Interpretatsiya. Barcha axborotlarni uning muhimligiga qarab, yaxlitlash,
butunni tashkil qilish pedagogikada interpretatsiya deb ataladi.
O’qituvchi nuqtayi nazari va kutganidan tashqari muayyan vaqt ichida
to’plangan axborotlarga ham baho berib borishi kerak. Axborotlar tizimlashtirilgan,
tanqidiy baholangan, umumlashtirilgan kontseptsiya tarzida bo’lishi lozim. Bu
axborot turli manbalardan: o’qituvchilar tajribasidan, ota-onalarga ko’rsatma,
biografik ma’lumotlar, shaxsiy kuzatishlar, sinf, guruh ishlari, testlar, internet,
ma’lumotnomalar, o’quv adabiyotlari, davriy nashrlardan olinishi mumkin.
Interpretatsiya jarayoni faqat o’qituvchining shaxsiy interpretatsiyasi asosida yoki
unga ob’ektiv metodlar yordamida olingan o’zgalar kuzatishlari natijalarini ham
hisobga va e’tiborga olgan holda tashkil etilishi bilan farq qiladi.
Mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar. 1.
«Pedagogik diagnostika» mohiyatini izohlab bering.
2.
Pedagogik diagnostikaning keng tarqalgan metodlari to’g’risida fikr bildiring.
3.
Korrektsiyalash ta’sirida o’quvchi-yoshlarning qanday xislatlarni shakllanishi
mo’ljallanadi?
4.
Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy
talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga
erishish uchun nimalarga e’tiborni qaratish lozim?
6-Mavzu: Uzluksiz ta’limda pedagogik nazoratni tashkil etishning ilmiy asoslari Reja: 1. Ijtimoiy-pedagogik tashxis va uning ahamiyati.
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini pedagogik tashxislash va korrektsiyalash yo’llari.