Gender tenglik tamoyilini singdirishda oila, mahalla ta'lim tizimining o'rni. Gender yondashuv asosida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi immunitet shakllantirish
Gender tenglik tamoyilini singdirishda oila, mahalla ta\'lim tizimining o\'rni. Gender yondashuv asosida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi immunitet shakllantirish.
Gender tenglik tamoyilini singdirishda oila, mahalla ta'lim tizimining o'rni. Gender yondashuv asosida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi immunitet shakllantirish.
Gender tengligini singdirish tizimli yondashuv va uzoq muddatni talab qiladigan jarayon. Uni ta’limning faqatgina ma’lum bir qismida yoki faqatgina oila instituti orqali singdirish mumkin emas. Shuning uchun ham ijtimoiy ongda gender bilan bog‘liq sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda oila-mahalla-ta’lim tizimining о‘zaro hamkorligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dastavval, gender tengligini ta’minlashda oila institutining roliga tо‘xtalib о‘tsak. Hech kimga sir emas, oila inson tarbiyasida eng asosiy rol о‘ynaydi, bola oilada tug‘iladi, ulg‘ayadi, olam haqidagi tasavvurlari unda shakllanadi, dastlabki axloqiy qoidalarni о‘zlashtiradi. Oilada insonning his-tuyg‘ulari tarbiyalanadi, olam, unda insonlarning о‘rni haqidagi qarashlari paydo bо‘ladi. Xuddi shu davrda bola ongida gender stereotiplar ham shakllanishni boshlaydi. Bu stereotiplarning shakllanishida bolaga jinsiga qarab qanday kiyim kiydirish, sochini turmak qilish, mashina yoki qо‘g‘irchoq olib berish kabi bolaning ilk gо‘daklik davridagi kattalarning qarorlari va xatti-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi. О‘z navbatida bunday gender stereotiplarning inson ongida mavjudligi va xattiharakatlarida aks etishi jamiyat, oilaning katta vakillari tomonidan qо‘llabquvvatlanadi. Ovqat pishirishga taqlid qilib о‘tirgan о‘g‘il bola yoki mashinalar rasmini chizishga qiziqadigan qiz bola kattalar tomonidan tanbeh olishi mumkin. Chunki gender stereotiplar ijtimoiy ongda chuqur о‘rin egallagan. Oilada gender tenglik tamoyilini singdirishda kattalar, xususan, bolaning otaonasida genderga oid tо‘g‘ri, sog‘lom munosabatlar, qadriyatlar tizimi, dunyoqarash shakllangan bо‘lishi talab etiladi. Buni ikki jihat bilan bog‘lash mumkin. Avvalo, bolaning oiladagi eng asosiy tarbiyachilari ota va ona hisoblanadi. Agar ular bolaga gender bilan bog‘liq tо‘g‘ri qarashlarni singdira olmasa, notо‘g‘ri ma’lumotlar berib borilsa, bola ilk marotaba о‘ziga aytilgan fikrlarni eng tо‘g‘ri fikr deb qabul qiladi. Masalan, ota о‘g‘liga “Sen о‘g‘il bolasan, singillaringdan kuchlisan, ular seni hurmat qilishga, aytganlaringni qilishga majbur. Agar aytganingni qilmasa, ularni jazolash kerak” deb singdirsa, bola uchun u voyaga yetganida ham ayollarning erkaklarni hurmat qilishiga majburiy yo‘l bilan erishish eng tо‘g‘ri qarorga aylanadi. Shuning uchun bolaga yoshligidan gender tengligi tamoyilini singdirish uchun ularning ota-onasida ham shu tamoyilni singdirish kerak bо‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, tarbiyachining о‘zi tarbiyalangan bо‘lishi kerak. Ikkinchidan, oilaviy tarbiyada shaxsiy namuna va ibrat kо‘rsatish eng asosiy ta’sir vositalaridan hisoblanadi. Agar ota о‘g‘liga “erkak kishi har doim ayollarni hurmat qilishi lozim” desa-yu, lekin о‘zi turmush о‘rtog‘i bilan yomon munosabatda bо‘lib kelsa, bola katta ehtimol bilan ulg‘ayganda ayollarga nisbatan shunday munosabatda bо‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, qush inida kо‘rganini qiladi, deb bejiz aytilmagan. Gender bilan bog‘liq ilk qarashlar oilaviy muhitda shakllana boshlasa, ularning mustahkamlanib borishida ijtimoiy muhit, xususan bola yashayotgan mahallaning о‘rni ham katta bо‘ladi. Bejizga “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” kabi maqollar xalqimizda yaratilmagan. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Mahalla – asrlar о‘sha milliy urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qо‘shnichilik va hamjihatlik maskani. Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan uyg‘un bо‘lib yashashga о‘rgatib, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat о‘rtasidagi ishonchli kо‘prik vazifasini bajaradigan noyob tuzilmani tushunamiz”1 . Gender bilan bog‘liq sog‘lom dunyoqarashlarni shakllantirishda mahallaning amalga oshiradigan funksiyalari quyidagilardan iborat: – Bevosita va bilvosita tarbiyalash funksiyasi. Mahalla bu milliy о‘zini о‘zi boshqaruv shakli, fuqarolik jamiyati institutidir. U о‘zida insonlarning jipslashuvi, birgalikda jamiyatdagi muammolarni hal qilishi, yaxshi va yomon kunlarida birga 1 http://uza.uz/posts/250751 bо‘lishi, qadriyatlarni saqlashi va rivojlantirishi kabi an’analarni, ijobiy tendensiyalarni jamlaydi. Shu bilan birgalikda, mahallaning yosh avlod tarbiyasidagi ta’siri ham beqiyos. Odatda mahalla avlodlar о‘rtasida о‘ziga xos kо‘prik hisoblanadi, unda yoshi katta bobo va buvilar yoshlarni tarbiyalashga e’tibor qaratadi. Xususan, mahalladagi yoshi kattalar, nuroniylar jamiyatda ayollar va erkaklarning huquqlari, о‘zaro munosabatlarida tenglik tamoyiliga amal qilinishi bilan bog‘liq bо‘lgan qarashlarni о‘zlarining sо‘zlari va amallari bilan mahalladagi yosh avlodga singdirib, ularni tarbiyalab borishadi; – Ijtimoiy hamkorlik funksiyasi. Mahalla, eng avvalo, hamkorlikdagi insonlar uyushmasi. Insonlarning taqdiri mahalla bilan bevosita bog‘liq. “Ayni paytda, yurtimizda yashayotgan har bir inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, о‘z hayotini, quvonch-u tashvishlarini mahalladan ayri holda tasavvur eta olmaydi”2 . Bu ijtimoiy birdamlik turli muammolarni yechishda va vazifalarni bajarishda hamkorlik qilish imkoniyatini taqdim etadi. Xususan, mahalla a’zolari gender tenglik tamoyilini yoshlarga singdirishda о‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Oilada gender bilan bog‘liq tarbiyadagi kemtiklar mahallada tо‘ldiriladi, bola oilasidan ham, mahallasidagi yoshi katta insonlardan ham ayol va erkak о‘rtasida tenglik, о‘zaro munosabatning о‘ziga xos xususiyatlarini о‘zlashtirib boradi; – Ijtimoiy nazorat funksiyasi. Mahalla ijtimoiy nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘lgan ijtimoiy institut. Uning mavjudligi jamiyatdagi axloqiy normalar, milliy urf-odatlarning ta’minlanishiga ham xizmat qiladi. Gender masalasida mahallaning ijtimoiy nazoratni amalga oshirishi gender tengsizlikning kamayishiga olib keladi. Masalan, bola oilasida gender tengsizlik muhitida voyaga yetayotgan, ayollarga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlikni kuzatayotgan bо‘lishi mumkin. Mahalla, qо‘ni-qо‘shnilar tomonidan bu jarayonga aralashuv, gender tengsizlik, oilaviymaishiy zо‘ravonlikni tо‘xtatishga harakat qilish bolaning ongida gender tengsizlik axloqsizlik, yomon illat ekanligiga oid tushunchalarni shakllantirishga xizmat 2 http://uza.uz/posts/250751 qiladi. Bu esa yoshlarni gender tenglik tamoyili ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etadi. Gender tenglikni yoshlarga singdirish masalasida oila va mahalla institutlaridan tashqari ta’lim tizimining ham ahamiyati katta. Chunki bolada nima tо‘g‘ri va nima notо‘g‘ri ekanligi haqidagi qarashlar maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab va keyinchalik oliy ta’lim muassasasi orqali ham shakllantirilib boriladi. Bunda eng asosiy kо‘rsatkich ta’lim tizimining tashkil etilish xususiyati bilan bog‘liq. Ya’ni mamlakatimizda ta’lim dunyoviy bо‘lib, о‘g‘il bolalar va qiz bolalar birgalikda sinf-dars kо‘rinishida tahsil olishadi. Maktabda о‘g‘il va qizlar ilk marotaba oila a’zosi bо‘lmagan qarama-qarshi jins vakillari bilan kо‘p vaqt о‘tkazadi. Aynan sinfdagi qizlar va о‘g‘il bolalar о‘rtasidagi tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan munosabatlar tizimining mavjudligi yoshlar ongida genderga nisbatan tо‘g‘ri dunyoqarash shakllanishiga asos bо‘ladi. Maktabda о‘qitilayotgan fanlar va dars mashg‘ulotlarining mazmuni ham ma’lum darajada, gender tenglik tamoyili targ‘ibotiga xizmat qiladi. Xususan, Respublikamizning barcha maktablarida “Tarbiya”, “О‘zbekiston tarixi”, “Adabiyot” kabi fanlar doirasida Tо‘maris, Zarina, Turkon xotun, Saroymulkxonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin, Saida Zunnunova, Zulfiya Isroilova kabi Vatanimiz tarixida, milliy adabiyotimizda о‘chmas iz qoldirgan ayollarning faoliyati о‘quvchilarga о‘rgatiladi. Bu orqali ayollarning ijtimoiy hayot va boshqaruvda azal-azaldan faol ishtirok etib kelganligiga oid qarashlar bolalar ongida sekinlik bilan singdirilib boriladi. “Oila-mahalla-ta’lim” о‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik tizimi jamiyatda gender tenglik tamoyilini qaror toptirish, yoshlarda genderga oid sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu uch ijtimoiy institut insonlarning shaxs bо‘lib shakllanishida asosiy tamal toshni qо‘yadi, bola tug‘ilganidan voyaga yetguniga qadar deyarli barcha vaqtini yo oilada, yo mahallada yoki ta’lim muassasasida о‘tkazadi. Genderga oid tо‘g‘ri munosabatning shakllanishida yuqorida tilga olingan yaxlit tizimning uch komponenti bir-birini tо‘ldirib boradi. Oila, mahalla va ta’lim tizimida gender tenglikni ta’minlash yosh avlodni gender tenglik tamoyili asosida tarbiyalashda talab etiladigan eng asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi. Gender tengligini ta’minlash muammosi oila, mahalla va ta’limning barcha bosqichlarida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Afsuski, bugungi kunda ham oila, mahalla, ta’lim tizimida gender muammolari uchrab turibdi. Masalan, bugungi kunda ham oilaviy munosabatlarda ayollarga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlik holatlari uchraydi. Mahalla tizimida esa mavjud mahallalarning 40 foizini yoki 3676 mahallaning raislari yoki ularning о‘rinbosarlarini ayollar tashkil etadi3 . Boshqacha qilib aytganda, mahalla tizimida ham boshqaruv aksariyat holatda erkaklar qо‘lida. Yoki ta’lim jarayonida yashirin va ochiq gender stereotiplari4 bugungi kunda ham mavjudligini e’tirof etish mumkin. Masalan, maktablarda asosiy о‘qituvchilar ayollar bо‘lgani bilan boshqaruv faoliyatidagi maktab direktorlari va ularning о‘rinbosarlari kо‘proq erkaklar hisoblanadi. Bu yashirin gender stereotip bо‘lsa, maktabda о‘tilayotgan fanlar, xususan “Mehnat ta’limi”, “Jismoniy tarbiya” fanlarida о‘g‘il bolalar va qizlar uchun alohida dasturlarning ishlab chiqilganligi ochiq gender stereotiplar hisoblanadi. Bularning mavjudligi esa tarbiya tizimining о‘zida gender bilan bog‘liq muammolar mavjudligini anglatadi. Umuman olib qaraganda, gender tengligini ta’minlashda oila-mahalla-ta’lim tizimi hamkorligini yо‘lga qо‘yish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda gender bilan bog‘liq sog‘lom munosabatlar, qarashlar tizimi shakllanishida ijobiy ahamiyat kasb etadi. Gender tenglik nafaqat inson huquqini ta'minlash, balki, jamiyatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ezgu qadriyatdir. Qolaversa, gender tenglik — bu, mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko'rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi. SHu bois, bugungi globallashuv davrida jamiyatda bu masalaga ustuvor e'tibor qaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasi ishchi guruhi a'zosi, Oliy Majlis Senati xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi Nodira SHOTURSUNOVA bilan suhbatimiz mamlakatimizda ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar xususida bo'ldi.
—