Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv faoliyati xususiyatlari



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə32/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv faoliyati xususiyatlari. Boshlang’ich
sinf o’quvchilarining asosiy faoliyati o’qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi
uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishida nihoyatda katta
ahamiyatga ega. Bola o’quv faoliyatida o’qituvchi rahbarligida inson ongida mavjud
bo’lgan turli asosiy shakllarning mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida
harakat qilishni o’rganadi. O’quv faoliyatida bola o’z irodasini o’quv maqsadlariga
erishish uchun mashq qildiradi. O’quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira,
tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi
rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Boshlang’ich ta’limga birinchi bor
qadam qo’ygan bola o’z atrofidagilar bilan psixologik jihatdan yangi munosabat
tizimiga o’tadi. U hayotining tubdan o’zgarganini, unga yangi majburiyatlar,
nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o’quv faoliyati talablariga bo’ysunish ham


yuklatilganligini his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o’quv faoliyati, yutuqlari


bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga nisbatan
qilinayotgan yangi muoamala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o’zgarganini to’la
his etishiga, o’ziga nisbatan munosabatining o’zgarishiga asos bo’ladi. Kattalar
bolalarni amaliy jihatdan o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlash borasida yaxshi o’qish,
o’ynash, sayr qilish va boshqa mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga o’rgatishlari
kerak. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir
o’rinni egallaydi, o’quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik
rivoji va shaxsining shakllanishida to’liq ijobiy asos bo’ladi. Boshlang’ich sinf
o’quvchisi o’z o’qituvchisi bilan yaxshi emotsional munosabatda bo’ladi. SHu
davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o’zlashtirib kelgan
bo’lsa, endi o’z xohish irodasi bilan zarur ma’lumotlar to’plashga, o’z oldiga aniq
maqsad hamda vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi
xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan
ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu
yoshdagi bola boshqa davrlarga nisbatan ko’proq narsani o’zlashtiradi. Maktab
ta’limi o’quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila
muhitidagi o’rnini o’zgartiradi. Uning vazifasi o’qish, bilim olish, ko’nikma va
malakalarni egallash hamda o’zlashtirishdan iborat boiib qoladi. Boshlang’ich sinf
o’quvchisining muhim xususiyatlaridan biri, unda o’ziga xos ehtiyojlaring
mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o’z mohiyatiga ko’ra muayyan bilim, ko’nikma va
malakalari egallashga qaratilmay, balki faqat o’quvchi bo’lish istagini aks
ettirishdan iboratdir. SHu ehtiyojlar asosida o’z portfeliga, shaxsiy o’quv
qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo’yish javoniga ega bo’lish, kattalardek
har kuni maktabga borish istagi yotadi. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bola o’zining
tub mohiyati hamda vazifasini tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi
kerak, deb tushunadi. Kattalarning ko’rsatmalariga amal qilib, tirishqoqlik bilan
mashg’ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o’tgach, shodiyona lahzalaring
taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilan o’z ahamiyatini yo’qota
boradi va bola o’qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. SHunda bola


aqliy mehnat ko’nikmasiga ega bo’lmasa, uning o’qishdan ko’ngli soviydi, unda


umidsizlik hissi vujudga keladi. O’qituvchi esa bunday holatning oldini olish uchun
bolaga ta’limning o’yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar benshi va uni shu
faoliyatga tayyorlashi kerak. Ta’limning mazmuni o’quvchrining bilimlarni
egallashga qiziqishi, o’z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy
bog’liqdir. Bu his o’qituvchining rag’batlantirishi bilan amalga oshiriladi va
o’quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada
paydo bo’lgan faxrlanish, o’z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o’zlashtirish va
malakularning rivojlanishiga xizmat qiladi. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarni
o’qitish jarayoni, o’quv faoliyatining asosiy komponentlari: o’quv vaziyatlari, o’quv
harakatlari, nazorat etish va baholash bilan taminlashtirishdan boshlanadi. Bu borada
barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo’lgan sharoitda amalga
oshirilishi juda muhim. Agar bola o’quv harakatlarini noto’g’ri bajarsa, bu uning
o’quv harakatlari nazorat va baholash bilan bog’liq ekanligini bilmasligi yoki ulari
yaxshi egallamaganligidan bo’lishi mumkin. Bolaning mustaqil ravishda bajargan
harakatlari natijalarini o’z xatti-harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari
unda o’z-o’zini nazorat etish xususiyatlanni ma’lum darajada shakllanganidan
dalolat beradi. Pedagogik psixologiyaning asosiy talablarida boshlang’ich sinf
ta’limi dasturlandagi ko’pgina mavzu va bo’limlarni o’rgatish, bolalarni ma’lum bir
sinfga taalluqli namunalarini o’zlashtirishga yo’naltirish orqali tashkil etilishi kerak,
deb ta’kidlanadi. Tadqiqotlaring ko’rsatishicha, boshlang’ich sinf o’quvchilarining
masalalarni
yechishdagi
ayrim
yo’l
va
tushunchalarni
yetarlicha
egallamaganligining sababi, ushbu tushuncha va yo’llarni shakllantirishda bolalar
barcha kerakli o’quv harakatlarini bajarishga o’rgatilmaganligining natijasidir.
O’quv faoliyatida o’z-o’zini nazorat etish bu yoshdagi o’quvchilarda o’quv
harakatlarini mustaqil rejalashtirish va ulari bajarishning shakllanishida juda muhim.
Boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchilarda o’quv materialini o’zlashtirish
imkoniyatlari ancha yuqori bo’ladi. To’g’ri tashkil etilgan ta’limda bu yoshdagi
bolalar umumiy o’rta ta’lim dasturida ko’rsatilgan bilimlariga nisbatan ko’proq
bilimlarni tushunishlari va o’zlashtirishlgan mumkin. Bu yoshdagi bolalarning


o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab, o’quv


materialini
o’zlashtirmaslikning
dastlabki
belgilari
ko’zga
tashlanadi.
O’zlashtirmaslikning asosiy sabablari aqliy taraqqiyot va o’zlashtiruvchanlikning
birmuncha orqada qolishidir. N.S.Leytes mulohazalariga ko’ra, inson yoshi
ulg’aygan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha ko’tariladi, o’zlashtiruvchanlik
esa birmuncha pasayadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qishga qiziqishi,
albatta, o’smir va o’spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o’smir va o’spirinlarning aqliy
rivojlanganligi boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan yuqoridir. O’qituvchining
muomala va munosabat uslubi o’quvchining xatti-harakatiga ta’sir ko’rsatadi.
O’qituvchining dars jarayonida har bir o’quvchiga ta’sir ko’rsatishi uchun qulay
imkoniyati bor. O’quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va
tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi.
“Bola-katta” munosabati “bola-ota-ona” munosabatidan tashqarida yuzaga keladi,
chunki o’qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko’proq normativ talablar qo’yadi.
Birinchi bor boshlang’ich sinfga kelgan bola o’zini to’liq anglashi va o’zi o’z xatti-
harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o’qituvchigina bolaga me’yorlar qo’yishi,
ularing xatti-harakatlarini baholashi mumkin. O’z xatti-harakatlarini boshqalar bilan
moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar
o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularing
qoidalariga to’la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o’qituvchi uning
psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat
sinfdagi, balki umuman, tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatiga, bu munosabat
esa o’z-o’zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu
munosabatlar ularing o’quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi.
O’qituvchining o’quvchilarga ta’sir ko’rsatishi va munosabatining quyidagi
uslublari mavjud:

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin