Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə35/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Jismoniy faollik - sog’lom organizmning harakat qilishga bo’lgan turli mavjud
to’siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyoji. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat
bo’ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan
qarayotganligi, ulari o’rganishga harakat qilayotgani bilan ham bogcliqdir. Bolaning
jismoniy va psixik faolligi bir-biriga o’zaro bog’liq, chunki psixik sogiom bola
harakatchan bo’ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan
qiziqmaydi.
Psixik faollik - bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni,
insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishi. Psixik faollik deganda, bolaning
o’zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan
bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularda, avvalo, o’quv dargohining bir
qancha qoidalariga bo’ysunish qiyin kechadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun
eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o’tirishdir. O’qituvchilar o’quvchilarning doimo
jim o’tirishlarini talab qilishadi, lekin kam harakatli, passiv, quvvati kam bo’lgan
o’quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim o’tira oladi.




Ijtimoiy faollik - atrofdagilar bilan tez el bo’lib keta olish, ko’pchilikka aralasha
bilish, ulfatijonlik, dilkashlik, odamlar bilan ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa munosabatlarga kirishish. Ushbu faollikda o’quvchi o’z burchini anglash
bilan birga, o’quvchi shaxsiga xos eng yaxshi sifatlar asosida, zero to’la ma’nodagi
jamoatchi bo’lib, tengdoshlariga hayotda ijtimoiy faol holatning amaliy namunasini
ko’rsata oladi. O’quvchini ta’lim muassasasi qoidalariga bo’ysunishga o’rgatish
quyidagicha amalga oshiriladi: boshlang’ich sinf o’quvchilarining muhim
xususiyatlaridan biri ularda o’qituvchiga nisbatan ishonch hissidir. SHuning uchun
o’qituvchining o’quvchiga ta’sir ko’rsatish imkoniyati juda keng. Bola o’qituvchini
aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. O’qituvchining obro’si oldida
bola uchun ota-onasi, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh uruьlarining nufuzi keskin
kamayadi. SHu sababli, bolalar o’qituvchining har bir so’zini qonun sifatida qabul
qiladilar. Demak, boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchilar rivojida yetakchi
bo’lgan o’quv faoliyati o’qituvchi shaxsi va uning o’quvchilar bilan qiladigan ijobiy
muomala-munosabat uslubiga bog’liq. Boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsining
shakilanishi o’quv faoliyati boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat
bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini
nvojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan
tashqari boshqa faoliyatlar - o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi
nvojiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish
motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv
faoliyati boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun o’qishda ma’lum yutuqlarga erishish
ehtiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega bo’lishiga
imkoniyat yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola
yaxshi o’qishga harakat qilishi mumkin. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o’zlari
erishgan muvaffaqiyatni boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar.
Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. Boshlang’ich ta’lim davrida
bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu
motiv ularga kuchli emotsional zo’riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog’cha
davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va boshlang’ich ta’lim davrida, shuningek,


o’smirlik davrida yaqqol ko’zga tashlanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari


kattalarning o’zlari haqda aytgan fikrlariga qarab, o’zlariga o’zlan baho beradilar.
O’quvchining xatti-harakatlarining yo’nalishi
to’g’ridan-to’g’ri o’qituvchining
beradigan bahosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga bog’liq. Bu yoshdagi
bolalarda
mavjud
bo’lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga
beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlar ulari shaxs sifatida tarbiyalash uchun
yaxshi imkoniyat yaratadi. Demak, boshlang’ich ta’lim davrini bolaning turli
faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy
xususiyatlarni yuzaga keltirish va mustahkamlash davri, deb hisoblash mumkin. Bu
davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topishi bilan bir qatorda,
mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi. Boshlangich sinf
o’quvchilarida mehnatsevarlik, asosan, o’qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va
mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada o’zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan
taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada mustaqillik xususiyatini shakllantirish, asosan,
kattalarga bog’liq. Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq ko’ngilli
bo’lsa, unda asta-sekinlik bilan bo’ysinuvchanlik, tobelik xususiyatlari
mustahkamlanib boradi. Biroq mustaqillikka undashni ertaroq boshlash, bolada
ba’zi salbiy xislatlarning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, chunki bola
hayotiy tajribalarni, asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda o’zlashtiradi.
Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq
topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhim. SHuningdek, shunday bir
ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, bola biron-bir ma’sul vazifani mustaqil
bajarsin va bu ishni bajarish jarayonida o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa
odamlarning lideri, deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil boiishga undovchi
motivlarni yuzaga keltiradi. 7-11 yoshli bolalar o’zlarining individual
xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolaning o’z-o’zini anglashi jadal rivojlanib,
mustahkamlana boradi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada ko’proq
ahamiyat bera boshlaydilar va o’z ismlari tengdoshlari, atrofdagilari tomonidan
ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolaning o’z tashqi ko’rinishiga va gavda
tuzilishiga beradigan bahosi ham o’z-o’zini anglashida juda katta ahamiyatga ega.


Boshlang’ich ta’lim davrining so’ngida bolalar, ayniqsa, qizlar o’zlarining yuz


tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi
o’quvchining o’quv faoliyati jarayonida o’zidagi xulq-atvomi va faoliyatni o’zi
tomonidan muvofiqlashtinsh, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati
rivojlanadi. Bu esa o’z faoliyatini o’zi o’zgartirishga hamda bilim olish jarayoniga
bo’lgan qiziqishning qaror topishiga yordam beradi. SHu bilan birga, o’quvchining
o’z xulq-atvorini motivlashtirishi ham o’zgaradi. Bunda do’stlari va jamoaning
fikrlari asosiy motivlar boiib qoladi. Axloqiy his-tuyg’ular va shaxsning irodaviy
xususiyatlar shakllanadi. 5-6 yoshlarda bolalarning ko’zga tashlangan xususiyatlari
yillar davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. O’smirlik davrining boshlariga
kelib, juda ko’plab shaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolaning individualliklari
bilish jarayonida ham ko’rinadi. Bu davrda uning bilimi kengayadi, chuqurlashadi,
ko’nikma va malakalasi takomillashadi. 3-4 sinflarga borib, aksariyat bolalarda
umumiy maxsus layoqatlar ko’zga tashlanadi. Bu davrda hayot uchun nihoyatda
ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi. Bu esa o’z-
o’zidan boshqa layoqatlarning jadal rivojlanishiga olib keladi. Bu yoshdagi
bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun ham
ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin.
Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ularning atrofidagi
odamlar, ota-onasi hamda o’qituvchi bilan bo’ladigan munosabat orqali erishish
mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan bo’ladigan
munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan o’qituvchilar ta’lim-
tarbiya maqsadida foydalanishlari mumkin.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin