axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari
tizimi
tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi va shu bilan
birgalikda tarbiya masalalari amalga oshiriladi. Korrektsiya jarayonida yoshlarda
jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy
malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim
jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni
uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.
Demak, pedagogik diagnostika va korrektsiya jarayonida
bulardan birortasi
(tafakkuri, ongi, hissiyoti, irodasi, qarashlari) e’tiboridan chetda qolsa, maqsadga
erishish
qiyinlashadi.
«Muayyan bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining
mohiyati va vazifalari
tarbiyachi tomonidan rejalshtiriladi va tartibga solinadi» - deb yozadi Fleyk Xobson
«Razvitie rebyonka i yego otnoshenie s okrujayushimi» nomli asarida uning
fikricha, muayyan hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi
manbalar izlab topiladi va belgilarigan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va
amaliy manbalari qaysisini va qaerda ishlatish rejalshtiriladi. Bunday reja asosida
olib borilgan tarbiya mohiyati ta’lim
- tarbiya tizimini, jamiyat va insonlarning
intellektual va jismoniy faoliyatini tashkil qiladi. Demak, pedagogik diagnostika va
korrektsiya jarayoni ham reja asosida, tizimli va maqsadli olib borilsa, komil insonni
tarbiyalashdek asrlardan ben azaliy orzuni amalga oshirish istiqbollari kengayadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik diagnostika va pedagogik konektsiya ishlari
metodik jihatdan to’g’ri yo’naltirilganda jamiyatning har bir a’zosi ongiga milliy
istiqlol
g’oyalarini
singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda,
o’quvchilarning o’zligini anglashlarida, vatanparvarlikni,
millatlararo totuvlikni,
diniy bag’rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos
bo’lgan fazilatlarni: sofdillik, to’g’riso’zlik, adolatparvarlik, sahovatlilik, or-
nomuslik, tantilik va boshqa sifatlarni tarkib toptirishda ijobiy samara beradi.
Pedagogik tashxislash va yoshlarning xulqidagi
nuqsonlarni korrektsiyalash
masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo’lib borishi mustaqil