Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


-TA’LIM-TARBIYa JARAYoNIDA O’LCHASH VA SHKALALASHNING



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə24/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

5-TA’LIM-TARBIYa JARAYoNIDA O’LCHASH VA SHKALALASHNING 
ASOSIY YO’NALISHLARI 
Reja:
1.Ta’lim-tarbiya jarayonida o’lchash va shkalalashning haqida tushuncha
2.Ta’lim-tarbiya jarayonida o’lchash va shkalalash mazmun mohiyati
Tayanch so’zlar: ta’lim-tarbiya, o’lchash, shkalalash, baholash shkalasi.
Pedagogik diagnostikani o’tkazish yo’nalishlari. Pedagogik diagnostikani
o’tkazish yo’nalishlari va tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
-tayyorlov yo’nalishi: anketa-so’rovnomalarni, sxema-chizmalarni, u yoki bu
parametrlarni, ko’rsatkichlar jadvallarini tayyorlash;


-tashkiliy yo’nalish: diagnostika o’tkazish va uni muhokama qilish


mexanizmlarini tashkillashtirish;
-pedagog va o’quvchi-yoshlarning o’z-o’zini baholash yo’nalishi: har bir shaxs
bilan alohida, individual tarzda ishlash;
-ma’muriyat, hamkasabalar, tengdoshlar, sinfdoshlar, ota-onalar va yoshlar
tomonidan baho berish yo’nalishi;
-qo’lga kiritilgan axborotlar ishlovi va tahlili;
-tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish;
-pedagogik konsiliumlari tashkil qilish va unda muhokama etilayotgan
pedagogik vaziyatlar yechimini to’g’ri hal etilishini taminlash maqsadida tavsiyalar
tizimini ishlab chiqish hamda zarur hollarda o’quv-tarbiyaviy jarayonni
korrektsiyalash.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat ijodiy izlanishni talab qiladigan murakkab
jarayondir. Bunda pedagogik tashxislash ijtimoiy hayotning ajralmas qismi bo’lib,
o’qitish va tarbiyalash jarayoniga xizmat qiladi.
Pedagogik diagnostikada o’lchash va shkalalashning maqsadi. O’lchashning
maqsadi - doimo ob’ekt hodisa yoki jarayonning belgilari haqida axborot olishni
ko’zda tutadi. Biz ob’ektning o’zini emas, uning xususiyatlari va farqli tomonlarini
o’lchaymiz. Masalan, biz stulning o’zini emas, uning balandligi, eni, bo’yi, og’irligi
kabilarni o’lchaymiz. SHkalaning raqamli ko’rsatgichlari haqiqatan aniq aks
ettirilgan taqdirda shkalalash solishtirish jarayonini bevosita osonlashtiradi.
Miqdor haqida gapirilganda «empirik relyativ» iborasining ma’nosini tahlil
qilishga to’g’ri keladi. Diktantda to’g’ri yozilgan so’zlar «empirik faktlar
miqdorini» tashkil qilishi mumkin. Agar diktantda Hasan 35 so’zni, Anvar 27 ta
so’zni, Umid 24 ta so’zni xatosiz yozgan bo’lsa, biz faqat Hasanda Anvarnikidan,
Anvarda Umidnikidan to’g’ri so’zlar ko’pligini emas, balki Hasanda Umidnikidan
to’g’ri so’zlar ko’pligini ham nazarda tutamiz. Empirik faktlar bir-biri bilan ma’lum
munosabatda bo’ladi. Miqdoriy o’lchov buni aniq ko’rsatishi kerak. Lekin she’rni
ifodali o’qib bergan o’quvchilarni, ularing axloqiy normalarga mos kelishini yoki
tarbiyalanganlik darajasini bunday o’lchash qiyin. SHu sababli bugungi kunda


o’lchashning darajasiga mos quyidagi shkalalar mavjud:


-
nominal shkala;
-
tartibli shkala;
-
intervalli shkala;
-
munosabat yoki proporsiya shkalasi.
SHkalalash. SHkalalash o’lchov metodlaridan biri. Uning yordamida aniq
psixologik hodisalarning sifat ko’rsatgichi miqdoriy baholash tarzida namoyon
bo’ladi. SHkalalashning asosiy uch turi mavjud. Bular baholash shkalasi, ranjirovka
shkalasi, sotsiometrik shkalalar va h.k.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin