Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvch-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar-
ning tarqalishi va sistematik holati haqida ma‟lumot bering.
Chala metamorfozli parazit hasharotlar to„g„risida fikr
bildiring.
To„liq metamorfozli parazit hasharotlar to„g„risidagi
ma‟lumotlarni bayon qiling.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida)
baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishlar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlarning tarqalishi va
sistematik holati.
2. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi chala metamorfozli parazit
hasharotlar.
3. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi to„liq metamorfozli parazit
hasharotlar.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. reduktsiya, rudiment,
metamorfoz, maksillalar, gipofarinks, ftirioz, imago, pedikullyoz, koltun, tif, in’ektsiya,
obligat, gematofag, stigmalar, rezervuar, kon’yuktivit, poliomielit, fakultativ,
transmissiv, sinantrop.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga odam va hayvonlarda parazitlik
qiluvchi hasharotlarning tarqalishi va sistematik holati haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlarning tarqalishi va
sistematik holati haqida ma‟lumot bera oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Hasharotlar (Insecta, yoki Hexopoda) katta sinfi vakillari yer yuzida juda keng
tarqalgan bo„lib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan.
Hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) katta sinfi umurtqasiz
hayvonlarning bo„g„imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxеyalilar (Tracheata) kеnja tipiga
mansubdir.
Hasharotlar turlari tabiatda juda kеng tarqalgan bo„lib, ular turlicha tuzilishga
ega. Hozirgi vaqtda yer yuzida hasharotlarning 1 mln. dan ortiq turlari borligi ma‟lum.
Entomolog mutaxassislarning fikricha, yer yuzida hasharotlarning 3-4 mln. va hatto 8-
10 mln. ga yaqin turlari bo„lishi mumkin. Chunki kam o„rganilgan tropik
mamlakatlardan har yili hasharotlarning 7–8 mingga yaqin yangi turlari topilib turadi.
MDH da hasharotlarning 100 ming turi, O„zbekistonda esa ularning 23 mingdan
ortiq turi aniqlangan.
Umuman hasharotlarning turlari va soni qolgan hamma hayvon va o„simlik
turlarini qo„shib hisoblagandan ham ko„p.
Hasharotlarning shakli, rangi, hajmi har xil bo„lib, kattaligi 0,2 mm. dan 30 sm.
gacha boradi. Tanasi aniq bosh, ko„krak va qorin qismlarga ajralgan. Bosh qismi 5–6 ta
bo„g„imlarning qo„shilishidan, ko„krak qismi 3 ta bo„g„imlardan, qorin qismi esa 6–11
ta bo„g„imlardan tashkil topgan. Bosh qismida bir juft mo„ylovi, bir juft fasetkali, bir
yoki bir necha oddiy ko„zlari va og„iz apparati joylashgan. Ko„krak qismida uch juft
oyoqlar, ikki yoki bir juft qanotlari joylashgan.
Hasharotlar juda xilma-xil va ko„p sonli bo„lishi tufayli tabiatda sodir bo„lib
turadigan moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Ular orasida erkin
yashovchilari ham, o„simlik zararkunandalari ham, odam va hayvonlarning parazitlari
ham, har xil infektsion va invazion kasallik qo„zg„atuvchilarini yuqtiruvchilari ham,
insonga va xalq xo„jaligiga foyda keltiruvchi turlari ham mavjud.
Hasharotlarning ko„pchiligi gulli o„simliklarni changlatuvchi, bir qancha
hayvonlarning asosiy ozig„i, hayvonlarning murdalari bilan oziqlanuvchi nekrofaglari
(o„laksaxo„rlar) va go„ngxo„r-kaprofaglari bo„lib, tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi.
Go„ngxo„r hasharotlar hayvonlarning go„ngini parchalab, uning chirishiga, ya‟ni tuproq
hosil bo„lishiga yordam beradi.
Hasharotlardan olinadigan mahsulotlar inson uchun oziq va kiyim-kechak,
farmatseftika va bo„yoqchilik sanoati uchun zarur xomashyo hisoblanadi. Shuning bilan
bir qatorda, hasharotlar orasida tirik o„simlik to„qimalari bilan oziqlanib, qishloq
xo„jalik ekinlari va bog„larga katta zarar keltiruvchi turlari ham anchagina.
Hasharotlardan-burgalar,
bitlar,
ko„pchilik
ikki
qanotlilar
(chivinlar,
iskabtoparlar, pashshalar) va ayrim qandalalar qon so„rib odam va hayvonlarni bezovta
qiladi; hayvonlarning mahsuldorligi keskin kamayib ketadi.
Parazit hasharotlar kasallik tarqatuvchilar sifatida ayniqsa, katta ziyon yetkazadi.
Ulardan bir guruhi (chivinlar, moshkarlar, iskabtoparlar, qonso„ruvchi pashshalar)
kasallik ko„zg„atuvchi mikroorganizmlarni og„iz organlari orqali yuqtirsa, boshqalari
(bitlar, burgalar, pashshalar) so„lagi, tezagi yoki boshqa iflosliklari orqali yuqtiradi.
Bezgak chivinlari odamlarga bezgak parazitini qon so„rayotganida yuqtiradi. Toshmali
terlama kasal ko„zg„atuvchisi bitlarning axlati bilan odam terisiga tushadi va keyin
jarohatlangan teri orqali qonga o„tadi. Pashshalar bakteriyalar va gelmintlarning
tuxumlarini oyoqlari, xartumi yoki ichagidan chiqadigan axlati orqali yuqtiradi.
Yuqorida keltirilgan ma‟lumotlardan ko„rinib turibdi-ki, hasharotlarning
ko„pchiligi tabiatda, inson hayotida va qishloq xo„jaligida muhim ijobiy ahamiyatga
ega. Shu bilan bir qatorda, hasharotlarning bir qancha turlari parazitlar hisoblanib,
mahsuldor hayvonlarga va odamlar sog„ligiga jiddiy ziyon yetkazadi.
Shu sababli hasharotlarni o„rganish nazariy va amaliy jihatidan muhim
ahamiyatga ega. Zoologiyaning hasharotlarni o„rganuvchi bo‟limi-entomologiya deb
ataladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlarning tarqalishi va
sistematik holati haqida ma‟lumot bering.
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga odam va hayvonlarda parazitlik
qiluvchi chala metamorfozli parazit hasharotlar haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi chala metamorfozli parazit hasharotlar
haqida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Parxo„rlar (Mallophaga) turkumi vakillari qanotsiz, mayda yassi hashoratlar
bo„lib, parrandalar va sut emizuvchilarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Parxo„rlarning
boshi yirik, ko„krak qismi juda keng, ko„zlari o„z navbatida reduksiyaga uchragan.
Og„iz apparati kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq
panjalari 1–2 bo„g„imdan iborat bo„lib, bitta yoki ikkita «tirnoqcha» bilan tugallanadi.
Parxo„rlar o„zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo„rlarga o„xshasa, ikkinchi
tomondan bitlarga o„xshab ketadi.
Parxo„rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib hayot
kechiradi. Teri epidermisi, jun, momiq va par bilan oziqlanadi. Ularning ayrim turlari
hatto yirik qushlarning og„iz bo„shlig„ida uchrab, endoparazitlarga aylangan. Tuxumlari
qopqoqchali bo„lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishib turadi. Shunday tuxumlardan
tez muddat ichida lichinkalar paydo bo„ladi. Lichinkalar o„z tuzilishiga ko„ra voyaga
yetganlariga o„xshab ketadi, faqat o„lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi.
Parxo„rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 haftani o„z ichiga oladi. Ular asosan teri
epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga,
shuningdek,
yaralardan
ajraladigan moddalar hisobiga
oziqlanadi.
Natijada
hayvonlarning jun va parlari to„kilib ketadi, qattiq qichish paydo qiladi.
Parxo„rlar o„zlari yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning
evaziga hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi.
It va mushuklarning junxo„rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga,
ba‟zan ayrim turlari tasmasimon chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi.
Parxo„rlar turkumida 2600 tadan 3000 tagacha tur kiradi, shulardan 300 ga yaqin
turi sutemizuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400
ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan.
Parxo„rlar turkumi o„z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga
bo„linadi. Haqiqiy parxo„rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo„rini misol qilib olish
mumkin. Pat va junxo„rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo„ri va kaptar
parxo„rini ko„rsatish mumkin (107-rasm).
Shuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o„rdak parxo„ri, it, mushuk
va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan junxo„rlarni ham ko„rsatish mumkin.
Parxo„rlar va junxo„rlar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar mal-lofagozlar deb
yuritiladi. Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo„rlarga qarshi kurash olib boriladi.
Bitlar (Anoplura) turkumining vakillari faqat sutemizuvchilarda parazitlik qilib
yashaydigan qon so„ruvchi ektoparazitlardir. Bitlar turkumiga 300 tadan 540 tagacha tur
kiradi, MDH mamlakatlarida 45 turi, shu jumladan O„zbekistonda 19 turi har xil sut
emizuvchilarda parazitlik qiladi.
Bitlarning tanasi dorzoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida og„iz
apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko„zlari oddiy, ayrimlarida ko„zlari umuman
bo„lmaydi. Bir juft 3-5 bo„g„imli kalta mo„ylovlari sezgi a‟zolari vazifasini bajaradi.
Og„iz apparati sanchib-so„ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, gipofarinks
va pastki lab uzun nina shaklida bo„lib, xartumchaning ichida joylashgan. Bit
chaqqanda og„iz a‟zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini jarohatlaydi va qon
so„radi. So„lak bezlarining mahsuloti qon ivishiga qarshilik ko„rsatadi. Tananing
ko„krak qismi bir-biriga qo„shilib ketgan 3 ta segmentdan tuzilgan bo„lib, 3 juft yurish
oyoqlariga ega. Qanotlari bo„lmaydi. Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi. Hasharotning
jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo„ladi. Urg„ochi bit qornining
oxirida o„roqqa o„xshagan 1 juft o„simtasi bo„ladi. Jinsiy teshigi 8-nchi qorin
segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi 9-nchi segmentda joylashgan.
Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko„rinadi. Urug„lanishi ichki, rivojlanishi
chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 3 marta tullab, imagoga aylanadi.
Bitlarning tuxumi sirka deyiladi.
Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o„ziga xos biti
bo„ladi. Bitlar turkumiga 3 ta oila kiradi:
1. Gematopidlar (Heamatopidae) oilasi vakillarining ko„zi yo„q, tanasi
tukchalar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan tashqari)
parazitlik qiladi. Fil, ot, cho„chqa, qoramol, quyon va bug„u bitlari shular jumlasiga
kiradi (108-rasm).
107-rasm. Parxo„rlar va junxo„rlar:
1-kaptar parxo„ri; 2-qo„y junxo„ri; 3-ot
junxo„ri; 4-it junxo„ri.
1 2 3 4
Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho„chqalarda o„lat kasalligini ham
tarqatadi.
2. Tikanli bitlar (Echinophthiridae) oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida
parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o„xshagan tukchalar
bilan qoplangan bo„ladi. Tyulenlar burun teshiklarining old qismida tyulen biti
parazitlik qiladi.
3. Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga faqat odam va odamsimon maymunlarda
parazitlik qiladigan bitlar kiradi (109-rasm). Odamlarda bitlarning 3 turi parazitlik qiladi
(bosh biti, kiyim biti va qov biti)
Qov biti ( Phthirus pubis) odam badanining tukli joylarida (qovda, qo„ltiq tagi
junlarida, soqolda va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi.
Qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko„rinib turadi.
Ko„krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi - 1
mm, urg„ochisi-1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi.
Qov biti ftirioz kasalligini qo„zg„atadi. U o„zining yassi tanasi bilan odam terisiga
mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib, bitta joyda qimirlamasdan uzoq vaqt
davomida qon so„radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-kunduz qichiydi. Uning so„lagi
108-rasm. Hayvon bitlari:
1-ot biti; 2-cho„chqa biti;
3-qoramol biti.
109-rasm. Odam bitlari va ularning
tuxumlari (sirkalari): A-kiyim biti
va B-uning tuxumi, 1-qopqoqcha; 2-
yelimsimon sekreti. D-bosh biti;
E-qov biti va F-uning tuxumi;
G-bitlar oyog„ining oxirgi bo„g„imi;
A
B
1
2
D
E
F
G
gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan joyi ko„karib qoladi. U jinsiy aloqa
vaqtida, umumiy o„rin-ko„rpadan foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan
boshqa odaniga o„tadi. Qov bitining kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan.
Kiyim biti (Pediculus humanus vestimenti) va bosh biti (Pediculus humanus
capitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning uchun ular bitta turning
(Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi.
Bosh biti sochda bo„lib, o„z tuxumini (sirkalarini) sochga yopishtirib qo„yadi.
Tanasining kattaligi erkaginiki 2–3 mm, urg„ochisiniki esa 4 mm atrofida bo„ladi. Rangi
to„q kulrang.
Kiyim biti kiyim-kechaklarning choklarida yashaydi va shu joylarga tuxum
qo„yadi. Uning tanasi och kulrang bo„lib, urg„ochisining kattaligi 4-5 mm ga boradi.
Qorin segmentlarining ikki yonidagi pigment dog„lar och rangda, tanasini qoplab
turgan xitinli qoplamasi juda yupqa bo„lib, hatto so„rilgan qon ko„rinib turadi. Bitlar
hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni bilan ovqatlanadigan, doimiy
ektoparazitlardir. Bir kunda 2–3 marta 3–10 daqiqa davomida qon so„radi, ovqatsiz 10
kungacha yashashi mumkin.
Kiyim biti harakatchan, 27°C li haroratda 1 daqiqada 35 sm masofagacha harakat
qiladi. Otalangan urg„ochilari bir kunda 6–14 tadan tuxum (sirka) qo„yadi. Kiyim biti
umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo„yadi. Tuxumdan bir
haftada yosh bitchalar chiqadi. Umuman, tuxum qo„yishidan boshlab, voyaga yetgan
bitga aylanguncha rivojlanish davri 16-20 kunga to„g„ri keladi. Voyaga yetgan bitlar
1,5-2 oy yashaydi. Ancha tez rivojlangani uchun bitlar soni qisqa vaqt ichida tez
ko„payib ketishi mumkin. Bitlar qon bilan ovqatlanganda, odam terisiga o„z so„lagini
tushiradi. Chaqqan joylari qichishadi, qashiganda terida jarohatlar paydo bo„ladi. Bitlab
ketgan odam (qarovsiz qolgan bolalar, qariyalar) pedikullyoz kasalligiga uchrashi
mumkin. Pedikullyoz avj olishi natijasida organizmni umuman quvvatsizlantirib, koltun
degan kasallikka sabab bo„ladi. Bu kasallikda jarohatlangan teridan qon chiqib,
jarohatlar yallig„lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi.
Bitlar, shuningdek, og„ir kasalliklardan-toshmali va qaytalama terlama (tif)
tarqatuvchilari hisoblanadi. Toshmali tif bilan og„rigan bemorning tana harorati
ko„tariladi, badanida shu kasallikka xos bo„lgan toshmalar paydo bo„ladi, boshi
og„riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon
urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan.
Toshmali terlama kasalligining qo„zg„atuvchisi Provachek rikketsiyalari bo„lib,
bemorlarning qonida bo„ladi. Birinchi marta 1910 yilda amerikalik olim G.T. Rikkets
tomonidan kasallikning qo„zg„atuvchilari toshmali tif bilan og„rigan bemorlarning
qonida va ularda parazitlik qilayotgan bitlar ichagida aniqlagan. Lekin olim o„zining bu
tajribasini oxiriga yetkaza olmay o„ziga yuqqan toshmali tifdan o„ladi. Kasallik
qo„zg„atuvchisini aniqlashda va yuqish yo„llarini o„rganishda chex olimi S.
Provachekning hissasi katta bo„ldi, ammo u ham o„z tajribalarini nihoyasiga yetkaza
olmadi, chunki u rikketsiyalar bilan zararlangan bitlar ustida ish olib borib, tajriba
uchun o„ziga kasallikni yuqtiradi va bu kasallikdan 1915-yilda o„ladi. Bir yildan keyin
kasallik qo„zg„atuvchilari to„liq o„rganilib, ikkala olim sharafiga Provachek rikketsiyasi
deb nomlanadi.
Toshmali tif qo„zg„atuvchilarining bemor qonida bo„lishini aniqlashda rus
shifokori O.O. Mochutkovskiy (1845–1903) fidoiylik ko„rsatadi. U toshmali tif bilan
og„rigan bemor qonini o„ziga inyeksiya qiladi va 18 kundan keyin ushbu kasallikning
og„ir ko„rinishiga uchraydi. Bit bemor qonini so„rar ekan, o„ziga kasallik qo„zg„a-
tuvchilarini yuqtirib oladi. Rikketsiyalar bitlar oshqozonida ko„payadi va axlati bilan
birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit orqali ikki yo„l bilan sog„lom odamga o„tishi
mumkin:
1. Qonni so„rganda, ya‟ni rikketsiyalar bilan ifloslangan bitning og„iz apparati
orqali (ayrim ma‟lumotlar asosida xulosa qilingan, lekin zararlangan bitlarning so„lak
bezlarida kasallik qo„zg„atuvchilari topilmagan);
2. Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda.
Ma‟lumki, bit qon so„rayotgan paytda axlatini chiqarib turadi. Bitlar axlatida
rikketsiyalar bo„lib, chaqqan joylar qashlanganda, jarohatlangan teri orqali yuqadi.
Qaytalama terlama kasalligining tarqatuvchisi ham bitlardir. Qaytalama terlama
kasalligining meyer spiroxetasi bo„lib, bemor qoni bilan birga bit oshqozoniga va u
yerdan bit tanasi bo„shlig„iga tushadi. Spiroxetali bitlar odamni chaqqanda, unga
kasallik yuqtirmaydi. Bit ezilganda uning tanasidagi suyuqlik (gemolimfa) qashlangan
joyga tushgan taqdirdagina odamga kasallik o„tadi. Bitning bitta mo„ylovi ezilsa kifoya,
bir tomchi gemolimfa tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi.
Bitlar og„ir sharoitda, odamlar bir joyda to„planib antisanitar holatda yashashlari
natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni almashtirish imkoniyati bo„lmaganda ko„plab
uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng tarqalgan. Hozirgi
sharoitda ham, odamlar g„uj bo„lib yashaydigan joylar, ya‟ni bog„cha, maktab, harbiy
xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi uchun qulay joylardir.
Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo„qotishdan iborat. Ichki kiyim va o„rin-
ko„rpalarga issiqlik yoki bug„ bilan ishlaydigan kameralar yordamida (100°C da) ishlov
berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. Shu bilan birga, shaxsiy gigiyena qoidalariga
qat‟iy rioya qilish kerak.
Shuni ham ta‟kidlash kerakki, rikketsiyalar o„lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham
ancha vaqt tirik holda saqlanishi mumkin, hatto qurib ketgan bitlaming axlatida uzoq
vaqtgacha o„zining yuqumliligini yo„qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar
tirik bo„lishi shart emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning
axlati yoki o„ligi ham kasallik yuqishiga sababchi bo„lishi mumkin.
Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 50 mingtadan 90 mingtagacha tur kiradi.
Ular orasida o„simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham
uchraydi. 100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qiladi.
Bular orasida to„shak qandalasi (Cimex lectularius) muhim o„rin tutadi (110-
rasm). To„shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer yuzida keng tarqalgan. Uning
kattaligi 4,5–8,4 mm keladi.
Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik hayotiga moslashishi tufayli
ularning qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. Oyoqlari yuruvchi tipda bo„lib, tez
harakatlanadi. 1 daqiqada 1 metr masofani bosib o„tadi To„shak qandalasining tanasi 3
qismdan, yani bosh, ko„krak va qorin bo„limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft
mo„ylovi, 1 juft ko„zi va sanchib-so„ruvchi og„iz apparati joylashgan. Ko„krak qismi 3
ta bo„g„imdan iborat. Har bir bo„g„imdan 1 juftdan oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan
iborat qorin qismi shaklan bargga o„xshaydi. Ularda hid bilish organi yaxshi
rivojlangan. Qandalalar uzoq masofada turib o„z xo„jayinining hidini sezadi.
Dostları ilə paylaş: |