Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvch-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi:  

4.1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar- 

ning tarqalishi va sistematik holati  haqida ma‟lumot bering.  

         Chala metamorfozli parazit hasharotlar to„g„risida fikr 

bildiring.   

         To„liq    metamorfozli  parazit  hasharotlar  to„g„risidagi 

ma‟lumotlarni bayon qiling.   



4.2.  Eng  faol  talabalar  (baholash  mezoni  asosida) 

baholanadi. 



O„qituvchi, 

15 daqiqa 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishlar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

Аsоsiy sаvоllаr:  

1.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  hasharotlarning  tarqalishi  va 

sistematik holati.  



2.    Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  chala  metamorfozli  parazit 

hasharotlar.  



3.    Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  to„liq  metamorfozli  parazit 

hasharotlar.  



 

Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  reduktsiya,  rudiment, 

metamorfoz, maksillalar, gipofarinks, ftirioz, imago, pedikullyoz, koltun, tif, in’ektsiya, 

obligat,  gematofag,  stigmalar,  rezervuar,  kon’yuktivit,  poliomielit,  fakultativ, 

transmissiv, sinantrop. 

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  odam  va  hayvonlarda  parazitlik 

qiluvchi hasharotlarning tarqalishi va sistematik holati haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  hasharotlarning  tarqalishi  va 

sistematik holati haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  

Hasharotlar (Insecta, yoki Hexopoda) katta sinfi vakillari yer yuzida juda keng 

tarqalgan bo„lib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan.  

Hasharotlar  (Insecta)  yoki  olti  oyoqlilar  (Hexapoda)  katta  sinfi  umurtqasiz 

hayvonlarning bo„g„imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxеyalilar (Tracheata) kеnja tipiga 

mansubdir.  

Hasharotlar  turlari  tabiatda  juda  kеng  tarqalgan  bo„lib,  ular  turlicha  tuzilishga 

ega. Hozirgi vaqtda yer yuzida hasharotlarning 1 mln.  dan ortiq turlari borligi ma‟lum. 


 

Entomolog mutaxassislarning fikricha, yer yuzida hasharotlarning 3-4 mln. va hatto 8-

10  mln.  ga  yaqin  turlari  bo„lishi  mumkin.  Chunki  kam  o„rganilgan  tropik 

mamlakatlardan har yili hasharotlarning 78 mingga yaqin yangi turlari topilib turadi.  

MDH da hasharotlarning 100 ming turi, O„zbekistonda esa ularning 23 mingdan 

ortiq turi aniqlangan.  

Umuman  hasharotlarning  turlari  va  soni  qolgan  hamma  hayvon  va  o„simlik 

turlarini qo„shib hisoblagandan ham ko„p. 

Hasharotlarning  shakli, rangi, hajmi  har  xil  bo„lib, kattaligi 0,2  mm. dan 30  sm. 

gacha boradi. Tanasi aniq bosh, ko„krak va qorin qismlarga ajralgan. Bosh qismi 56 ta 

bo„g„imlarning qo„shilishidan, ko„krak qismi 3 ta bo„g„imlardan, qorin qismi esa 611 

ta  bo„g„imlardan  tashkil topgan.  Bosh  qismida  bir  juft  mo„ylovi,  bir  juft  fasetkali,  bir 

yoki  bir  necha  oddiy  ko„zlari  va  og„iz  apparati  joylashgan.  Ko„krak  qismida  uch  juft 

oyoqlar, ikki yoki bir juft qanotlari joylashgan.  

Hasharotlar  juda  xilma-xil  va  ko„p  sonli  bo„lishi  tufayli  tabiatda  sodir  bo„lib 

turadigan  moddalar  almashinuvida  muhim  ahamiyatga  ega.  Ular  orasida  erkin 

yashovchilari  ham,  o„simlik  zararkunandalari  ham,  odam  va  hayvonlarning  parazitlari 

ham,  har  xil  infektsion  va  invazion  kasallik  qo„zg„atuvchilarini  yuqtiruvchilari  ham, 

insonga va xalq xo„jaligiga foyda keltiruvchi turlari ham mavjud.  

Hasharotlarning  ko„pchiligi  gulli  o„simliklarni  changlatuvchi,  bir  qancha 

hayvonlarning  asosiy  ozig„i,  hayvonlarning  murdalari  bilan  oziqlanuvchi  nekrofaglari 

(o„laksaxo„rlar)  va  go„ngxo„r-kaprofaglari  bo„lib,  tabiiy  sanitarlar  vazifasini  bajaradi. 

Go„ngxo„r hasharotlar hayvonlarning go„ngini parchalab, uning chirishiga, ya‟ni tuproq 

hosil bo„lishiga yordam beradi.  

Hasharotlardan  olinadigan  mahsulotlar  inson  uchun  oziq  va  kiyim-kechak, 

farmatseftika va bo„yoqchilik sanoati uchun zarur xomashyo hisoblanadi. Shuning bilan 

bir  qatorda,  hasharotlar  orasida  tirik  o„simlik  to„qimalari  bilan  oziqlanib,  qishloq 

xo„jalik ekinlari va bog„larga katta zarar keltiruvchi turlari ham anchagina.  

Hasharotlardan-burgalar, 

bitlar, 


ko„pchilik 

ikki 


qanotlilar 

(chivinlar, 

iskabtoparlar, pashshalar) va ayrim qandalalar qon so„rib odam va hayvonlarni bezovta 

qiladi; hayvonlarning mahsuldorligi keskin kamayib ketadi.  

Parazit hasharotlar kasallik tarqatuvchilar sifatida ayniqsa, katta ziyon yetkazadi. 

Ulardan  bir  guruhi  (chivinlar,  moshkarlar,  iskabtoparlar,  qonso„ruvchi  pashshalar) 

kasallik  ko„zg„atuvchi  mikroorganizmlarni  og„iz  organlari  orqali  yuqtirsa,  boshqalari 

(bitlar,  burgalar,  pashshalar)  so„lagi,  tezagi  yoki  boshqa  iflosliklari  orqali  yuqtiradi. 

Bezgak chivinlari odamlarga bezgak parazitini qon so„rayotganida yuqtiradi. Toshmali 

terlama  kasal  ko„zg„atuvchisi  bitlarning  axlati  bilan  odam  terisiga  tushadi  va  keyin 

jarohatlangan  teri  orqali  qonga  o„tadi.  Pashshalar  bakteriyalar  va  gelmintlarning 

tuxumlarini oyoqlari, xartumi yoki ichagidan chiqadigan axlati orqali yuqtiradi.  

Yuqorida  keltirilgan  ma‟lumotlardan  ko„rinib  turibdi-ki,  hasharotlarning 

ko„pchiligi  tabiatda,  inson  hayotida  va  qishloq  xo„jaligida  muhim  ijobiy  ahamiyatga 

ega.  Shu  bilan  bir  qatorda,  hasharotlarning  bir  qancha  turlari  parazitlar  hisoblanib, 

mahsuldor hayvonlarga va odamlar sog„ligiga jiddiy ziyon yetkazadi.  

Shu  sababli  hasharotlarni  o„rganish  nazariy  va  amaliy  jihatidan  muhim 

ahamiyatga  ega.  Zoologiyaning  hasharotlarni  o„rganuvchi  bo‟limi-entomologiya  deb 

ataladi.  


 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.  Odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  hasharotlarning  tarqalishi  va 

sistematik holati haqida ma‟lumot bering.   

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  odam  va  hayvonlarda  parazitlik 

qiluvchi chala metamorfozli parazit hasharotlar  haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi chala metamorfozli parazit hasharotlar 

haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  



Parxo„rlar  (Mallophaga)  turkumi  vakillari  qanotsiz,  mayda  yassi  hashoratlar 

bo„lib, parrandalar va sut emizuvchilarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Parxo„rlarning 

boshi  yirik,  ko„krak  qismi  juda  keng,  ko„zlari  o„z  navbatida  reduksiyaga  uchragan. 

Og„iz  apparati  kemiruvchi  tipda,  parazitlik  hayotiga  maxsus  moslashgan.  Oyoq 

panjalari  12  bo„g„imdan  iborat  bo„lib, bitta  yoki  ikkita  «tirnoqcha»  bilan  tugallanadi. 

Parxo„rlar  o„zlarining  tuzilishi  bilan  bir  tomondan  pichanxo„rlarga  o„xshasa,  ikkinchi 

tomondan bitlarga o„xshab ketadi.  

Parxo„rlar  patlar,  parlar, sochlar, tuklar  orasida  yoki  terida  parazitlik  qilib  hayot 

kechiradi.  Teri  epidermisi,  jun,  momiq  va  par  bilan  oziqlanadi.  Ularning  ayrim  turlari 

hatto yirik qushlarning og„iz bo„shlig„ida uchrab, endoparazitlarga aylangan. Tuxumlari 

qopqoqchali bo„lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishib turadi. Shunday tuxumlardan 

tez  muddat  ichida  lichinkalar  paydo  bo„ladi.  Lichinkalar  o„z  tuzilishiga  ko„ra  voyaga 

yetganlariga  o„xshab  ketadi,  faqat  o„lchamlari  va  teri  pigmentlari  bilan  farq  qiladi. 

Parxo„rlarning  umumiy  rivojlanishi  3-4  haftani  o„z  ichiga  oladi.  Ular  asosan  teri 

epidermisi,  patning  ayrim  qismlari,  teridan  ajraladigan  mahsulotlar  hisobiga, 

shuningdek, 

yaralardan 

ajraladigan  moddalar  hisobiga 

oziqlanadi. 

Natijada 

hayvonlarning jun va parlari to„kilib ketadi, qattiq qichish paydo qiladi.  

Parxo„rlar  o„zlari  yashayotgan  organizmni  juda  ham  bezovta  qiladi,  buning 

evaziga hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi. 

It  va  mushuklarning  junxo„rlari  jun  ostida  yashab,  parazitlik  qilish  bilan  birga, 

ba‟zan ayrim turlari tasmasimon chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi. 

Parxo„rlar turkumida 2600 tadan 3000 tagacha tur kiradi, shulardan 300 ga yaqin 

turi sutemizuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400 

ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan. 

Parxo„rlar  turkumi  o„z  navbatida  2  ta  kenja  turkumga  va  bir  nechta  oilaga 

bo„linadi. Haqiqiy parxo„rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo„rini  misol qilib olish 

mumkin.  Pat  va  junxo„rlar  kenja  turkumiga  esa  tovuqlarning  bosh  parxo„ri  va  kaptar 

parxo„rini ko„rsatish mumkin (107-rasm).  

Shuningdek, ularga  kattaligi 4-5  mm  keladigan  yirik o„rdak parxo„ri,  it, mushuk 

va  boshqa  sutemizuvchilarda  uchraydigan  junxo„rlarni  ham  ko„rsatish  mumkin. 

Parxo„rlar  va  junxo„rlar  tomonidan  chaqiriladigan  kasalliklar  mal-lofagozlar  deb 

yuritiladi. Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo„rlarga qarshi kurash olib boriladi.  



 

 

 



Bitlar (Anoplura) turkumining vakillari faqat sutemizuvchilarda parazitlik qilib 

yashaydigan qon so„ruvchi ektoparazitlardir. Bitlar turkumiga 300 tadan 540 tagacha tur 

kiradi,  MDH  mamlakatlarida  45  turi,  shu  jumladan  O„zbekistonda  19  turi  har  xil  sut 

emizuvchilarda parazitlik qiladi. 

Bitlarning  tanasi  dorzoventral  tomonga  qarab  yassilangan.  Bosh  qismida  og„iz 

apparati,  sezgi  organlari  joylashgan.  Ko„zlari  oddiy,  ayrimlarida  ko„zlari  umuman 

bo„lmaydi. Bir juft 3-5 bo„g„imli kalta mo„ylovlari sezgi a‟zolari vazifasini bajaradi.  

Og„iz apparati sanchib-so„ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, gipofarinks 

va  pastki  lab  uzun  nina  shaklida  bo„lib,  xartumchaning  ichida  joylashgan.  Bit 

chaqqanda  og„iz  a‟zolari  xartumchadan  tashqariga  chiqib,  terini  jarohatlaydi  va  qon 

so„radi.  So„lak  bezlarining  mahsuloti  qon  ivishiga  qarshilik  ko„rsatadi.  Tananing 

ko„krak qismi bir-biriga qo„shilib ketgan 3 ta segmentdan tuzilgan bo„lib, 3 juft yurish 

oyoqlariga  ega.  Qanotlari  bo„lmaydi.  Oyoqlari  tirnoqlari  bilan  tugaydi.  Hasharotning 

jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo„ladi. Urg„ochi bit qornining 

oxirida  o„roqqa  o„xshagan  1  juft  o„simtasi  bo„ladi.  Jinsiy  teshigi  8-nchi  qorin 

segmentida  joylashgan.  Erkaklarining  jinsiy  teshigi  9-nchi  segmentda  joylashgan. 

Demak,  bitlarda  jinsiy  dimorfizm  yaqqol  ko„rinadi.  Urug„lanishi  ichki,  rivojlanishi 

chala  metamorfozli.  Tuxumdan  chiqqan  lichinkasi  3  marta  tullab,  imagoga  aylanadi. 

Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. 

Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o„ziga xos biti 

bo„ladi. Bitlar turkumiga 3 ta oila kiradi: 

1.  Gematopidlar  (Heamatopidae)  oilasi  vakillarining  ko„zi  yo„q,  tanasi 

tukchalar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan tashqari) 

parazitlik  qiladi.  Fil,  ot,  cho„chqa,  qoramol,  quyon  va  bug„u  bitlari  shular  jumlasiga 

kiradi (108-rasm).  

 

107-rasm. Parxo„rlar va junxo„rlar: 

1-kaptar parxo„ri; 2-qo„y junxo„ri; 3-ot 

junxo„ri;  4-it junxo„ri. 

1            2                    3                    4 


 

 

 

Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho„chqalarda o„lat kasalligini ham 

tarqatadi. 



2.  Tikanli  bitlar  (Echinophthiridae)  oilasiga  faqat  dengiz  sutemizuvchilarida 

parazitlik  qiladigan  bitlar  kiradi.  Ularning  tanasi  tikanchalarga  o„xshagan  tukchalar 

bilan  qoplangan  bo„ladi.  Tyulenlar  burun  teshiklarining  old  qismida  tyulen  biti 

parazitlik qiladi.  



3. Pedikulidlar  (Pediculidae)  oilasiga  faqat odam  va  odamsimon  maymunlarda 

parazitlik qiladigan bitlar kiradi (109-rasm). Odamlarda bitlarning 3 turi parazitlik qiladi 

(bosh biti, kiyim biti va qov biti)  

 

 



Qov  biti  (Phthirus  pubis)  odam  badanining  tukli  joylarida  (qovda,  qo„ltiq  tagi 

junlarida, soqolda va hatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi. 

Qov  biti  boshqa  bitlardan  farq  qiladi.  Uning  boshchasi  aniq  ko„rinib  turadi. 

Ko„krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi - 1 

mm, urg„ochisi-1,5 mm) hisoblanadi. Qov biti 26 kungacha yashaydi. 

Qov biti ftirioz kasalligini qo„zg„atadi. U o„zining yassi tanasi bilan odam terisiga 

mahkam yopishib oladi, xartumini teriga sanchib, bitta joyda qimirlamasdan uzoq vaqt 

davomida  qon  so„radi,  chaqqan  joyi  tinimsiz  kechayu-kunduz  qichiydi.  Uning  so„lagi 



108-rasm. Hayvon bitlari: 

1-ot biti; 2-cho„chqa biti; 

3-qoramol biti. 

109-rasm. Odam bitlari va ularning 

tuxumlari (sirkalari): A-kiyim biti  

va B-uning tuxumi, 1-qopqoqcha; 2-

yelimsimon sekreti. D-bosh biti; 

E-qov biti va F-uning tuxumi

G-bitlar oyog„ining oxirgi bo„g„imi; 

A 

B 

1 

2 

D 

E 

F 

G 


 

gemoglobinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan joyi ko„karib qoladi. U jinsiy aloqa 

vaqtida,  umumiy  o„rin-ko„rpadan  foydalanilganda,  ichki  kiyimlar  orqali  bir  odamdan 

boshqa odaniga o„tadi. Qov bitining kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan.  

Kiyim  biti  (Pediculus  humanus  vestimenti)  va  bosh  biti  (Pediculus  humanus 

capitis) bir-birlari bilan chatishib serpusht nasl beradi, shuning uchun ular bitta turning 

(Pediculus humanus) tur xillari deb hisoblanadi. 

Bosh  biti  sochda  bo„lib,  o„z  tuxumini  (sirkalarini)  sochga  yopishtirib  qo„yadi. 

Tanasining kattaligi erkaginiki 23 mm, urg„ochisiniki esa 4 mm atrofida bo„ladi. Rangi 

to„q kulrang. 

Kiyim  biti  kiyim-kechaklarning  choklarida  yashaydi  va  shu  joylarga  tuxum 

qo„yadi. Uning tanasi och kulrang bo„lib, urg„ochisining kattaligi 4-5 mm ga boradi. 

Qorin segmentlarining ikki yonidagi pigment dog„lar och rangda, tanasini qoplab 

turgan  xitinli  qoplamasi  juda  yupqa  bo„lib,  hatto  so„rilgan  qon  ko„rinib  turadi.  Bitlar 

hayotining  hamma  rivojlanish  davrida  odam  qoni  bilan  ovqatlanadigan,  doimiy 

ektoparazitlardir. Bir kunda 23 marta 310 daqiqa davomida qon so„radi, ovqatsiz 10 

kungacha yashashi mumkin. 

Kiyim biti harakatchan, 27°C li haroratda 1 daqiqada 35 sm masofagacha harakat 

qiladi. Otalangan urg„ochilari bir kunda 614 tadan tuxum (sirka) qo„yadi. Kiyim biti 

umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo„yadi. Tuxumdan bir 

haftada  yosh  bitchalar  chiqadi.  Umuman,  tuxum  qo„yishidan  boshlab,  voyaga  yetgan 

bitga  aylanguncha  rivojlanish  davri  16-20  kunga  to„g„ri  keladi.  Voyaga  yetgan  bitlar 

1,5-2  oy  yashaydi.  Ancha  tez  rivojlangani  uchun  bitlar  soni  qisqa  vaqt  ichida  tez 

ko„payib  ketishi  mumkin.  Bitlar  qon  bilan  ovqatlanganda,  odam  terisiga  o„z  so„lagini 

tushiradi. Chaqqan joylari qichishadi, qashiganda terida jarohatlar paydo bo„ladi. Bitlab 

ketgan  odam  (qarovsiz  qolgan  bolalar,  qariyalar)  pedikullyoz  kasalligiga  uchrashi 

mumkin. Pedikullyoz avj olishi natijasida organizmni umuman quvvatsizlantirib, koltun 

degan  kasallikka  sabab  bo„ladi.  Bu  kasallikda  jarohatlangan  teridan  qon  chiqib, 

jarohatlar yallig„lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-biriga yopishib qoladi. 

Bitlar,  shuningdek,  og„ir  kasalliklardan-toshmali  va  qaytalama  terlama  (tif) 

tarqatuvchilari  hisoblanadi.  Toshmali  tif  bilan  og„rigan  bemorning  tana  harorati 

ko„tariladi,  badanida  shu  kasallikka  xos  bo„lgan  toshmalar  paydo  bo„ladi,  boshi 

og„riydi,  hatto  hushidan  ketishi  mumkin.  Bu  kasallikdan  birinchi  va  ikkinchi  jahon 

urushlarida qanchadan-qancha odamlar qirilib ketgan. 

Toshmali  terlama  kasalligining  qo„zg„atuvchisi  Provachek  rikketsiyalari  bo„lib, 

bemorlarning  qonida  bo„ladi.  Birinchi  marta  1910  yilda  amerikalik  olim  G.T.  Rikkets 

tomonidan  kasallikning  qo„zg„atuvchilari  toshmali  tif  bilan  og„rigan  bemorlarning 

qonida va ularda parazitlik qilayotgan bitlar ichagida aniqlagan. Lekin olim o„zining bu 

tajribasini  oxiriga  yetkaza  olmay  o„ziga  yuqqan  toshmali  tifdan  o„ladi.  Kasallik 

qo„zg„atuvchisini  aniqlashda  va  yuqish  yo„llarini  o„rganishda  chex  olimi  S. 

Provachekning  hissasi  katta  bo„ldi,  ammo  u  ham  o„z  tajribalarini  nihoyasiga  yetkaza 

olmadi,  chunki  u  rikketsiyalar  bilan  zararlangan  bitlar  ustida  ish  olib  borib,  tajriba 

uchun o„ziga kasallikni yuqtiradi va bu kasallikdan 1915-yilda o„ladi. Bir yildan keyin 

kasallik qo„zg„atuvchilari to„liq o„rganilib, ikkala olim sharafiga Provachek rikketsiyasi 

deb nomlanadi. 



 

Toshmali  tif  qo„zg„atuvchilarining  bemor  qonida  bo„lishini  aniqlashda  rus 

shifokori  O.O.  Mochutkovskiy  (18451903)  fidoiylik  ko„rsatadi.  U  toshmali  tif  bilan 

og„rigan bemor qonini o„ziga inyeksiya qiladi va 18 kundan keyin ushbu kasallikning 

og„ir  ko„rinishiga  uchraydi.  Bit  bemor  qonini  so„rar  ekan,  o„ziga  kasallik  qo„zg„a-

tuvchilarini  yuqtirib  oladi.  Rikketsiyalar  bitlar  oshqozonida  ko„payadi  va  axlati  bilan 

birga tashqariga chiqadi. Rikketsiyalar bit orqali ikki yo„l bilan sog„lom odamga o„tishi 

mumkin: 


1.  Qonni  so„rganda,  ya‟ni  rikketsiyalar  bilan  ifloslangan  bitning  og„iz  apparati 

orqali  (ayrim  ma‟lumotlar  asosida  xulosa  qilingan,  lekin  zararlangan  bitlarning  so„lak 

bezlarida kasallik qo„zg„atuvchilari topilmagan); 

2. Badanning bit axlati qolib ketgan joyi qashilganda. 

Ma‟lumki,  bit  qon  so„rayotgan  paytda  axlatini  chiqarib  turadi.  Bitlar  axlatida 

rikketsiyalar bo„lib, chaqqan joylar qashlanganda, jarohatlangan teri orqali yuqadi. 

Qaytalama  terlama  kasalligining  tarqatuvchisi  ham  bitlardir.  Qaytalama  terlama 

kasalligining  meyer  spiroxetasi  bo„lib,  bemor  qoni  bilan  birga  bit  oshqozoniga  va  u 

yerdan  bit  tanasi  bo„shlig„iga  tushadi.  Spiroxetali  bitlar  odamni  chaqqanda,  unga 

kasallik  yuqtirmaydi.  Bit  ezilganda  uning  tanasidagi  suyuqlik  (gemolimfa)  qashlangan 

joyga tushgan taqdirdagina odamga kasallik o„tadi. Bitning bitta mo„ylovi ezilsa kifoya, 

bir tomchi gemolimfa tushgan joyidagi teri orqali spiroxetalar yuqadi. 

Bitlar og„ir sharoitda, odamlar bir joyda to„planib antisanitar holatda yashashlari 

natijasida,  yuvinish,  kiyim-kechaklarni  almashtirish  imkoniyati  bo„lmaganda  ko„plab 

uchraydi.  Ayniqsa,  ocharchilik  va  urush  yillarida  bitlar  keng  tarqalgan.  Hozirgi 

sharoitda ham,  odamlar g„uj  bo„lib  yashaydigan  joylar,  ya‟ni bog„cha,  maktab,  harbiy 

xizmat joylari va qamoqxonalar bitlarning tarqalishi uchun qulay joylardir. 

Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo„qotishdan iborat. Ichki kiyim va o„rin-

ko„rpalarga issiqlik yoki bug„ bilan ishlaydigan kameralar yordamida (100°C da) ishlov 

berilsa,  bitlar  tamomila  qirilib  ketadi.  Shu  bilan  birga,  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga 

qat‟iy rioya qilish kerak.  

Shuni ham ta‟kidlash kerakki, rikketsiyalar o„lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham 

ancha  vaqt  tirik  holda  saqlanishi  mumkin,  hatto  qurib  ketgan  bitlaming  axlatida  uzoq 

vaqtgacha o„zining  yuqumliligini  yo„qotmaydi. Demak, kasallik tarqalishi uchun bitlar 

tirik bo„lishi shart emas, balki bemor kiyimlarida saqlanib qolgan zararlangan bitlarning 

axlati yoki o„ligi ham kasallik yuqishiga sababchi bo„lishi mumkin. 



Qandalalar  (Hemiptera)  turkumiga  50  mingtadan  90  mingtagacha  tur  kiradi. 

Ular orasida o„simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham 

uchraydi. 100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qiladi. 

Bular  orasida  to„shak  qandalasi  (Cimex  lectularius)  muhim  o„rin  tutadi  (110-

rasm). To„shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer yuzida keng tarqalgan. Uning 

kattaligi 4,58,4 mm keladi.  

Tanasi  mayda  tukchalar  bilan  qoplangan. Parazitlik  hayotiga  moslashishi  tufayli 

ularning  qanotlari  qisqarib,  tanasi  yassilashgan.  Oyoqlari  yuruvchi  tipda  bo„lib,  tez 

harakatlanadi. 1 daqiqada 1 metr masofani bosib o„tadi To„shak qandalasining tanasi 3 

qismdan, yani bosh, ko„krak va qorin bo„limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft 

mo„ylovi, 1 juft ko„zi va sanchib-so„ruvchi og„iz apparati joylashgan. Ko„krak qismi 3 

ta  bo„g„imdan  iborat.  Har  bir  bo„g„imdan  1  juftdan  oyoq  chiqqan.  10  ta  segmentdan 



 

iborat  qorin  qismi  shaklan  bargga  o„xshaydi.  Ularda  hid  bilish  organi  yaxshi 

rivojlangan. Qandalalar uzoq masofada turib o„z xo„jayinining hidini sezadi. 

 

 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin