davrda insonning axloqiy, ijtimoiy tabiatiga taalluqli muammolarni o’rganishga
asosiy e’tibor qaratildi. SHuning uchun ham shaxsni avvalgi ta’riflari ancha keng
ma’noga ega edi. Bu ta’rifda nimaiki inson shaxsiga taalluqli bo’lsa
uning
biologiyasi, psixologiyasi, xulqi, madaniyati ma’naviyati va boshqalar kiritilgan edi.
Ikkinchi davr. XIX asming oxirlaridan XX asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi. Ya’ni, bu davrda pedagoglar shaxs kamolotini o’rganish va
tadqiq etishga o’z hissalarini qo’shgan davr hisoblanadi. CHunki bu davrda inson
shaxsini klinik sharoitlarda tadqiq qilish uchun tekshiruvlar olib borildi. Jumladan,
bu davrda
shaxsga taalluqli introversiya, ya’ni o’zining
ichki muammolariga
sho’ng’ib o’zi bilan o’zi bo’lish va atrofdagi hodisotlarga
diqqatning susayib
ketishi), ekstroversiya, ya’ni insonni o’rab
olgan muhit atrofga ongning
qaratilganligi va shu bilan band bo’lib, o’ziga nisbatan diqqatning susayishi),
hayajonlanish, insondagi yuqori darajadagi
halovatsizlik xususiyati, ma’lum
psixologik ijtimoiy vaziyatlarda qo’rquv
va hayajon hissiyotlari,
rigidlik
(tafakkurning tormozlanishi, ya’ni bir marta qabul qilingan hukm yoki fikrlash va
harakat usulidan voz kechishning qiyin holati) tormozlanganlik(qo’zg’atuvchilarga
qarshi harakatning susayib ketishi), uyg’onganlik holati (qo’zg’atuvchilar ta’sirida
yuqori darajada qo’zьalganlik va uning izlarining ma’lum vaqtgacha qolishi) kabi
psixologik holatlar o’rganildi. Lekin bu davrda
shaxsning ijobiy hislatlari,
qobiliyatlari, madaniy, ma’naviy, va shunga o’xshash bir qatorfazilatlarni o’rganish
diagnostikasi rivojlanmadi.
Dostları ilə paylaş: