yaratilgan shart - sharoitlar,
•
o’quv jarayoni;
•
sifatni ta’minlash tizimining amaldagi asosiy hamda boshlang’ich
nuqtasi
hisoblangan - ta’lim natijasi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida sifatni boshqarishni tashkil etish hamda
kelajakda
zamonaviy, qulay ta’lim muassasasini bunyod etish tizimini mazmunan
modernizatsiyalash, ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko’tarish,
O’zbekiston Respublikasida vujudga keltirilishi mo’ljallangan fazoviy muhit - sifatli
ta’lim boshqaruvini amalga oshirish imkoniyatini beradi. SHunday ekan ta’lim
sifatini yuqori bosqichga ko’tarish uchun, avvalambor ta’lim
muassasalari
faoliyatini, ya’ni sifat boshqaruvini amaldagi holatini isloh qilish nazarda tutiladi.
Buning uchun Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida keltirilgan bosh
g’oya, ya’ni faqat ilm va bilimlar jamiyatni rivojiantirishi, davlatni taraqqiy ettira
olishi mumkinligi, to’g’risidagi g’oyasiga monand ravishda sifatli ta’lim
boshqaruvini amaldajoriy etish talab etiladi.
Jamiyatning turli bosqichlarida tarbiya va ta’lim sohasidagi to’plangan
tajribalarni
nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tatbiq qilish
ehtiyojlari
asosida
hamkorlik
pedagogikasi
rivojlanmoqda.
O’zbekiston
Respublikasida so’nggi yillarda barcha sohalar bo’yicha,
shu jumladan, ta’lim
tizimida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Pedagogik diagnostika yangilangan ta’lim va ta’lim turlari, bosqichlari maqsadini
o’rganishga, pedagogik muammolar yechimini imkon qadar tezroq hal etishni
taqozo etmoqda.
Pedagogik diagnostika o’quvchi shaxsidagi o’ziga
xos xususiyatlarni,
individuallikni saqlagan holda intellektual, ma’naviy rivojlanishini ta’minlaydi.
Uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
•
bola shaxsini rivojlantirishda majburiy ta’limning o’zi yetarli bo’lmaydi,
bolaning o’zida o’qishga qiziqish, motivatsiya hosil qilishi lozim;
•
o’quv materialini to’liq idrok etish uchun taqdim qilinayotgan ma’lumotga oid
tayanch iboralar, chizma va tasvirlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi;