Pedagogik tashxislashda umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarining o’ziga xos
xususiyatlari.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarini isloh qilishning asosiy maqsadi - shaxsni har
tomonlama kamol toptirishdan iborat. Boshlang’ich ta’lim o’quvchida ijtimoiy
foydali mehnatga halol munosabatni, Vatanga muhabbatni tarbiyalasa, umumiy
o’rta ta’lim va keyingi bosqichda, aynan, shu munosabatlar bilan birga ta’lim-tarbiya
orqali kamol toptirish vazifalarini ajratish, bilimlarni o’zlashtirish hamda shaxsiy
sifatlarni shakllantirish, takomillashtinsh uchun zarur sharoitlar vujudga keladi.
O’qish jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, ya’ni maxsus
funktsiyalarning birligi va o’zaro bog’liqligi kuzatiladi. Umumiy o’rta ta’limda
pedagogik tashxislash va korrektsiyalashning mazmuni o’quvchilarda ijobiy qarash
va e’tiqodlarni, axloq, iroda va hissiyotlarni shakllantirishdan iborat. Umumiy o’rta
ta’limda pedagogik diagnostika va korrektsiyalashning asosiy vazifasi esa barcha
bolalarning qobiliyati maksimal darajada va har tomonlama rivojlanishini
ta’minlaydigan shart-sharoitlarni aniqlashdan iborat. SHu bilan bir qatorda,
muayyan sohalarda chuqur qiziqishni, moyilligi va qobiliyatini namoyish qiladigan
o’smirlarni ham anglash va ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha shart-
sharoitlarni yaratib berish zarur. Bu vazifani differentsiyallashgan ta’limda bajarish
mumkin. Bu yerda maxsus maktablar va sinflarning har xil tiplari (matematika,
fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili va b.) maktab ilmiy jamiyatlari, bilim beradigan
markazlar va boshqalar ko’zda tutiladi. Diagnostika o’tkazadigan o’qituvchi
o’quvchilarda ma’naviyatni kamol toptiradigan asosiy mezonlarni shakllantirishi,
ma’naviy va moddiy hayotning uyg’unligini, ma’naviy yuksalishda milliy
g’oyaning
o’mmi
tushuntirishi va ulari turmushda qo’llay bilishlari uchun zamin
yaratishi lozim. SHuningdek, o’quvchilarning hozirgi globallashuv jarayonida
ma’naviy tahdidlarni farqlay olishlari, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya bilan
kurash olib borish lozimligi, inson qalbiga yo’l topish ma’naviy kamolot ekanligini
va mamlakat ravnaqi yo’lida fidoiylik jasorat ekanligini anglab yetishlari uchun
barcha pedagogik metodlardan foydalanish lozim.
O’qituvchi har bir darsdagi o’quv
materialini taqdim qilish jarayonida tarbiyaviy vazifaning muayyan bir tomonini
amalga oshiradi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilarida do’stlik, mehribonlik,
mehnatsevarlik tuyg’ulari shakllanadi. Yoki 5-6 sinflarda A.Navoiy, Z.M.Bobur,
Ogahiy, Fuzuliy, Nodira kabi so’z gavharining ustalari, turk dunyosi adabiyotining
eng mashhur vakillari, 7-8 sinflarda A.Qodiriy, CHo’lpon, A.Qahhor, U.Nosir,
G’.G’ulom, Zulfiya, R.Parfi, O.Matjon kabi taniqli yozuvchi va
shoirlarimizning
hayoti, faoliyati hamda ijodini o’rganishar ekan o’quvchilarda milliy g’urur va
iftixor hissi, vatanparvarlik va sadoqat, oliyjanoblik va insonparvarlik kabi xislatlar
shakllanadi. Darslarda, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlarda o’qituvchining
tarbiyaviy vazifasi o’quvchida shaxsning muayyan sifatlarini takomillashtinshga
qaratilishi lozim. Masalan, 8-sinfdagi tarix darslarida temuriylar davlatining tashkil
topishi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti o’rganilar ekan o’qituvchi yuqori sinf
o’quvchilarida
o’zbek
davlatchiligining
rivojlanish
tarixi,
buyuk
bobokalonlarimizning xalq va millat oldida qilgan ulug’ ishlari, temuriylar
davlatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan
bog’liq tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning mazmuni o’ziga
xos xususiyatlarga ega: boshlang’ich sinf yoshidagi o’quvchilar - 6-10 yosh; o’rta
pog’ona o’quvchilari - 11-14 yosh; yuqori sinf yoshidagi o’spirinlar-15-17 yosh.
Ushbu o’quvchilarni tashxislashda ularing o’ziga xos individual psixologik
holatlari, xususiyatlari inobatga olinadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini pedagogik
diagnostika qilish va xulqini korrektsiyalashda o’quvchilardagi sezgi, xotira,
tafakkur kabi bilish jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kerak,
chunki mazkur yoshdagi bolalar o’z idroklarining aniqligi, ravonligi, sofligi,
o’tkirligi bilan boshqa yosh davridagi shaxslardan keskin farqlanadilar. Umumiy
o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarini pedagogik tashxislashda, avvalambor, o’quvchi
yosh davrining o’ziga xos xususiyatlarining qaysi jihatlariga mos metodlari va
metodikalaridan foydalanishga, pedagogik tizimni boshqarish samarali kechishi
to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish lozim. SHu sababli o’qituvchi pedagogik
tashxis o’tkazganda o’quvchilarning tavsifiy belgilariga e’tibor berishi kerak. Bunda
o’quvchilarning axloqiy tushunchalarni o’zlashtirishi va ulari hayotga tadbiq etishi
muhim rol o’ynaydi. O’smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy
masalalarga, yaqin odamlariga munosabatlarini hisobga olish zarur, chunki o’smirda
muayyan narsalarga munosabat shakllangan bo’ladi. Ijtimoiy turmushni kuzatish,
undagi inson uchun zarur ko’nikmalari egallash kattalar xulq-atvorini tahlil qilish
imkoniyatini yaratadi. SHunday qilib, o’smirlik yoshida psixologik jihatdan eng
muhim xislat - voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo’lishi alohida
ahamiyatga ega ekanligi inobatga olinsa, kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy
faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorining shakllanishida o’z ifodasini
topishi muqarrar. O’smir o’quvchilarda homiylik, g’ashga tegadigan, rahbarlikdan
zeriktiradigan munosabat va muloqot noxush kechinmalarni paydo qiladi. To’g’ri
tashkil qilingan korrektsion faoliyatgina o’smirning sinf, maktab jamoasi va oila
a’zolari o’rtasidagi munosabatlarini barqarorlashtiradi. O’smirlarning ijtimoiy va
jinsiy yetilishi ularing xulq-atvorida keskin o’zgarishlari vujudga keltiradi. O’quv
fanlarining ko’payishi, axborot tarmog’ining kengayishi ularing fikr yuritishini
jadallashtiradi. 6-10 yoshli bolalarda endigina rivojlanish bosqichiga ko’tarilgan
intellekt o’smirlik davriga kelib yanada takomillashadi. Tafakkurning rivojlanishi
intellektni qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi. O’smirning aqliy faoliyati
xususiyatlaridan biri mavhum tafakkurning rivojlanishidir. Ularda mavhum tafakkur
o’sishi bilan yaqqol obrazli tafakkurining tarkibiy qismi mutlaqo yo’qolib ketmaydi,
balki saqlanib qoladi va rivojlanadi. O’qituvchi pedagogik tashxislashni amalga
oshirishda o’smirlar zimmasiga turli ob’ektlarni mustaqil holda taqqoslash, ulardagi
tafovutli jihatlarni topishni yuklashi kerak. Buning uchun ularing diqqatini quyidagi
savollarga javob berishga qaratish maqsadga muvofiq: “Bu holatda qanday
umumiylik bor”, “Mazkur tushunchalarni siz qanday baholaysiz? Javobingizni
dalillar asosida izohlang”, “Muayyan narsalar qaysi belgi va jihatlar bilan bir-biridan
farqlanadi”, “Bunday axloqiy kategoriyani qanday baholaysiz” va boshqalar. O’smir
aql-zakovatini kamol toptirish uchun ularga doimo mantiqiy tafakkur usullarini
o’rgatib borish zarur. Bunda mantiqiy xatolarni tuzatib borishni aslo yoddan
chiqarmaslik kerak. O’smirda to’g’ri mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda pedagogik
diagnostika va korrektsiyaning roli juda muhim. O’smirlarning mantiqiy fikrlashida
ulari ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim
o’smirlarning fanlarga bo’lgan qiziqishlari susayganligi bois diagnostikaga murojaat
qilishga to’g’ri keladi. Bu o’smirlik davrida o’quvchilarda analitik-sintetik faoliyat
u etarlicha rivojlanmaganligi bilan belgilanadi. SHunday qilib, umumiy o’rta ta’lim
maktabi o’quvchilanni pedagogik tashxislash va korrektsiyalashda o’qituvchi o’quv
predmetidan chuqur bilimlarga ega bo’lishi bilan birga pedagogik-psixologik
bilimlardan ham xabardor bo’lishi, xususan, turli yosh guruhlaridagi
o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini, ularni umumiy o’rta ta’lim maktablarini
isloh qilishning asosiy yo’nalishlan talablargga muvofiq o’qitish va tarbiyalash
qonuniyatlarini ham bilmoьi lozim.
Dostları ilə paylaş: |