mustaqil boshqarishga ham o’rgatmaydi. Bunday o’qituvchi o’z o’quvchilaridan
dars davomida jim o’tirishni, savollarga doimo qo’l ko’tarib, o’qituvchining ruxsati
bilan
javob berishni, o’qituvchining ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishni talab etadi.
Bu uslubga kiruvchi pedagoglar o’quvchilarning qiziqishlari asosida emas,
balki
o’quv rejasi asosida dars o’tadilar. Dars davomida bahs-munozara uchun deyarli
imkoniyat yaratilmagan holda, asosan, o’qituvchining fikri singdiriladi, o’quvchilar
bilan muomala munosabatda ham ularing individual
psixologik xususiyatlari,
jumladan, nerv tizimining qo’zg’aluvchanlik darajasi e’tiborga olinmaydi. SHu
bilan birga, o’qituvchini sinfdan, o’quvchidan uzoqlashtiradi. Emotsional sovuqlik
sinfda intizomli o’quvchida yakkalanish, xavotirlik, himoya
qilinmaganlik hissini
yuzaga keltiradi. Bu uslub sinfda yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichini berishi mumkin,
ammo bu o’zlashtirish, asosan, xotira evaziga boyib, mustaqil tafakkur, ijodkorlik,
hozirjavoblik kabi xususiyatlarning rivojlanishdan ortda qolishiga sabab bo’ladi,
doimiy xavotirlik vao’ziganisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
2. Imperativ uslub. Bu uslubdagi o’qituvchining o’quvchilari o’qituvchi
sinfda
bo’magan vaqtlarda o’z-o’zini boshqarish malakasi bo’lmaganligi uchun intizomga
mutlaqo bo’ysunmaydilar. Bu asosan, to’polonda namoyon bo’ladi.
Bu uslubda
o’qituvchining mustahkam irodasini ko’rish mumkin, lekin bu irodada o’quvchiga
nisbatan muhabbat hamda o’quvchida “ustozim meni yaxshi ko’radi” degan fikr
emas, balki qo’rquv hissi mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: