Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə72/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

15- ma’ruza 
Mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini 
tashxislash va korrektsiyalash istiqbollari 
Pedagogik lug’atda “korrektsiya” tushunchasi (yunoncha “correctiio” — tuzatish)
pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning
psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida
tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion-profilaktik
faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion
faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar
yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga
yo’naltirilgan yaxlit jarayon.
Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va 
psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va
korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2) differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal
bolalarning muammolarini hal etish;
3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab
chiqish;
5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish bo’yicha
chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini
ishlab chiqish;
7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini
oshirish.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi 
yo’nalishlarda 
olib 
boriladi:


1.Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash,


ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o’rganish.
2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korrektsion-pedagogik
faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o’rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi
ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi
(sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarga korrektsion-
pedagogik ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o’rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida
nuqsonlar bolgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining
maqsadi, vazifa va asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi
o’qituvchilarni tayyorlashda zarur o’quv-metodik bazasini yaratish.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin