlar (o’qituvchilar, ijtimoiypedagog-
psixologlar) faoliyati ostida amalga oshiriladi. Ilmiy-nazariy tadqiqot maxsus
tayyorlangan mutaxassislar yordamida amalga oshiriladi. Bilish faoliyati tizimli va
maqsadli yo’naltiriladi. Ilmiy faoliyat tizimli va maqsadli yo’naltiriladi. Bilish
metodlari: kuzatuv, qiyoslash, tajriba va b. Maxsus ilmiy metodlar: abstraksiya,
ideolizatsiya, formatizatsiya, modemlashtirish va b. Olingan natijalar hukm, qoida,
tavsiya sifatida qayd etiladi. Olingan natijalar ilmiy konferensiya, qoida va qonunlar,
kashfiyotlar shaklida qayd etiladi. 7-11 yoshdagi bolalarni tashxislash va ularing
xulqidagi nuqsonlarni korrektsiyalashda tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilash
lozim. Buning uchun diagnostika va korrektsiya o’tkazuvchi shaxs mazkur
jarayonning
(17-chizma)
tarkibini, uning ta’sir mexanizmini to’laqonli bilishi shart.
17-chizma.
Boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchilarni pedagogik diagnostika va
korrektsiyalash, asosan, quyidagi tarkibda amalga oshiriladi. Diagnostika va
korrektsiyalashning maqsadi hamda vazifalarini to’g’ri belgilab olish bolada
muloqot ko’nikmalarini shakllantira boshlashdan, yangi pedagogik muhitda
adaptatsiyaga o’rgatishdan boshlanadi. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarning
tarbiyalanganlik darajasiga, ularning kelgusi hayotdagi yo’riqnomalariga, avvalo,
oila tarbiyasi katta ta’sir ko’rsatadi. Odamning yuksak psixik funktsiyalari - idrok,
diqqat va tafakkur borliqni bilish formalari sifatida qaratilishi shak-shubhasizdir.
Faoliyatning bilish manbai bo’lmish muloqot esa insonning shaxsiy taraqqiyoti
manbai ekanligi ma’lum. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolaning bilish faoliyati
(sezgi, idrok, tafakkur, xayol va xotira)ni o’rganish tashxislashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Bolaning individual jamoatchilik xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan
ijtimoiy va tabiiy (tug’ma) xulq-atvori, xatti-harakatlarini tushuntirib, oldindan


belgilashda uning biosotsial tabiatini hisobga olish zarurligi o’rganiladi. Ma’lumki,


bola markaziy asab sistemasining tuzilishi, uning ishi (vazifalari) va xususiyatlari,
uning markaziy va perifenk qismi, bosh miyaning tuzilishi, har bir neyronning
tuzilishi va uning ish tartibi “retseptor” tushunchasi hamda uning turlari,
“analizator” tushunchasi, odam bosh miya qobiьida sodir bo’ladigan asosiy psixik
jarayonlar va kishining psixik holatining asab tizimida tutgan o’rni, uning roli hamda
vazifalari to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish pedagogik tashxislashni oqilona
tashkil qilishga imkoniyat yaratadi. SHu bilan birgalikda, bola miyasida sodir
bo’ladigan psixik holatlarning anatom-fiziologik xususiyatlari va bunda
sezgilarning tarkib topishida ishtirok etadigan miya tuzilishi hamda tanamizdagi
a’zolarining ishtiroki mexanizmlarini o’ylab ko’rish zarur. Tashxislash ayrim
paytlari xulq-atvorning genetik ildizi, bunda odam psixologiyasi va uning xulq-
atvori, xatti-harakatlari rivojlanishida genetika va muhit, biologik va ijtimoiy
omillarni tushuntirish muammolari, irsiyat mexanizmlari haqidagi tasavvurlar
asosida hal qilishga yordam beradi. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchilar
xulqidagi nuqsonlarni korrektsiyaiash tadbirlarini amalga oshirishda xalq
pedagogikasidan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Xalq pedagogikasi va
odobnomasining nodir sohasi bo’lgan o’zbek xalq pedagogikasi ijtimoiy va maishiy-
axloqiy hayotning barcha tomonlarini - xalq og’zaki ijodi, qadrshunoslik,
udumshunoslik, marosimshunoslikning yetakchi yo’nalishlari va diniy-axloqiy
ta’limotni qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Unda xalqimizning asrlar
davomida to’plagan boy tajribalari, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy,
estetik, ma’naviy, jismoniy yetuklik borasidagi qarashlari, xulosalari lo’nda va
donishmandona ifodalangan. Xalq pedagogikasining o’ziga xosligi shundaki, u
bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga
yetish, kelajakka umid bildirish asosida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib borishni
ko’zda tutadi. Uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra va serma’noligi tarbiyaning
eng dolzarb masalalarini hal qilishga, umuminsoniy yo’nalishlarga, umumbashariy
g’oyalarga qaratilganligidir. SHuning uchun ham xalq pedagogikasi yoshlar
tarbiyasida, inson hamda Vatan taqdirida hal qiluvchi o’rinni egallab kelmoqda.


Bolalarni estetik tarbiyalashda o’yin, folьklorning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi,


ayniqsa, xalq an’anaviy sport o’yinlari yoshlarning ma’naviy-jismoniy rivojlanishini
ta’min laydi. Xalq pedagogikasining ekologik tarbiya berishdagi imkoniyatlari ham
kengdir. Masalan, atrof muhit va tabiatni asrash, e’zozlash, hayvonot dunyosi,
qushlar, daraxtlar, o’simliklar, yer, suv va borliqqa munosabatni ijobiy
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Turli udumlar, rasm-rusumlar, marosimlar,
tabiat bayramlari bo’lmish “Navro’z”, “Hosil bayrami”; “Ramazon hayiti”, “Qurbon
hayiti” bayramlari ham ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda katta rolь
o’ynaydi. Turli xalq qo’shiqlari orqali go’zallik, orzu-umid va boshqalar tarannum
etilib, insonda cheksiz mehr va muhabbatni tarkib toptiradi. Ertaklardagi voqealarda
yaxshilikning doimo yomonlikdan ustun kelishi bolalarni mehr-oqibatga,
yaxshilikka yetaklaydi. Ulari ijobiy qahramonlardan ibrat olib yashashga o’rgatadi.
Tez aytishuvlar - bolalar nutqini o’stirishga, topishmoqlar - bolani topqirlikka,
zehnining o’sishiga, maqollar - odob-axloqli bo’lishga, qo’shiqlar - nafosat
tarbiyasiga, she’rlar - ularing so’z zahirasi oshishiga, aqliy-axloqiy tarbiyasiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. Bolaning xulq-atvorini korrektsiyalashda quyidagilarni hisobga
olish yaxshi natijalarga olib keladi: jismoniy jihatlar; tabaqali yondoshuv (farqlash)
qobiliyatining ma’lum darajasi, xotiraning rivojlanish darajasi, intellektual
rivojlanish darajasi; diqqat hamda sabr-toqatli boshqarishi, topshiriqlarni bajarishga
hozirjavobligi, ishga munosabati; bir qadar tarbiyachidan xoli bo’gan holda aloqa
o’rnatish qobiliyatini ko’rsatuvchi ijtimoiy jihat. Umuman, bolalar ongini
o’zgartirish va o’stirishda yangi texnologiyalardan foydalanish juda muhim.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin