natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan
savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi.
Odatda test
savollarining ma’lumotlari kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan
ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi.
Bolalar ijodini o’rganish. Bolalar ijodini o’rganish ko’p qirrali jarayondir.
Bunda ta’lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o’ziga xos individual
tartibdagi faoliyatlari tahlil qilmadi, muayyan xulosalarga kelinadi.
Ularning turli
yozma ishlari, daftar, kundalik, hayotiy rejalari, insho, turli yozma hisobotlari,
chizgan
rasmlari, haykaltaroshlik ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan
qo’shiq va raqslari pedagogik diagnostikani tashkil etish uchun muhim manba bo’lib
xizmat qiladi. Bu metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga
ega bolalar ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning
dastlabki kunlaridanoq
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularing qobiliyatlarini
rivojlantirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilyapti. Bugungi kunda
iqtidorli yoshlarimiz jahon mamlakatlaridagi turli fan olimpiada va ko’riklarda
(san’at, musiqa va boshqa), sport maydonlarida o’zlarining iqtidorini namoyish
qilishmoqda,
zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g’ayrat bobida
dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda, g’oliblikni
qo’lga kiritishmoqda. Ta’lim va tarbiya muassasalarida iste’dodli, iqtidorli yoshlar
aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan olimpiadalari,
mavzular bo’yicha ko’rgazmalar, qo’shiq
va raqs tanlovlari, maktablar bo’yicha
viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: