O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org
Ta’lim jarayonida yoshlarning intellektualligini va mustaqil fikrlay olish qobiliyati darajasini diagnostika qilish. Ta’lim jarayonini diagnostikasiz
boshqarish mumkin emas.Ta’lim diagnostikasi ko’p hollarda yosh avlodda u yoki
bu hislatlarni (chidamlilik, iroda, qunt va boshqalar) ham aniqlaydi. Diagnostika
odatdagi an’anaviy o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini tekshirishdan farq qiladi.
Diagnostika natijalarni unga erishish yo’llari, vositalari bilan bog’liq holda ko’rib
chiqadi. Diagnostika o’z ichiga nazorat, tekshiruv, baholash, statistik ma’lumotlarni
to’plash, ulari tahlil qilish, dinamikani ko’rsatish, voqealarning keyingi rivojini
prognoz qilish kabilarni qamrab oladi. Ko’pchilik ota-onalar o’z bolalarining
intellektual rivojlanishlarini boshqa bolalar bilan solishtirib ko’rishadi. Psixolog,
tibbiyot xodimlaridan maslahat so’rashadi. Lekin pedagogik diagnozga,
mutaxassisning tashxisiga kamdan kam murojaat etishadi.
Bolalarning kamoloti quyidagilardan kelib chiqadi:
1. jismoniy va ruhiy rivojlanish o’rtasida mustahkam aloqa mavjudligidan;
2. bolaning maktab talabiga tayyor bo’lishi avvalo rivojlanishning ichki jarayonlariga bog’liqligidan; 3. bu yetilishning muhim ko rsatkichi vizual dijferensial qabul qilishning yetilishi, obrazlarga ajratish qobiliyatining borligidan; 4. maktabda bolaning fan lam i yaxshi o’zlashtirmasligi uning intellektual rivojlanishi pastligidan etnas, balki maktabga yetarli darajada tayyor emasligidandir. «Bolaning maktabga yetarli darajada tayyor bo’lmasligi natijasida o’qish bola
uchun juda og’ir yuk bo’ladi va bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Maktabga tayyorgarligi yetmagan bolalarni maktabga bermasdan, balki ulari
maktabga tayyorlash kerak
15
».