Diagnostika fanining asosiy maqsadi o’quvchi-talabalar psixologiyasining turli
sohalaridan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish, ayniqsa, shu fanlarning
ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo’llashga o’rgatishdir. SHuning uchun mazkur
kurs, asosan, amaliy xususiyatga ega bo’lish bilan birga nazariya bilan ham
uyg’unlashgan. Masalan:
1.Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalarning ta’lim muassasasiga
tayyorligini bilish mumkin emas.
2.Pedagogik diagnostikasiz rivojlantiruvchi ta’lim
samaradorligini kuzatib
bo’lmaydi.
3. Turli metodlarning nisbiy mahsuldorligini, o’qitishning shakl va vositalarini
baholash:
a) diagnostik metodlarsiz o’quvchi-talabalaning turli yosh davrlaridagi intellektual
rivojlanganlik darajasini belgilash o’ta mashaqqat; b) o’quvchi-talabalarga
individual yondoshish uchun zarur bo’lgan ularning
individual xususiyatlari
haqidagi ma’lumotlarni to’play olmaymiz.
Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning o’rni, ahamiyati
qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi.
Individual yondoshish, o’quvchi va talabularning individual xususiyatlarini
o’rganish shart ekanligi bir qancha davlat hujjatlanda ham aks ettirilgan. Pedagogik
diagnostika pedagogika va psixologiya fanlarining oraliьidagi soha bo’lib, o’quvchi-
talaba
shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga
Pedagogik
diagnostikani
maqsadi
pedagog o'z ishi va faoliyatini tashkil qilishi
Qiyinchiliklarni o'quvchi (talaba)larga individual
yondashish jarayonida bartaraf qila olish
O'quvchi (talaba)larda qiyinchilik tug'diradigan
sabablarini o'z vaqtida aniqlash
ta’sir qiluvchi omillarni o’rganadi
4
. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish
mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega
bo’lib, ilg’or ta’lim muassasalarida bu ish uslubiy muvaffaqiyatli
tarzda amalga
oshirilmoqda. SHu asosda yutuqlar mustahkamlanib, yo’l qo’yilgan kamchilik va
nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo’nalishlar belgilab olinmoqda va
yuqori darajadagi pirovard natijalar qoiga kiritilmoqda. SHu borada savol tug’iladi:
bola qobiliyati,
imkoniyati, bilimi, egallagan ko’nikmalarining o’lchovi borini -
bolaning bilimi va ko’mkmalarini belgilashga o’qituvchi aralashgani ma’qulmi yoki
o’ziga o’zi baho bergani afzalroqmi? Ana shunday savollarga eng maqbul asoslarda
javob berish pedagogik diagnostikaning predmetidir. Ushbu maqsadni ro’yobga
chiqarish yo’l-yo’riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim
vazifadir. Pedagogik diagnostika: Birinchidan, individual ta’lim jarayonini
jadallashtiradi.
Ikkinchidan, pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilarning bilimi
natijalarini va ta’lim sifati darajasini aniqlab beradi. Uchinchidan, o’qitish ishlari
jarayonida yo’l qo’yilishi mumkin bolgan kamchiliklarni
minimum darajaga
keltirishga yordam beradi. To’rtinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon,
kriteriyalar orqali o’quvchi talabaning sinfdan-sinfga (kursdan-kursga) o’tishida,
mutaxassislikka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: