me’yoriy talablar asosida shaxsni o’zi tanlagan aniq bir kasbga loyiqlik darajasini
aniqlash.
Kasbiy moslashuv: shaxsning mutaxassis bo’lib yetishishi, undagi tegishli ijtimoiy
va kasbiy sifatlarning shakllanishi, faol ijodiy mehnat qilish, berilgan ko’rsatma va
talablarning bajarilishi xamda yuqori kasbiy malakaga erishishiga imkon yaratuvchi
tadbirlar tizimini yaratish, turdosh kasblar ichidan shaxsga maqbul bo’lgan kasbni
tanlashida ko’maklashish.
Mazkur Nizomda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining ishtirokchilari aniq
belgilab quyilgan, bular quyidagilar:
• o’quvchilar;
• ota-onalar;
• ta’lim muassasasi;
• kasbga yo’naltiruvchi;
• kasb-hunarga yo’naltirish xizmati mutaxassislari;
• o’qituvchilar;
• sinf raxbari;
• maktab shifokori;
• kutubxona mudiri;
• jamoat tashkilotlari;
• kasb-hunar ta’limi muassasalari;
• korxonalar;
• mehnat organlari;
• hududiy boshqaruv organlari (xokimlik);
• maxalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari;