Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazit  zuluklar  haqida  ma‟lumot 

berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1. Parazit zuluklar haqida ma‟lumot bera oladi.  



 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  

Zuluklar  (Hirudinea)  sinfiga  450  ga  yaqin  tur  kiradi.  Ular  asosan  chuchuk 

suvlarda,  bir  qismi  esa  dengizlarda  yashaydi.  Umurtqali  hayvonlarda  vaqtincha 

ektoparazitlik  qilib  yoki  yirtqichlarcha  hayot  kechiradi.  Ular  asosan  qon  so„rib  yoki 

mayda  hayvonlar  bilan  ovqatlanadi.  Ayrimlari  quruqlikda  yashashga  ham  moslashgan. 

Masalan, tropik nam o„rmonlarda, quruqlikda  Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va 

boshqa  janubiy  mamlakatlarda  3–5  sm  li  qonxo„r  jag„li  zuluklar  daraxtga  yopishgan 

holda hayvon yoki odam o„tishini poylaydi va ko„pincha ularga tashlanib, azob beradi.  

Zuluklar juda ham harakatchan, suv ostida o„rmalab yoki suvda suzib yashaydi. 

Ularning  tanasi  yelka  qorin  tomonga  yassilanganligi  bilan  boshqa  halqali 

chuvalchanglardan  farq  qiladi.  Tanasining  oldingi  uchida  muskulli  so„rg„ichi  bo„lib, 

uning  o„rtasida  og„iz  teshigi  joylashgan.  Gavdasining  keyingi  uchida  esa  juda  yaxshi 

rivojlangan orqa so„rg„ichi joylashgan, Orqa so„rg„ichining yelka tomonida anal teshigi 

bor.  Zuluklar  boshqa  halqali  chuvalchanglardan  ana  shu  so„rg„ichlarining  bo„lishi, 

ularda  parapodiyalar,  jabralar  va  boshqa  qillarining  bo„lmasligi  (qillar  faqat  primitiv 

turlarida,  ya‟ni    qildor  zuluklardagina  saqlangan)  bilan  keskin  farq  qiladi.  Bundan 

tashqari, zuluklar gavdasining tashqi halqalari ichki halqalariga to„g„ri kelmaydi, ya‟ni 

tashqi  segmentlari  bilan  ichki  segmentlarining  mosligi  buzilgan.  Zuluklarning  turli 

vakillarida  har  qaysi  haqiqiy  ichki  segmentiga  3  tadan  5  tagacha  tashqi  segmentlar 



 

to„g„ri keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment to„g„ri keladi). Zuluklarning tashqi 

halqalanishi  tashqi  muhitga  moslashish  xususiyatlaridan  bo„lib,  bu  qalinlashib  ketgan 

teri-muskul  qopchig„ining  egiluvchanligini  ta‟minlaydi.  Zuluklar  tanasining  uzunligi  1 

sm dan 30 sm gacha boradi.  

Laboratoriya  sharoitida  1,5  yil  davomida  44  sm  ga  yetadigan  zuluk  o„stirilgan. 

Zuluklar  harakatlanganida,  oldin  orqa  so„rg„ichi  bilan  biror  narsaga  yopishib  olib, 

gavdasini  oldinga  cho„zadi,  shunda  oldingi  og„iz  so„rg„ichi  bilan  boshqa  narsaga 

yopishib  oladi.  Bu  vaqtda  orqa  so„rg„ichi  narsadan  ajraladi  va  gavda  bosh  tomonga 

qarab  tortilib,  Umoq  kabi  egiladi.  Shu  tariqa  ular  qadamlab  harakat  qiladi.  Ular 

suzganda butun gavdasi bilan to„lqinsimon harakat qiladi, bunda zuluk tanasining orqa 

va  qorin  tomonlari  bukiladi.  Zuluklarning  haqiqiy  ichki  segmentlari  doimiy  bo„lib, 

ularning soni 33 ta bo„ladi (qildor zuluklar turkumi vakillarida segmentlar soni 30 ta). 

Bunda gavdasining oldingi 4 ta segmenti og„iz so„rg„ichini taslikil qiladi, 22 ta segmenti 

gavda bo„limini va 7 ta oxirgi segmentlari qo„shilib orqa so„rg„ichini hosil qlladi. 

Zuluklar  turli  usulda  ovqatlanishi  munosabati  bilan  ularning  ovqat  hazm  qilish 

sistemasi  bir  qator  xususiyatlari  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Zuluklarning  oldingi 

so„rg„ichi  tubida  ularning  og„zi  joylashgan.  Og„izdan  so„ng  ovqat  hazm  qilish 

organining oldingi bo„liml boshlanadi. Bu bo„lim ektoderma bilan qoplangan bo„lib, u 

og„iz bo„shlig„i, muskulli tomoq va kalta qizilo„ngachdan iborat. 

Xartumli  va  jag„li  zuluklarning  og„iz  bo„shlig„i  va  tomog„i  har  xil  tuzilgan. 

Masalan,  xartumli  zuluklarning  og„iz  bo„shlig„i  orqa  tomonga  qarab  o„sgan  va  xuddi 

qinga  o„xshab  tomoqni  o„rab,  sermuskul  tomoq  xartumchasiga  aylanadi.  Bu 

xartumchalar alohida muskullar vositasida tashqariga chiqarilishi va ichkariga tortilishi 

mumkin. 

Bunday 


zuluklar  xartumlari  bilan  turli  hayvonlarning, 

masalan, 

mollyuskalarning  yupqa  terisini  teshib,  ichiga  kirib,  oziqni  so„rib  ovqatlanadi.  Jag„li 

zuluklarning (tibbiyot zulugi) og„iz bo„shlig„ida esa uchta bo„ylama muskulli valiklari 

bor.  Bu  valiklarning  qirralari  .bip-biriga  qaragan  bo„lib,  jag„  hosil  qiladi.  Qattiq 

xitinlashgan  va  muskulli  jag„larning  ustki  tomonida  o„tkir  arrasimon  tishchalar  bor. 

Zuluklar  ana  shu  jag„lari  bilan  odam  va  hayvonlarning  terisini  jarohatlaydi.  Tibbiyot 

zulugi  shu  xilda  qon  so„rib  ovqatlanadi.  Zuluklarning  tomog„iga  ko„pincha  og„iz 

bo„shlig„ining  chekkasidan  bir  juft  bez  ochilgan.  Bu  bezlar  ishlab  chiqargan  modda 

(so„lak) gemofilin  yoki girudin deyiladi. Girudin  moddasi  odam  qoniga  ta‟sir  etib, uni 

ivib qolishdan saqlaydi. Shu sababli tibbiyot zulugidan tibbiyotda foydalaniladi.  

Qon  so„ruvchi  zuluklarning  jig„ildoni  juda  rivojlangan  bo„lib,  u  tarmoqlanib 

yonbosh juft o„simtalar hosil qiladi. Masalan, tibbiyot zulugi o„rta ichagida 10–11 juft 

yonbosh  o„simtalari  bo„lib,  bu  o„simtalarning  oxirgi  bir  juft  yaxshi  rivojlangan  va  u 

gavdaning  keyingi  uchigacha  cho„ziladi.  Oshqozonning  (o„rta  ichakning)  bu 

o„simtalarida  zaxira  qon  ivimagan  holda  uzoq  vaqt  saqlanadi  va  ichakning  pastki 

bo„limlariga  tushib  turadi  hamda  hazm  bo„ladi.  Zuluklarda  oziq  (qon)  asosan  keyingi 

ichakda  hazm  bo„ladi  va  so„riladi.  Keyingi  ichak  dum  tomonida  joylashgan 

ektoderradan hosil bo„lgan kalta to„g„ri ichakka qo„shiladi va anal teshik bilan keyingi 

so„rg„ichning tepasida ochiladi (92-rasm). 

 


 

 

 



92-rаsm. Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) ning ichki tuzilishi:1-sеrеbrаl gаngliysi; 

2-hаlqumi; 3-qizilo„ngаchi; 4-оshqоzоni; 5-оshqоzоnining оrqа o„simtаsi; 6-o„rtа ichаgi; 7-оrqа 

ichаgi; 8-аnаl tеshigi; 9-оrqа so„rg„ichi; 10-qоrin nеrv zаnjiri gаngliysi; 11-mеtаnеfridiyalаri; 

12-siydik pufаgi; 13-urug„ хаltаsi; 14-urug„ yo„li; 15-mеtаnеfridiyasining kiprikli vоrоnkаlаri; 16-qin; 

17-tuхum хаltаsi ichidа tuхumi bilаn; 18-urug„dоn o„simtаsi; 19-pеnis (urug„ to„kish nаyi); 20-

qo„shimchа bеz; 21-yon lаkuni. 

 

Zuluklar  2–3  yilda  voyaga  yetadi  va  15–20  yil  umr  ko„radi.  Zuluklar  sinfi  2  ta 



kenja  sinfga  bo„linadi:  1.  Qadimgi  zuluklar  (Archihirudinea)  kenja  sinfi;  2.  Haqiqiy 

zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi. 

Qadimgi  zuluklar  kenja  sinfiga  qildor  zuluklar  (Acanthobdella)  turkumi  kiradi. 

Bu turkumga faqat 2 ta tur kirib, ular losos baliqlarida parazitlik qiladi. Tana uzunligi 3 

sm gacha boradigan bu zuluklarda oz qilli halqali chuvalchanglarga xos tashqi belgilari, 

jumladan, bosh tomonidan 2 segmentdan 6 segmentgacha har bir segmentida 4 juftdan 

yirik qilchalari bo„ladi.  





10 

11 


12 

13 


14 

15 


16 

20 


19 

18 


17 

21 






 

Ularning  gavdasi  30  ta  segmentdan  tashkil  topgan.  Tanasining  oldingi  uchida 

og„iz  so„rg„ichi  yo„q,  faqat  dum  tomonida  kichik  orqa  so„rg„ichi  bo„ladi.  Qildor 

zuluklarnmg  asosiy  vakili  Acanthobdella  peledina  asosan  losossimon

 

baliqlarning 



suzgichlariga  yopishib,  ularning  tana  suyuqligi  va  qonini  so„rib  ovqatlanadi.  Ularning 

bosh  qismida  joylashgan  qillari  baliq  tanasiga  yopishishga  xizmat  qiladi.  Qildor 

zuluklarni  rus  zoologi  N.A.  Livanov  har  tomonlama  o„rgangan.  Bu  olimning 

ko„rsatishicha,  qildor  zuluklarning  ichki  organlarida  ham  oz  qilli  halqalilar  va 

zuluklarning  xususiyatlari  saqlangan,  ya‟ni  bularda  ham  ikkilamchi  tana  bo„shlig„i 

mavjud


 

Qildor  zuluklar  Osiyo  va  Yevropaning  shimoliy  qismida,  ayrim  daryo  va  katta 

ko„l  havzalarida  tarqalgan.  Ular  baliqlarda  bahorning  oxiri  va  yoz  oylarining  boshida 

paydo  bo„la  boshlaydi.  Bu  vaqtda  ularning  har  birining  og„irligi  5–10  mg  atrofida 

bo„ladi. Kuz oxiriga kelib, ular voyaga yetadi (og„irligi 200 mg atrofida bo„ladi) va o„z 

xo„jayinlarini tashlab ko„paya boshlaydi. Acanthobdella peledina shimoliy o„lkalarda va 

Sibir  ko„llarida,  Acanthobdella  ivanovi  esa  Karnchatka  ko„llarida  baliqlarda  parazitlik 

qiladi. 


Haqiqiy zuluklar kenja sinfi o„z navbatida 2 ta, ya‟ni xartumli zuluklar va jag„li 

zuluklar turkumlariga bo„linadi. 



Xartumli  zuluklar  (Rhynchobdelida)  turkumiga  kiruvchilar  xartumchaga 

aylangan tomog„i bo„lishi bilan xarakterlanadi. Bu zuluklar turli hayvonlarga, ayniqsa, 

baliqlarga, qushlarga xartumi bilan yopishib, ulardan qon yoki tana suyuqligini so„rib, 

ektoparazitlik bilan hayot kechiradi. 

Odatdagi  oddiy  baliq  zulugi-Piscicola  geometra  deyarli  har  doim  baliqlarda 

parazitlik qiladi. Suv havzalarida ko„pincha chig„anoqli zuluk-klepsina (Glossosiphonia 



complanata) uchraydi (93-rasm).  

 

 

Odatda,  ularning  uzuniigi  3  sm  atrofida  bo„lib,  chuchuk  suv  qorinoyoqli 

mollyuskalarning har xil turlarini (shiliiqlar, g„altaksimonlar va boshqa shilaqqurtlarni) 

tutib  yeydi.  Chig„anoqli  zuluklarda  nasl  uchun  qayg„urish  kuchli  rivojlangan.  Ular 

93-rasm. Zuluklar: A,B-tibbiyot zulugi 

(orqa va qorin tomondan ko

rinishi), D-



klepsina zulugi, E-soxta pillali zuluk 

F-baliq zulugi. 



 

pillalarini  gavdasining  qorin  tomoniga  yopishtirib  oladi  va  bu  vaqtda  ona  zuluk  kam 

harakat  qiladi.  U  biron  o„simiikka  so„rg„ichlari  bilan  yopishib,  gavdasini  tebrantirib 

turadi. Pilladan yosh zulukchalar chiqqanda ham ona zuluk o„z holatini o„zgartirmaydi. 

Odatda, yosh zulukchalar o„z sorgichi bilan onasining qorni tomoniga yopishganicha bir 

necha  kun    qoladi  so„ngra  onasidan  ajralib,  mustaqil  hayot  kechirishga  o„tadi.  Ayrim 

xartumli zuluklarda haqiqiy jabrasi bo„ladi. 

Xartumli  zuluklarning  ayrim  turlari  qushlarda  parazitlik  qlladi.  5  sm  gacha 

keladigan  bu  zuluklar  suvda  suzuvchi  qushlaming  og„iz  bo„shlig„i  va  nafas  yo„llariga 

yopishib,  qon  so„rib  yashaydi.  Ayrim  havzalarda  ular  g„oz,  o„rdak  va  boshqa  xonaki 

qushlarda parazitlik qilib, parrandachilik xo„jaligiga katta zarar yetkazadi. 

Ba‟zi xartumli zuluklar toshbaqa, krab va hatto, odamlarda ham parazitlik qiladi. 

Xarturnli  zuluklar  3  tadan  5  tagacha  pilla  qo„yishi  mumkin.  Bitta  zuluk  65  tadan  611 

tagacha tuxum qo„yadi.  



Jag„li  zuluklar  (Gnathobdella)  turkumiga  kiruvchilarda  og„iz  bo„shlig„ida  jag„ 

apparati bo„lishi bilan xarakterlanadi.  Bu turkumga  kiruvchi zuluklarda  5  juft  ko„z  va 

qo„shilish  organi  bor.  Ular  asosan  qon  so„rib,  ba‟zida  esa  mayda  umurtqasizlar  bilan 

ovqatlanadi. Yirtqich turlarida jag„lari kichrayib ketgan. 

Tibbiyot  zulugi  (Hirudo  medicinalis)  jag„li  zuluklar  turkumining  eng  muhim 

vakillaridan  biri  hisoblanadi.  Uning  og„iz  bo„shlig„ida  3  ta  jag„i  bo„lib,  har  bir  jag„ida 

100  ga  yaqin  xitinli  tishlari  bo„ladi.  25–30  sm  gacha  uzunlikdagi  tibbiyot  zuluklari 

MDHning  janubida,  ya‟ni  Markaziy  Osiyo,  Qozog„iston,  Kavkaz,  Moldaviya  va 

Janubiy  Ukrainaning  turli  suv  havzalarida  ko„plab  uchraydi.  Tibbiyot  zulugi  har  xil 

umurtqali  hayvonlarning  qoni  bilan  ovqatlanadi.  Lekin  uning  asosiy  ozuqa  manbai-

baqalar va sutemizuvchilardan qoramollar hisoblanadi.  

Tabiatda tibbiyot zulugi uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi va bir yilda bir marta 

yoz  oylarida  pilla  qo„yadi.  Laboratoriya  sharoitida  esa  jinsiy  voyaga  yetgan 

zuluklarning 12–18 oy ichida o„stirish mumkin va ular yilning turli fasllarida har 6–8 oy 

ichida pilla qo„yishi mumkin. Tibbiyot zulugining pillasida 15 tadan 30 tagacha tuxum 

bo„ladi.  Bitta  tibbiyot  zulugi  10  sm

3

  qon  so„rishi  va  shundan  so„ng  1,5–2  yil 



ovqatlanmay yashashi mumkin. 

XIX  asr  oxirlarigacha  tibbiyot  zulugi  xalq  tabobatida  turli  kasalliklarni,  ya‟ni 

ko„zning  ichki  bosimini  ortib  ketishiga  aloqador  ko„z  kasalliklarini  (glaukoma)  davo 

qilishda,  miyaga  qon  quyilganida,  gipertoniyada,  yomon  yaralar  chiqqanida  ko„p 

qo„llanilgan. Masalan, 1940-yillarda Fransiyada yiliga 25 mln. dona tibbiyot zulugidan 

tabobatda  foydalanishgan.  Hozirgi  paytda  ham  tibbiyot  zulugidan  tabobatda  ayrim 

kasalliklarga  qarshi,  ya‟ni  qon  bosimini  pasaytirish  maqsadida  keng  qo„llaniladi. 

Shuning  uchun  ham  tibbiyot  zulugini  faqat  tabiiy  suv  havzalaridangina  ushlash  bilan 

qanoatlanmasdan,  balki  ular  alohida  pitomniklarda  ham  k

O

„paytirilmoqda.  Jag„li 



zuluklarga  tibbiyot  zulugidan  tashqari  soxta  ot  zulugi  (Haemopis  sanguisuga)  ham 

kiradi.  

Uning jag„lari kuchsiz rivojlangan. Soxta ot zulugi odam va sutemizuvchilarning 

terisini  tishlay  olmaydi.  U  yirtqichlik  bilan  hayot  kechirib,  asosan  chuvalchanglar, 

mollyuskalar, itbaliqlar bilan ovqatlanadi. Bu tur zuluklar o„z pillalarini qirg„oqqa, suv 

betidan yuqoriroqqa ko„mib qo„yadi. U Markaziy Osiyoning tog„li hududlaridagi tiniq 

suvli ko„1 va soylarda uchraydi. 


 

Jag„li  zuluklarga  Nil  zulugi  yoki  ot  zulugi  (Limnatis  nilotica)  ham  kiradi.  Bu 

zararli  zuluk  Afrikada,  Janubi  sharqiy  Yevropada,  Markaziy  Osiyo  va  Kavkazda ko„p 

tarqalgan.  Shu  avlod  zuluklardan  Limnatis  turkestanica  degan  turi  Markaziy  Osiyoda 

(Ashxobod, Samarqand va Toshkent atrofida) uchraydi. Bu zuluklar ot yoki mollar suv 

ichayotgan vaqtida ularning og„iz bo„shlig„i yoki halqumiga o„tib, yopishib qon so„radi 

va  hayvonlarga  katta  zarar  yetkazadi.  Kuzatishlardan  ma‟lum  bo„lishicha,  Markaziy 

Osiyoda 30 % gacha chorva mollari ushbu zuluklar bilan zararlanadi. 

Odam hovuzdan cho„kkalab suv ichganida ba‟zan suv bilan odamning halqumiga 

yoki  qizilo„ngachiga  ot  zulugi  o„tib  yopishadi  va  qon  so„radi.  Ular  girudin  moddasi 

ishlab chiqarib, uzoq muddat qon oqib turishiga sababchi bo„ladi. Umuman, bu zuluklar 

odamning  burun  bo„shlig„ida,  traxeyasida  ham  parazitlik  qilganligi  fanga  ma‟lum. 

Ularning, ayniqsa, traxeyaga kirib qolishi xavflidir. Zuluklar qon so„rgan sayin shishib 

kattalasha  boradi  va  odamning  bo„g„ilib  qolishiga  sabab  bo„ladi.  Bunday  paytda 

zuluklar jarrohlik yo„li bilan olib tashlanadi yoki 10 % li osh tuzining kuchli eritmasiga 

tomoqni  chayqash  yo„li  bilan  tushiriladi.  Ot  zulugining  jag„lari  juda  kichkina,  rangi 

sarg„ish, och-zangori tusda,  yon tomonida sarg„ish-qizil yo„li bor, dum so„rg„ichi juda 

katta. 


Jag„li  zuluklar  turkumiga  yana  tropik  nam  o„rmonlarida,  quruqlikda  yashovchi 

qonxo„r  jag„li  zuluk-Haemodipsa  ceylonica turi  ham  kiradi.  Ular,  ayniqsa,  Avstraliya, 

Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. 3-4 sm li bu 

zuluklar daraxtga yopishgan holda odam va hayvon o„tishini poylaydi hamda ko„pincha 

ularga tashlanib, qonini so„rib azob beradi. 

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.

 



Zuluklarning  ektoparazitlik  qilib  hayot    kechirishi  munosabati  bilan  ularning 

tuzilishidagi o„ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.  

2.

 

Zuluklarning ko„payishi va rivojlanishi haqida ma‟lumot bering. 



3.

 

Zuluklar  sinfining  sistematikasi  va    ayrim  vakillarining  mahsuldor 



hayvonlarga keltiradigan zarari haqida gapiring.  

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazit  mollyuskalar  to„g„risida 

ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1. Parazit mollyuskalar to„g„risida ma‟lumot bera oladi.  



 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

Mollyuskalar  (Mollusca)  tipiga  115  mingdan  ortiq  tur  kiradi  va  ular  7  ta  sinfga 

bo„linadi. Mollyuskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib hayot kechiradi.  Ular 

asosan  ikki  pallali  (Bivalyia)  va  qorinoyoqlilar  (Gastropoda)  sinflari  ichida  uchraydi. 

Qorinoyoqlilar  sinfning  ayrim  vakillari  har  xil  parazit  chuvalchanglarning,  birinchi 

navbatda,  so„rg„ichlilar  sinfi  vakillarining  oraliq  xo„jayinlari hisoblanadi.  Shuningdek, 

ular ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar vakillarining ham oraliq xo„jayinlari sifatida 

qatnashadi. 

Ikki  pallali  mollyuskalardan  chuchuk  suv  marvariddorlari  (Margaritifera)  va 

tishsizlarning (Anodonta) lichinkalari baliqlarda parazitlik qilib yashaydi (94-rasm).  

Tishsizlar  ayrim  jinsli  bo„lib,  tashqi  ko„rinishidan  erkagi  urg„ochisidan  farq 

qilmaydi. Urg„ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra yaproqchalari oralig„iga qo„yadi. 



 

Erkaklarining  spermatozoidlari  esa  suvga  chiqariladi  va  kirish  sifonlari  orqali 

urg„ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari orasida urug„lanib, bir necha 

kundan keyin undan gloxidiy deb ataluvchl lichinka chiqadi. 

 

 

94-rasm. A-tishsiz (Anodonta) ning tashqi ko„rinishi: 1-oldingi qirrasi; 2-qorin qirrasi; 3-orqa 

qirrasi; 4-yelka qirrasi; 5-chig„anoq cho„qqisi; 6-chig„anoqni qo„shuvchi tashqi paylar. B-tishsizning 

gloxidiy lichinkasi: 1-lichinka chig„anog„i; 2-chig„anoqni yopuvchi muskul; 3-chig„anoq tishchalari; 

4-sezgir tukchalar to„plami; 5-bissus bezlari.  



 

Lichinkaning  ikki  pallali  chig„anog„i  qirralari  tishchali  bo„ladi.  Bunday 

lichinkalar  erta  bahorda  ona  organizmidan  suvga  chiqadi  va  biroz  harakatlanib,  keyin 

chig„anoqlarini  tishchalari  va  yopishqoq  bissus  ipchalari  yordamida  turli  baliqlarning 

jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda hayot kechira boshlaydi. Natijada 

zararlangan  baliqlar  tanasida  shishlar  paydo  bo„ladi.  Terisining  ostida  gloxidiylar  bir-

ikki  oy  davomida  parazitlik  qilib  rivojlanadi  va  asta-sekin  kichik  tishsizga  – 

baqachanoqqa aylanadi.  

Keyinchalik baliqning terisini yorib, suv tubiga cho„kib mustaqil hayot kechiradi. 

Gloxidiylar,  ayniqsa,  baliqlarning  jabra  to„qimalarida  parazitlik  qilib,  ularning  nafas 

olishini  qiyinlashtiradi  va  natijada  ko„pIab  baliqlar  nobud  bo„ladi.  Qorinoyoqli 

mollyuskalar ichida ham ayrim turlari ninaterililar tipi vakillarida parazitlik qiladi.  



 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Baliqlarda parazitlik qiladigan mollyuskalar haqida ma‟lumot bering.  



3-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazit  bo„g„imoyoqlilarning 

umumiy  tavsifi  va  sistematikasi  hamda  parazit  qisqichbaqasimonlar  to„g„risida 

ma‟lumotlar berish.  

Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1. Parazit  bo„g„imoyoqlilarning umumiy tavsifi va    sistematikasi hamda parazit  

qisqichbaqasimonlar to„g„risida ma‟lumotlar bera oladi.  

 

Uchinchi sаvоlning bаyоni:  













 

Bo„g„imoyoqlilar  (Arthropoda)  tipi  hayvonot  olamida  turlarining  ko„pligi 

jihatidan birinchi o„rinda turadi. Ayni vaqtda, ularning 1,5 mln. dan ortiq turlari fanga 

ma‟lum  Bo„g„imoyoqlilar  evolutsiya  taraqqiyoti  jarayonida  turli  muhit  sharoitda 

yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Ular dengiz va okeanlarda, chuchuk suv 

havzalarida,  tuproq  ustida  va  ostida,  havoda  yashaydi.  Bir  qancha  turlari  esa  odam  va 

hayvonlarda parazitlik qiladi.  

Hamma  bo„g„imoyo„qlilar  ikki  yonlama  simmеtriyali,  tanasi  va  oyo„qlari 

bo„g„imlarga  bo„lingan.  Gavdasi  pishiq  xitin  kutikula  bilan  qoplangan.  Kutikula  ichki 

organlarni  himoya  qilish  va  tashqi  tayanch-skеlеt  vazifasini  bajaradi.  Tana  bo„shlig„i 

embrional  rivojlanish  davrida  birlamchi  va  ikkilamchi  tana  bo„shliqlarining  birga 

qo„shilib kеtishidan hosil bo„lgan bo„lib, aralash tana bo„shlig„i dеyiladi. Markaziy nеrv 

sistеmasi  halqali  chuvalchanglarnikiga  o„xshash  tuzilgan.  Suvda  yashovchi 

bo„g„imoyo„qlilar jabralar, quruqlikda yashovchilari esa traxеya yoki o„pka yordamida 

nafas  oladi.  Bo„g„imoyo„qlilarning  qon  aylanish  sistеmasi  ochiq  bo„lib,  yurakdan 

chiqqan qon tomirlari tana bo„shlig„iga ochiladi.  

Bo„g„imoyoqlilar tipi orasida parazitlari asosan, hasharotlar, o„rgimchaksimonlar 

va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari orasida uchraydi.  

Odam  va  hayvonlar  sog„lig„iga  zarar  keltiradigan  bo„g„imoyoqlilarni  tibbiy  va 

veterinar  entomologiya  o„rganadi.  Parazit  bo„g„im-oyoqlilar  infeksion  va  invazion 

kasalliklarni  tashiydi,  ayrimlari  gelmintlarni  oraliq  va  asosiy  xo„jayinlari  bo„lib 

hisoblanadi, boshqalari esa miazlarni keltirib chiqaradi.  

Parazit bo„g„imoyoqlilarning keltiradigan zararlari turlicha:  



Birinchidan,  bular  qon  so„ruvchilar  (gnus),  ya‟ni  odam  va  hayvonlarning  qonini 

so„rib  bezovta  qiladi.  Ularning  ko„payishi  uy  hayvonlarini  tabiatda  boqishda 

qiyinchiliklar  tug„diradi.  Bularni  hujumi  tufayli  odamlar  tabiatda  maxsus  himoya 

vositalarisiz ishlay olmaydi.  



Ikkinchidan,  bular  infeksion  va  invazion  kasalliklarni  qo„zg„atuvchilarini  tez 

yuqtirib, o„zlarida uzoq vaqt saqlash xususiyatiga ega.  



Uchinchidan,  parazit  bo„g„imoyoqlilar  turli  xavfli  kasallik  qo„zg„atuvchilarini 

tashuvchilar hisoblanadi.  

O„rgimchaksimonlardan  kanalar  turkumi  vakillarini  ko„pchiligi  parazit  holda 

hayot kechiradi. Hasharotlar sinfi orasida qandalalar, ikki qanotlilar turkumlarining bir 

qancha  turlari  parazit  bo„lsa,  bitlar,  parxo„rlar,  burgalar  turkumlari  vakillari  to„laqonli 

parazitlar  hisoblanadi.  Ko„pchilik  bo„g„imoyoqlilar  odamlarda  parazitlik  qilib, 

odamlarga esa asosan, umurtqali hayvonlardan o„tadi. Ayrim bo„g„imoyoqlilar odam va 

hayvonlar  uchun  umumiy  parazitlar  hisoblanadi  (bitlar,  burgalar).  Issiq  qonlilar 

parazitlari  parazitizm  darajasi,  xo„jayin  tanasidagi  joyi,  xo„jayin  bilan  bog„lanish 

darajasi va boshqa bir qator belgilar bilan bir-biridan farqlanadi.  

Parazitlarni  xo„jayinlari  bilan  bog„lanish  darajasiga  qarab,  obligat,  fakultativ  va 

tasodifiy parazitlar farqlanadi. 

Obligat  parazitlar    haqiqiy  parazitlar  hisoblanadi.  Bularga  bitlarni  misol  qilib 

keltirish mumkin. Fakultativ parazitlarga  ko„k yashil va go„sht pashshalari kiradi, ular 

tuxumlarini  ham  axlatga,  ham  hayvonlarning  turli  jarohatlangan  joylariga  qo„yadi 

(lichinkalari ham nekrofag, ham parazit).  



 

Tasodifiy parazitlarga, asosan erkin yashovchi hasharotlar kirib, tasodifan boshqa 

organizmlarga  tushib  qolishi  (turli  erkin  yashaydigan  hasharot  lichinkalari,  tuxumlari) 

mumkin. 


Parazit  bo„g„imoyoqlilarni  xo„jayin  tanasida  tarqalishiga  qarab,  ektoparazitlar 

(qandalalar,  bitlar,  burgalar,  kanalar)  va  endoparazitlar  (tana  ichi  parazitlari)ga  bo„lib 

o„rganiladi. Endoparazitlarni bir nechta tarmoqlarga bo„lish mumkin:  

-teri ichi parazitlari (qichima kanalari); 

-tana  bo„shlig„i  parazitlari  (tashqi  burun,  quloq  bo„shlig„i,  bo„shliq  bo„kalari 

lichinkalari); 

-ichak parazitlari (oshqozon  ichak bo„kalari); 

-to„qima ichi parazitlari (Volfart pashshasi). 

Bo„g„imoyoqlilar xo„jayinlari bilan bog„lanishlari  ham turlicha. Trofik, topik va 

forik bog„lanishlar.  

Trofik  bog„lanish:  oziqlanishi  fitofagiya  o„simliklar  bilan  oziqlanuvchilar 

(kapalak qurtlari va boshqalar). 

Gemotafag-qon  bilan  oziqlanuvchilar  (kana,  bit,  burga,  qandala,  qon  so„ruvchi 

ikki qanotlilar).  

Kerotofag-shox  moddalari(tuklar,  sochlar,  yog„och  mahsulotlari)  hisobiga 

oziqlanuvchilar (parxo„rlar, kanalar, po„stxo„rlar).  

Nektarofag-gul  shirasi  bilan  oziqlanadi  (ayrim  ikki  qanotlilar,  kapalaklar  va 

boshqalar).  

Nekrofag-tirik  organizmlarning  o„lik  qoldiqlari  hisobiga  oziqlanish  (go„sht 

pashshalarini lichinkalari).  

Koprofag-ekskrementlar  hisobiga  oziqlanadi  (ayrim  pashsha  lichinkalari,  go„ng 

qo„ng„izlari va boshqalar). 

Parazitlar  xo„jayinlari  bilan  bog„lanish  vaqtiga  qarab,  doimiy  va  vaqtinchalik 

parazitlarga bo„linadi. Doimiy parazitlar xo„jayinni tark etmaydi (bitlar, qo„tir kanalari 

va  boshqalar).  Vaqtinchalik  parazitlar  xo„jayiniga  faqat  oziqlanish  vaqtida  tashlanadi 

(chivinlar, pashshalar, so‟nalar, ayrim kanalar va boshqalar). 

Bo„g„imoyoqlilar  hayot  jarayoniga  qarab,  butun  hayoti  davomida  parazitlik 

qiluvchilarga  va  fazali  parazitlarga  ajratiladi.  Qandalalar,  bitlar,  ayrim  kanalar  butun 

hayoti  davomida  parazitlik  qiladi.  Chivinlar,  moshkalar  voyaga  yetganda  qon  so„radi. 

Volfart pashshalarini lichinkalik davri parazit. Bular fazali parazitlar hisoblanadi. 

Agar  parazit  faqat  bitta  xo„jayinni  qonini  so„rsa  monofag  (bir  xo„jayinli), 

xo„jayinlar  doirasi  keng  bo„lsa  polifag  (ko„p  xo„jayinli)  deyiladi.  Agar  xo„jayinlar 

doirasi chegaralangan bo„lsa oligofag (bir nechta xo„jayinli) hisoblanadi. 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin