Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə46/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Ma’lumotga ega bo’lish - pedagogik faoliyati, o’z faniga doir ma’lumotlarni
egallash ko’nikmasi.
5.
Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo’lishi,
jamoada o’zigaxos o’rinda turishi.
6.
Ijtimoiy - foydali mehnat-oilaviy munosabatlar va ma’suliyat, jamiyat
rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy
ko’nikmalarga ega bo’lish.
7.
O’z ustida ishlashi - jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o’z-o’zini
rivojlantirib borishi. Xissiyotini boshqarish.
O’qituvchining didaktik kompetentsiyasi. Didaktik kompetentsiya -
zamonaviy o’qituvchining kasbiy kompetentsiya asosini tashkil etadi. Bular
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-o’qitish muhitini yaratish;
-mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish;
-o’quv jarayoni boshqarish;
-o’quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash;
-o’quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko’rsatish;
-o’quvchilar bilimini anglash va ulari rivojlantirish.
Fanlar bo’yicha diagnostik faoliyati: 
Ta’lim sifatini belgilovchi omillardan biri bu - o’qituvchining o’z fani bo’yicha
kompetentsiyaga ega bo’lishidir. U pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon
bo’ladi. Bular:

ilmiy bilim;

turli xil faoliyatni bajara olishi (namuna misol keltira olishi);

muammoli vaziyatlarni samarali yechimini topishda ijodiy faoliyat asosida
yondashish;

jamiyat va insonlarga, tabiatga ijobiy emotsional munosabatda bo’lish tajribasi.
Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat


jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror


rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Bunda yuksak taraqqiy etgan
davlatlarning asosiy ustunligi - ta’lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni
rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog’liq. Davlatning bugungi va
istiqboldagi barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi omillar ham aynan ta’lim
sohasi rivojlanishiga bevosita bog’liqdir. Xulosa qilib aytganda, bugungi
globallashuv davrida zamonaviy o’qituvchilarning diagnostik faoliyatida quyidagi
hislatlarni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi:

insonparvarlik hislatlarini rivojlantirish;

kommunikativ (muloqotga moyillik) malakalarini shakllantirish;

kasbiy mustaqillik, ishchanlik, hissiy barqarorlik, o’z ishiga ijodiy yondashish
hislatlarini tarkib toptirish;

pedagogik nazokat va pedagogik texnikadan oqilona foydalanishni shakllantirish;

nutq texnikasini, o’z tovush, mimika, jest va gavdasini boshqarish, jamoaga va
shaxsga ta’sir ko’rsatish qobiliyatlarini takomillashtirish;
- zamonaviy fan va ishlab chiqarishdagi muammolar, pedagogik, axborot va
yuqori darajadagi texnologiyalardan xabardor bo’lish hamda ulardan zarurlarini
ta’lim jarayoniga tatbiq etish va boshqalar.
Bugungi kunda pedagogik diagnostikada o’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda
tutgan o’rniga baho berishda layf kouching (ingliz tilida: life- hayot, couching- 
rejalashtirish) ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini to’g’ri
rejalashtiradigan mutaxassis faoliyatidan foydalanilmoqda. Ma’lumki, o’qituvchi
pedagogik jarayonni rejalashtiruvchisi, boshqaruvchisi hamda yo’naltiruvchisi
hisoblanadi. Uning kasbiy, shaxsiy faoliyatini uyg’unlikda olib borishi muhim
ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi guruh, sinfdagi o’quvchilarga ta’lim va tarbiya
berar ekan, shu bilan birgalikda jamiyat a’zosi bo’lgan o’z farzandlarini ham
tarbiyalovchi ota-ona sifatida namoyon bo’ladi. Demak, o’z ish joyidagi faoliyati
bilan birgalikda, oiladagi, jamoadagi ishlarini uyg’unlikda olib bonsh uchun kun
tartibini to’g’ri rejalashtirib olishga zarurat tug’iladi. SHunday paytda o’qituvchiga
layf kouching yordam beradi.


Pedagogik diagnostikada o’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rniga


baho berishda fasilitator xizmatidan foydalaniladi. Fasilitator - inglizcha so’zdan
olingan bo’lib, “yordam beruvchi”, “engillashtiruvchi” degan ma’noni anglatadi.
Ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishni osonlashtirish uchun o’quvchilarning samarali
hamkorligini shakllantiradi.
Menejer - o’quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini o’rganish natijasida
ta’lim - tarbiya jaryoni strategiyasini ishlab chiqadi va jarayonni boshqaradi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin