Gender tenglik tamoyilini singdirishda oila, mahalla ta'lim tizimining o'rni. Gender yondashuv asosida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi immunitet shakllantirish


Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida ishlar qanday samara bermoqda?



Yüklə 21,63 Kb.
səhifə3/5
tarix22.05.2023
ölçüsü21,63 Kb.
#120054
1   2   3   4   5
Gender tenglik tamoyilini singdirishda oila, mahalla ta\'lim tizimining o\'rni. Gender yondashuv asosida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi immunitet shakllantirish.

Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida ishlar qanday samara bermoqda?
Aytish kerakki, so'nggi yillarda mamlakatimizda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta'minlash, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, ayollarni turli ­mas'ul lavozimlarga tayinlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Natijada ayollarimiz deputat, senator, hokim, elchi, prokuror, sud`ya, soliqchi kabi mas'uliyatli lavozimlarda mehnat qilayotir.
Davlat boshqaruvida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi vaqtda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo'yicha tizimli o'quvlar tashkil etilmoqda.
— Xotin-qizlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni zo'ravonlikdan himoyalash masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning natijasi nimalarda ko'rinmoqda?
— Aytish kerakki, garchi hayotimizda ayollarning zo'ravonlikka uchrashi bilan bog'liq holatlar qayd etilib, bu oila va jamiyat rivojiga o'z salbiy ta'sirini namoyon etsa-da, yaqin-yaqingacha bu muammo yopiq mavzu bo'lgan Bu holatni o'rganish tugul, u haqda so'z ochish ham mushkul edi.
So'nggi to'rt yilda bu boradagi vaziyat tubdan o'zgardi, muammolar ochiq-oshkora tahlil etilib, ularning echimlari izlana boshlandi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yil 2 sentyabrda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi qonun qabul qilinishi bu boradagi muammolar echimi yo'lida muhim qadam bo'ldi. Hozirgi kunda yurtimizda zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish bo'yicha ikki yuzga yaqin markazlar faoliyat yurityapti. Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya huzurida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlar birlashmasi ham bu boradagi ishlarga o'z ulushini qo'shmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish masalasi yanada ustuvor vazifaga aylandi. Bu boradagi chora-tadbirlarni amalga tatbiq etishda Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tizimida ishonch telefonlari tashkil etildi. Bundan tashqari, telegramm tarmog'ida “Zo'ravonlikka yo'l yo'q” deb nomlangan maxsus kanal ochilgan. Ayni paytda bu ishlar izchil davom ettirilib, zo'ravonlikka uchragan ayollarga huquqiy-psixologik yordam ko'rsatish, zo'ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida maxsus mobil ilova ishlab chiqilayapti.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhim samara bermoqda. Xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida izchil ish olib borilyapti. Ayni paytda Gender tenglik komissiyasi tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivoj­lantirish maqsadida tadbirkorlik maslahat kengashlari faoliyat yurityapti. Komissiya qoshida tadbirkor ayollar forumi tashkil etildi.
— 
Yüklə 21,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin