bolani izchil va batafsil o’rganish, uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni
yo’qotish yo’llari va vositalarini izlashni talab etadi.
2. Bolalarni kompleks o’rganish tamoyili bolaga tashxis qo’yishda zarur
mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo’yicha olingan
ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog,
psixolog va
pedagoglarning fikrlari turlicha bo’lsa, bola qayta tekshiruvdan o’tkaziladi.
3. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish tamoyili bolaning idrok etish,
emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko’zda tutadi. Unga ko’ra
bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham
hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o’rganish uning o’quv, mehnat va
o’yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
4. Bolani dinamik o’rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular biladigan
va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o’qitishdagi imkoniyatlarini ham
hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning “yaqin rivojlanish
zonasi” — bolalarning o’qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur
tamoyilning asosini tashkil qiladi.
5. Sifatiy-miqdoriy vondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda
yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalarni yechish uchun tanlarigan yo’lning
ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qat’iylik
va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
6. Ma’lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish
tamoyili har bir maxsus ta’lim muassasasi o’zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
7.
Rivojlanishida
mavjud
bo’lgan
chetlariishlar
darajasiga
ko’ra
differentsiallashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili
rivojlanishida bir xil, lekin
darajasiga ko’ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o’qishlarini nazarda
tutadi, binobarin, ularni o’qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalari,
ko’zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo’yicha), yomon ko’ruvchilar esa
ko’rish asosida o’qitiladi).
8. Yosh tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul
qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan
bolalarni
tekshirish va ularga korrektsion yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar
tomonidan amalga oshiriladi. PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat
ko’rsatadilar: pedagog, psixolog, shifokor,
psixiatr, nevropatolog, otolaringolog,
ortoped, oftalmologlar,
oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda
logoped PMPK ishlariga defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda
amaliy
tajribaga
ega
mutaxassis
rahbarlik
qiladi.
Dostları ilə paylaş: