nazariyalari mavjud: o’quv nazariyasi, psixometrik nazariya, kognitiv nazariya (yoki
axborot tahlili).
O’quv nazariyasini Torandayk asoslagan bo’lib, u intellektni bilim egallash
qobiliyati sifatida qaraydi. Bu nazariyada turli bilimlarni
egallsh jarayonining
quyidagi bosqichlari keltiriladi: signallarni oddiy egallash, operativ taxlil;
muammoni yechishning qoida va yo’llarini egallash.
Psixometrik nazariya o’quv
nazariyasidan ahamiyatliroq bo’lib hisoblanadi. U turli
omillarni analitik tarzda
o’rganadi. Statistika metodi kabi
psixometrik nazariya omillarni tahlil qilish alohida
individual turli ko’rsatkichli va bir-biri bilan bog’liq omillarni guruhlaydi. Keyin bu
omillar unda mujassamlashgan vazifalarni hisobga olgan holda verbal
interpretatsiya qilinadi.
Pedagogik diagnostika va uning metodlari o’quvchi-yoshlarning bilimini, fikr-
mulohaza yurita olishlarini, ish bilan harakatning birligi hamda tarbiyalanganlik
darajalarini o’rganib, ulardagi ijobiy fazilatlarni
takomillashtirish va salbiy
xislatlarni yo’qotish uchun zarur bo’lgan korrektsion ishlarni amalga oshirishga
imkon beradi.
Bugungi kunda o’quvchilariting intellektual rivojlanishini aniqlashda
J.J.Piajening
“Bolaning
aqliy
rivojlanishlarini
diagnostika
qilish”,
L.S.Rubinshteynning “Modellashtirilgan pertseptiv harakatlarini egallab olish
darajasini
aniqlash”,
M.E.Bershadskiyning
“Ko’rgazmali-obrazli
tafakkur
harakatlarini tashxislash”, E.G’ozievning “Mantiqiy tafakkur harakatlarini
shakllantirish” kabi metodikalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarda aqliy darajani (IQ) aniqlaydigan maktab testi (SHTUR-
ADAMT) ham bugungi kunda mashhur testlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu test
maktab yoshidagi o’quvchilarning aqliy rivojlanishini tashxis qilish uchun
mo’ljalllangan. Uning tarkibi bir necha subtestlardan
iborat topshiriqlar mavjud
bo’lib, ular: «bilimdonlik», «analogiya («o’xshashlik»)», «klassifikatsiya»
(tasniflashtirish), «umumlashtirish», «sonli qatorlar»ni o’z ichiga kamrab oladi. Test
o’zaro ekvivalent bo’lgan A va B shakllardan iborat.
SHaxsning ob’ektiv va sub’ektiv tomonlariga qarab tadqiq qilish metodikalarini
tanlash joizdir. Bunda proektiv testlar (shaxsni tadqiq qilishning yaxlit holda
o’rganish usullari majmuasi) bo’lib proektsiya (tasvir, aks, soya kattalashtirish
ma’nolarida) natijalarini pedagogik diagnostika bilan izohlashga asoslanadi. (Misol
uchun shaxs biron bir holatda voqelikni o’zicha o’zining xislatlariga mos idrok qilib
o’zida tasavvur hosil qiladi).
Dostları ilə paylaş: