har bir bola darsda o’z tarbiyalanganlik darajasiga qarab o’zini tutadi. Bola o’z
majburiyatlarini yaxshi his qilmaydi. Muomala-munosabatdagi liberal uslub
psixologiya va pedagogika fanlariga
mutlaqo zid uslub hisoblanib, uni bolalar
shaxsini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida qo’llab bo’lmaydi. SHunday qilib,
boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan muomala-munosabatdagi avtoritar va imperativ
uslublar, asosan, ma’lum bir chegaralarga asoslangan
holda bola shaxsi rivojiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demokratik uslub o’qituvchidan muomala-munosabatda
juda katta kasbiy
mahoratni talab etgan holda, bola shaxsining ijobiy tomonlarini
rivojlantiruvchi yagona uslub hisoblanadi Liberal uslub esa o’quvchini emotsional
zo’riqtirmaydi, lekin uning shaxsi rivojiga ham samarali ta’sir ko’rsatmaydi.
O’qituvchining munosabat uslubi o’quvchining faolligiga
bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari faolligi. Boshlang’ich ta’lim yoshidagi o’quvchi
faolligining asosan uch xil ko’rinishi mavjud bo’lib,
bular jismoniy, psixik va
ijtimoiy faollikdir.
Dostları ilə paylaş: