5. Yo’naltirilganlik - yangi maqsadlarni belgilashda o’quv jarayonida yuz berishi
mumkin bolgan kamchiliklarning oldini olish.
6.
Axborotlashtirish - pedagogik jarayon qatnashchilarini doimiy ravishda qo’lga
kiritilayotgan muvaffaqiyatlardan xabardor qilib borish.
Pedagogik diagnostika ta’limni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. U o’quv-
tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tahlil
etadi, ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab
beradi, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo’l ochadi,
pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim ob’ekti, ta’limiy
tushunchalar qay darajada o’zlashtirilganligi tahlil etiladi, o’quv kursi va o’quv
dasturlarining o’zlashtirish darajasi baholanadi. Egallangan malakani aniqlashga
qaratilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari
quyidagilar:
5
1) taqqoslash; 2) pedagogik tahlil; 3) avvaldan ayta bilish (prognoz);
4) interpritatsiya; 5) pedagogik diagnostika natijalarini o’quvchi-talabalarga
yetkazib berish; 6) amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o’quvchi-
talabalarga yetkazish; 7) pedagogik diagnostika metodlarini to’g’ri tanlay olish.
Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa; haqqoniylik (ob’ektivlik);
ishonchlilik; puxtalikga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: