Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49

 

98-rаsm. It kаnаsi (Ixodes ricinus): А vа B-urg„оchi оch kаnа: оrqа (А) vа qоrin tоmоnidаn  

(B) ko„rinishi. V- qоngа to„ygаn kаnа; G-qоn so„rib to„ygаn it kаnаsining ichki tuzilishi: 1-

хаrtumchаsi; 2-so„lаk bеzlаri; 3-mаl pigiy tоmirlаri,; 4-trахеyalаri; 5-tuхumdоni; 6-miyasi; 

7-qizilo„ngаchi; 8-o„rtа ichаgi; 9-o„rtа ichаkning ko„r o„simtаlаri; D-lichinkаsi qоrin tоmоnidаn 

ko„rinishi; Е-nimfаsi qоrin tоmоnidаn ko„rinishi; J-urg„оchi it kаnаsining хаrtumchаsi:  

1-gipоsоm; 2-хеlitsеrаsining охirgi bo„g„imi; 3-pеdipаlpаsi.  

 

Ayrim  kanalarning  erkaklarida  haqiqiy  kopulyativ  organi  bo„ladi.  Ko„pchilik 



hollarda urg„ochi kana spermatofor yordamida urug„lanadi.  

Kanalar metamorfoz yo„li bilan rivojlanadi, ya‟ni tuxumdan 4 juft o„rniga atigi 3 

juft yurish oyoqlari bo„lgan lichinka chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab 4 juft oyoqli 

nimfa  davriga  o„tadi.  Ayrim  vakillarining  bir  nechta  nimfa  davri  bo„lishi  mumkin. 

Nimfa 1-3 marta po„st tashlab, jinsiy yetuk kanaga, ya‟ni imagoga aylanadi. 


 

Kanalar  6  oydan  25  yilgacha  yashaydi.  Kanalarning  800  dan  ortiq  turi 

o„simliklarda  parazitlik  qiladi,  50  dan  ortiq  turi  esa  odam  va  sut  emizuvchilarda 

parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglarning oraliq xo„jayinlari hisoblanadi. 

Kanalar  vujudga  keltirgan  yaralar  orqali  har  xil  mikroblar  organizmga  kirib, 

boshqa  kasalliklarni  ham  keltirib  chiqaradi.  Kanalar  qon  so„rish  bilan  birga  odamlar 

uchun xavfli bo„lgan toshmali va qaytalama terlama, kana ensefaliti, tulyaremiya; yirik 

shoxli  mollarda  uchraydigan  babezioz,  teylerioz  va  piroplazmoz  kasalliklarini 

qo„zg„atuvchilarini tarqatadi.  

Ayniqsa,  chorva  mollari  va  parrandalar  kanalardan  ko„p  zarar  ko„radi,  ularning 

mahsuldorligi  keskin  pasayib  ketadi,  rivojlanishdan  orqada  qoladi,  yosh  mollar 

ko„pincha nobud bo„ladi.  

Kanalarning hajmi 0,1 mm dan 13 mm gacha bo„ladi. Qon so„ruvchi kanalar-ning 

qon so„rib to„ygan paytida 30 mm gacha yetadi. 

Kanalar  orasida  erkin  yashaydiganlari,  yirtqichlari  va  parazitlari  mavjud.  Ular 

oziqlanishiga qarab saprofit, fitofag, entomofag, yirtqich va gematofaglar (parazitlar) ga 

bo„linadi. Parazitlari odam va hayvonlarni qonini yoki o„simliklar shirasini so„rib, katta 

zarar  yetkazadi.  Shuning  uchun  kanalarni  o„rganishga  katta  e‟tibor  berilgan  va  ayni 

vaqtda ham har tomonlama o„rganilmoqda. 

Ko„pchilik  zooologlar  kanalarni  3  ta,  ya‟ni  parazitoformli  kanalar 



(Parasitiformes),  akariformli  kanalar  (Acariformes)  va  pichano„rar  kanalar 

(Opilioacarina) turkumlariga bo„ladi.  

1.  Parazitoformli  kanalar  turkumiga  15  mingdan  ortiq  tur  kiradi  va  bu  turkum: 

Mezostigmatalar (Mesostigmata) va Iksodeslar (Ixodides) kenja turkumlariga bo„linadi.  

2. Akariformli kanalar turkumiga 40 mingdan ortiq tur kirib, ular ham 2 ta kenja 

turkumga, y‟ni 1. Sarkoptiformli kanalar (Sarcoptiformesva 2. Trombidiformli kanalar 

(Trombidiformes) kenja turkumlariga ajratiladi.  

3. Pichano„rar kanalar turkumiga bir nechta tur kirib, ular juda mayda, kattaligi 1 

mm atrofida bo„ladi.  

Yuqorida  keltirlgan  3  ta  turkum  kanalardan,  mahsuldor  hayvonlarda  va 

odamlarda  asosan,  parazitofarmli  kanalar  turkumiga  kiruvchi  iksodoidlar  va 

gamazoidlar  katta  oilalarining  vakillari  ko„plab  parazitlik  qiladi  va  har  xil  og„ir 

kasalliklarni tarqatadi.  

Iksodoidlar  (Ixodidea)  katta  oilasi  o„z  navbatida  iksod  kanalari  (Ixodidae), 

argas kanalari (Argasidae) va dermanisidlar (Dermanyssidae) oilalariga bo„linadi. 



Iksod  kanalari  (Ixodidae)  oilasi  vakillari  eng  yirik  kanalar  hisoblanib,  jinsiy 

voyaga yetganlarining kattaligi 4–5 mm dan 2–3 sm gacha boradi. Tanasi bo„g„imlarga 

bo„linmagan.  Iksod  kanalari  oilasiga  6  ta  avlod  (Boophilus,  Dermacentor, 

Haemaphisalis, Hyalomma, Ixodes, Rhipicephalus) va 700 dan ortiq tur kiradi.  

Oziqlanish darajasiga ko„ra, ularning katta-kichikligi, gavdasining shakli va rangi 

o„zgarib  turadi.  Och  kanalar  yassi  va  uzunchoq,  oval  shaklida,  ranglari  esa  och  sariq, 

sariq-qo„ng„ir, qoramtir va hatto qora tusli bo„ladi. Qon so„rib to„ygan urg„ochi kanalar 

esa kulrang va och sariq tusga kiradi. 

Tanasining  ustki  qismi  xitin  qoplag„ich  bilan  qoplangan.  Mazkur  qoplag„ich 

erkagining tanasini ustki tomondan boshdan-oyoq qoplagan bo„lib, u dorzal qalqoncha 


 

deyiladi. Urg„ochilarida qalqoncha tananing faqat oldingi uchini qoplab turadi. Shunga 

qarab, erkak kanalarni urg„ochilaridan farq qilish mumkin. 

Iksod  kanalarning  gavdasi  ikki  qismdan:  xartumli  «boshcha  –  gnatosoma  va 

haqiqiy tana – idiosomalardan iborat. Gnatosoma haqiqiy tanaga terminal tutashgan va 

oldingi tomonga turtib chiqib turadi. Xartumning tarkibiy qismiga gipostom, xelitseralar 

va boshqa bo„g„imli pedipalpalar kiradi. Gipostom pastki jag„dan iborat bo„lib, xartum 

asosining  o„rta  qismidan  oldinga  qarab  yo„nalgan.  Uning  yuzasi  orqaga  qayrilgan 

tishchalar bilan qoplangan. Gipostomning o„tkir tomoni xelitseralar bilan birga xo„jayin 

tanasini  teshishda  ishtirok  etadi.  Xelitseralar  gipostomning  uchida  joylashgan. 

Xelitseralar yordamida kana o„z xo„jayinining terisida jarohat hosil qiladi. Pedipalpalar 

sezish organlari vazifasini bajaradi. Kanalar u bilan xo„jayinining teri ustini paypaslab, 

xartumini qadaydigan joyni tanlaydi. 

Idiosomada  4  juft  olti  bo„g„imli  oyoqlar  joylashgan.  Har  bir  oyog„ining  oxirgi 

bo„g„imida qayrilgan bir juft o„tkir tirnog„i bor, ularning asosida esa so„rish yostiqchasi 

joylashgan.  Qorin  tomonida  uchinchi  juft  oyog„i  bilan  bir  qatorda  ko„ndalang  jinsiy 

teshigi  joylashgan  bo„ladi.  To„rtinchi  juft  oyoqlarining  asosidan  har  ikki  tomonga 

stigma – nafas olish teshigi ochiladi. 

Ko„pgina iksod kanalarda ko„zlari bo„ladi. Shuningdek, ularda maxsus hid bilish 

va eshitish organlari ham mavjud. 

Iksod  kanalarining  individual  rivojlanishi  bir  necha  davrdan  iborat:  tuxum, 

lichinka, nimfa va imago. Har bir rivojlanish davridagi kanalar  morfologik tuzilishi va 

biologik xususiyatlariga qarab tubdan farq qiladi. 

Iksod kanalari ayrim jinsli. Ular tuxum qo„yib ko„payadi. Bitta urg„ochi kana 3-4 

mingdan 10-17 mingtagacha tuxum qo„yadi. Tuxumlari mayda, ko„pincha oval shaklida 

va sariq tusli bo„Iadi. Iksod kanalarning tuxum qo„yish faolligi va urg„ochilarining qon 

so„rishi  tashqi  muhit  omillari  bilan  bevosita  bog„liq.  Faqat  qon  bilan  oziqlangandan 

keyingina tuxum qo„yadi. Urg„ochi kana urug„lanib, xo„jayin qonini so„rib to„ygandan 

keyin  yerga  tushib,  tuxumlarini  tuproqqa  qo„yadi.  Iksod  kanalarining  urg„ochilari 

hayotida  bir  marta  tuxum  qo„yadi  va  keyin  halok  bo„ladi.  Tuxumdan  juda  mayda  olti 

oyoqli  lichinkalar  chiqadi.  U  xo„jayiniga  yopishib,  qonini  so„rib  tullaydi  va  tashqi 

ko„rinishi ona kanaga o„xshagan 8 oyoqli nimfaga aylanadi. Voyaga yetmagan lichinka 

hamda nimfaning jinsiy teshigi, lichinkalarning esa nafas olish organlari bo„lmaydi, ular 

butun tanasi yuzasi orqali nafas oladi. Nimfa davrida esa tanasining ikki yon tomonidagi 

4 juft oyoqlarining yonida joylashgan stigma bilan tugovchi traxeya orqali nafas oladi. 

Nimfalar  ma‟Ium  vaqtdaii  keyin  oziqlanib  to„ygach,  yana  tullaydi  va  jinsiy  voyaga 

yetgan  kanalarga  aylanadi.  Rivojlanish  sikli  turli  kanalarda  bir  necha  oydan  3–4 

yilgacha  davom  etadi.  Kanalar  lichinka  va  nimfa  davrlarida  ko„pincha  mayda 

kemiruvchilar,  hasharotxo„rlar,  qushlar  va  sudralib  yuruvchilar  hisobiga  yashaydi. 

Jinsiy voyaga yetgan davrida esa yirik hayvonlar, ya‟ni har xil uy va yovvoyi tuyoqlilar, 

it,  tulki  va  quyonlaring  qoni  bilan  oziqlanadi.  Kanalar  har  gal  tullagandan  keyin, 

xo„jayinining qonini so„radi, shu vaqtda kana gavdasini qoplab olgan xitin bir muncha 

qattiqlashadi. 

Ayrim lichinkalar, och qolgan nimfa va imagolar o„tlarga yopishib harakat qiladi. 

Ular orqa oyoqlari bilan o„tlarga yopishib oladi va oldingi bir juft oyoqlarini yuqoriga 

ko„tarib,  tebranib  turadi.  Kanalar  eshitish  organlari  yordamida  o„z  xo„jayini 



 

yaqinlashayotganini  sezadi  va  unga  tashlanadi.  Bunda  u  oyoqlari  yordamida  teriga 

yopishib, xartumi bilan terini teshadi. 

Kanalarda o„z xo„jayinining qonini so„rish muddati, ularning rivojlanishiga qarab 

3–10 kun davom etadi, Erkak kanalar urg„ochilariga qaraganda kamroq qon so„radi.  

Kanalar  rivojlanish  davrida  xilma-xil  tabiiy  sharoitda  yashab  qishlashi  mumkin. 

Kuzda qo„ygan tuxumlari qishlaydi, ulardan kelgusi yil bahorda lichinka chiqadi. Ayrim 

tur  kanalar  jinsiy  voyaga  yetganda,  xo„jayini  tanasida  qishlaydi  va  shu  organizmda 

rivojlanadi.  Erkak  kanalar  urg„ochilariga  qaraganda  xo„jayini  tanasida  uzoq  yashaydi. 

Odatda,  erkak  kanalar  bir  joydan  ikkinchi  joyga  o„tib,  urg„ochi  kanalarni  izlaydi  va 

ularni topib urug„antiradi. 

Kanalar rivojlanishi va oziqlanishiga ko„ra bir, ikki va uch xo„jayinli bo„ladi. 

Bir xo„jayinli kanalar rivojlanishining hamma fazalarini yerga tushmasdan, faqat 

o„z xo„jayini tanasida o„tkazadi. 

Bir xo„jayinli kanalarga Boophilus calcaratus, Hyalomma scupense va boshqalar 

kiradi (99-rasm).  

 

 

Ikki  xo„jayinli  kanalar  birinchi  xo„jayiniga  lichinkalik  davrida  o„tadi.  Uning 



tanasida  tullab,  nimfaga  aylanadi.  Nitnfa  qon  so„rib  to„ygandan  keyin,  yerga  tushib 

tullaydi, so„ngra imagoga aylanadi. Imago oziqlanish uchun ikkinchi xo„jayinga hujum 

qilib, qonga to„ygandan keyin yerga tushadi.  

Ikki xo„jayinli kanalarga Rhipicephalus bursa, Hyalomma plumbeum, Hyalomma 



detritum va boshqalar kiradi (100-rasm).  

 

99-rasm. Bir xo„jayinli kananing rivojlanish sikli: 

1-jinsiy voyaga yetgan kana; 2-tuxumlar; 

3-lichinka; 4-nimfa. 

 


 

 

 



Uch  xo„jayinli  kanalar  uch  turdagi  hayvon  organizmini  almashtiradi.  Birinchi 

xo„jayinga  lichinkalik  davrida  o„tib,  qonini  so„rib  to„ygandan  so„ng  yerga  tushadi, 

tullaydi va nimfaga aylanadi. Nimfa  ikkinchi xo„jayinga o„rmalab o„tadi, uning  qonini 

so„rib,  yerga  tushib  tullaydi  va  imagoga  aylanadi.  Imago  uchinchi  xo„jayinga  hujum 

qilib, uning qonini so„radi, so„ngra tuxum qo„yish uchun yerga tushadi.  

Bunday  kanalarga  Ixodes,  Haemaphysalis,  Dermacentor  urug‘lari  va 



Rhipicephalus turanicus, Hyalomma anatolicum turlari kiradi (101-rasm).  

 

 



 

101-rasm. Uch xo„jayinli kanalarning rivojlanish sikli: 

      1-imogosi; 2-tuxum qo„yishi; 3-lichinkasi; 4-nimfasi. 

 

Bir  yoki  ikki  xo„jayinli  kanalaraing  lichinka  va  nimfalari  mayda  yovvoyi 



sutemizuvchilar, parrandalar va sudralib  yuruvchilar  hisobiga  yashaydi. Imago  davrida 

esa yirik uy va yovvoyi hayvonlarning qonini so„rib oziqlanadi.  

Iksod  kanalarida  rivojlanish  sikli  ancha  mukammalashgan,  ular  bir  rivojlanish 

davridan  ikkinchisiga  o„tganda  1  marta  tullaydi.  Shuningdek,  evolutsion  taraqqiyot 



100-rasm. Ikki xo„jayinli kananing rivojlanish sikli:  

1-jinsiy voyaga yetgan kana (imago); 2-lichinka; 3-nimfa. 



 

jarayonida  ular  ko„p  xo„jayinlilikdan  bir  xo„jayinlilikka  o„tgan,  chunki  ko„p 

xo„jayinlilik kanalarning yashashi uchun noqulay bo„lgan. 

Iksod kanalari chorva mollariga va odamlarga bir qancha og„ir kasalliklarni, ya‟ni 

tayga ensefaliti, toshmali tif, tulyaremiya, gemorragik isitma, piroplazmoz, babezioz, 

anaplazmoz, teylerioz va boshqa ko„plab kasalliklarni yuqtiradi.  



Mol kanasi (Ixodes ricinusimago davrida qoramol, ot, qo„y, echki, bug„u, tulki, 

it, bo„ri, quyon va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Lichinka va nimfa davrida esa 

asosan  sichqonsimon  kemiruvchilar,  tipratikan,  sudralib  yuruvchilar  va  parrandalarda 

parazitlik  qiladi.  Bu  kanalar  imago  va  nimfa  davrida  ham  odamga  hujum  qilishi 

mumkin. Mol kanasi asosan Yevropa va Osiyodagi o„rmon mintaqalarida tarqalgan.  

Mol  kanasining  tanasi  oval  shaklda,  tusi  jigarrangda  bo„ladi.  Erkagining  tanasi 

ustki  tomondan  yaxlit  qalin  xitinli  plastinka  -  dorzal  qalqoncha  bilan  qoplangan. 

Urg„ochisida  qalqoncha  tananing  faqat  old  qismini  qoplab  turadi.  Yetilgan  mol 

kanasining boshko„krak va qorin qismi bir-biriga bevosita qo„shilib ketgan, To„yib qon 

so„rgan  kanalarning  tanasi  hajmiga  kattalashishidan  tashqari  tashqi  ko„rinishi  „ham 

o„zgaradi. To„ygan kana tanasining uzunligi 11-12 mm, eni 6-7 mm kelgani holda, och 

kananing  uzunligi  2-2,5  mm,  eni  1-1,5  mm  bo„ladi.  Tanasining  oldingi  uchida  bo„rtib 

chiqqan «boshchasi» ham bo„ladi. Mol kanasida jinsiy dimorfizm juda yaqqol ko„rinadi. 

Urg„ochisi  och  rangli,  uning  dorzal  qalqonchasi  tanasining  oldingi  qisminigina 

qoplaydi. Mol kanasi birmuncha sovuqqa chidamli (-20°C), hamma rivoj-lanish fazalari 

tabiiy  muhitda  o„tadi.  Bu  kananing  tabiiy  rivojlanish  sikli  4  yilgacha  boradi.  Ular 

rivojlanish davrida 2 yilgacha ochlikka chiday oladi. Mol kanasining rivojlanishi uchta 

xo„jayinda ketadi.  



Tayga  kanasi  (Ixodes  persulcatus)  tana  tuzilishi  jihatdan  mol  kanasiga  yaqin 

turadi.  Tayga  kanasi  ham  uch  xo„jayinli.  To„ygan  va  urug„langan  urg„ochi  kanalar 

o„rmonlardagi  yerga  to„kilgan  barglar  orasiga  kirib  tuxum  qo„yadi.  Taygada  odamga 

ham  hujum  qiladi.  Yosh  kanalar  mayda  sutemizuvchilar  va  parrandalarda  parazitlik 

qiladi. Tayga kanasining kattaligi 2,5-4 mm keladi. 

Tayga kanasi kana ensefaliti qo„zg„atuvchisini tarqatadi. Bu kana Kamchatkadan 

Janubiy  Sibir  o„rmonlarigacha  tarqalgan.  Ensefalit  kasalligi  kanalar  orqali  yovvoyi 

hayvonlardan odamga yuqishini akademik Ye.N. Pavlovskiy va L.A. Zilber 1930- yilda 

aniqlagan.  Kana  ensefaliti  odamda  juda  og„ir  o„tib,  o„limga  olib  keladi  yoki  tana 

qismlarining  falajlanishiga  sabab  bo„ladi.  Kana  taygadagi  sutemizuvchilar  va 

parrandalardan  virusni  o„ziga  yuqtiradi.  Virus  kana  tanasida  uzoq  vaqt  saqlanadi  va 

nasldan-naslga  o„tadi.  Tayga  kanasidan  saqlanish  uchun  odamlar  tayga  hududlariga 

borganda uzun etik, kombinzon kiyib, yeng uchlarini rezinka tasma bilan bog„laydilar. 

Badanga kanalarga qarshi surtmalar surtiladi. 



Dermatsentorlar  (Dermacentor  pictus)  urug„ining  MDH  da  10  dan  ortiq  turi 

uchraydi. Ular G„arbiy Sibirda keng tarqalgan. Dermatsentor kanalarning dorzal qalqoni 

kumush rangli yaltiroq bo„lishi bilan xarakterlanadi (102-rasm).  

Jinsiy  voyaga  yetgan  kanalarning  tanasi  oval  shaklda.  «Boshchasi»  tananing 

oldingi 

uchida 


joylashgan, 

xartumchasi 

iksod 

avlodiga 



kiradigan 

kanalar 


xartumchasidan nisbatan kaltaroq. Ko„zlari bor, uch xo„jayinli. Imago davrida qoramol, 

ot,  qo„y,  bug„u,  cho„chqa,  tulki,  it  va  boshqa  hayvonlarning  qoni  bilan  oziqlanadi. 



 

Lichinka  va  nimfalari  sichqonsimon  kemiruvchilar,  hasharotxo„rlar  hisobiga  yashaydi. 

Imagolari 2–3 yilgacha och yashashi mumkin. 

 

Bu  kanalar  tulyaremiya,  piroplazmoz,  tayga  ensefaliti,  tepkili  terlama, 

gemosporidioz kabi kasalliklarni yuqtiradi.  

Yaylov  kanalari  (Hyalomma)  ham  iksod  kanalarining  eng  yirik  vakillari 

hisoblanadi.  Qonga  to„ygan  urg„ochi  kananing  uzunligi  2,5-3  sm  ga  boradi.  MDH  da 

yaylov kanasining 10 dan ortiq turi tarqalgan. Hyialomma urug„iga kiruvchi kanalar bir, 

ikki va uch xo„jayin ishtirokida rivojlanadi. Urg„ochilari 4000 dan 15000 tagacha tuxum 

qo„yadi. Hyalomma urug„ining quyidagi turlari veterinariyada muhim ahamiyatga ega. 

Hyalomma  scupence  rivojlanish  sikli  bir  xo„jayinda  o„tishi  bilan  boshqa  kana 

turlaridan  farq  qiladi.  Bu  kana  asosan  qoramol  va  qisman  ot  qoni  bilan  oziqlanadi, 

Shimoliy  Kavkaz  va  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarida,  o„rta  Povoljye  va  Ukrainada 

tarqalgan.  Ular  qoramollarga  teylerioz,  anaplazmoz,  otlarga  nuttalioz,  cho„chqalarga 

piroplazmoz kasalliklarining qo„zg„atuvchilarini yuqtiradi. Bu kana tanasida brutselloz 

va  o„lat  kasali  qo„zg„atuvchilari  ham  bo„lib,  undan  boshqa  hayvonlarga  va  odamga 

o„tadi. 

Hyalomma  detritum  boshqa  yaylov  kanalariga  qaraganda  yirikroq  va  ikki 

xo„jayinli. Urg„ochi kana 5–7 mingtagacha tuxum qo„yadi va 1–2 oydan so„ng ulardan 

lichinkalar  chiqadi.  Lichinka  bilan  nimfa  10  kungacha  qon  so„radi.  Kananing  to„liq 

rivojlanishi 4 oydan 13 oygacha davom etadi. Lichinkalari 7–8 oygacha, imagolari 6–8 

oygacha  yashashi  mumkin.  Bu  kana  Ozarbayjon,  Sharqiy  Gruziya,  Armaniston, 

Turkmaniston, Janubiy Qozog„iston, O„zbekiston va Tojikistonning cho„1 hamda chala 

cho„1  mintaqalarida  uchraydi.  Bu  kana  qoramollarga  teylerioz  kasalligini 

yuqtiruvchilardan hisoblanadi. 



Hyalomma  anatolicum  uncha  katta  bo„lmagan  uch  xo„jayinli  kana,  asosan 

qoramollarda  parazitlik  qiladi.  Ayrim  vaqtlarda  ot  va  boshqa  hayvonlarning  qonini 

so„radi.  Imago,  nimfa  va  ba‟zan  tuxumlik  davrida  qishlaydi.  8-10  kungacha  yashashi 

mumkin.  Bu  kana  ham  Markaziy  Osiyo  Respublikalarida  tarqalgan.  Asosiy  zarari 

qoramollarga  teylerioz  qo„zg„atuvchisini  yuqtiradi  hamda  listerioz,  isitma 

qo„zg„atuvchilarini o„z tanasida saqlaydi. 



102-rasm.  Kasallik tarqatuvchi kanalar: 

A-xo„jayinini poylab turgan urg„ochi tayga 

kanasi (Ixodes persulcatus); B-urg„ochi 

dermatsentor kanasi (Dermacentor pictus); 

D-urg„ochi ornitodorus kanasi (Ornithodorus 

papillipes). 



    A                            B                            D 

 

Hyalomma  plumbeum  gavdasi  birmuncha  katta  bo„ladi,  ikki  xo„jayinli  kana. 

Urg„ochilari  10–16  mingtagacha  tuxum  qo„yadi.  Kananing  imagolari  qoramol,  ot, 

eshak, qo„y, echki, buyvol, cho„chqa, it, tovuq va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. 

Lichinka va nimfalari har xil yovvoyi parrandalar, quyon, tipratikan, ba‟zan qoramollar 

va  otlarning  qonini  so„radi.  Bu  tur  kanalar  Shimoliy  Kavkaz,  Qrim,  Markaziy  Osiyo 

Respublikalarning  dasht  va  chala  dasht  mintaqalaridagi  butazor  o„rmonlarida  keng 

tarqalgan.  Jinsiy  voyaga  yetgan  kanalar  qoramollarga  teylerioz,  otlarga  nutallioz  va 

piroplazmoz qo„zg„atuvchilarini yuqtiradi.  



Argaz  kanalari  (Argasidae)  oilasining  deyarli  hamma  vakillari  parazitlik  bilan 

hayot  kechiradi.  Argaz  kanalari  oilasining  2  ta  kichik  oilasi  (Argasinae  va 



Ornithoorinae)  va  100  dan  ortiq  turlari  bor.  Argaz  kanalarining  tanasi  yumshoq  va 

cho„ziluvchan. Ularning dorzal va ventral qalqonlari bo„lmaydi.  

Tanasining  yumshoqligi  kananing  tezda  tortilib  kichrayishi  yoki  katta  bo„lishiga 

imkon  beradi.  Och  kanalarning  tanasi  yassi,  oval  yoki  ellips  shaklida.  Tanasining 

oldingi tomoni ancha tor va uchli bo„lib, orqa tomoni yoysimon kengaygan. Imago va 

nimfalarida 4 juft oyoqlari bor. Argaz kanalarida jinsiy dirmorfizm unchalik sezilmaydi. 

Erkaklari urg„ochilaridan birmuncha kichikroq. 

Argaz  kanalari  molxona  devorlarining  yoriqlarida,  ya‟ni  berk  joylarda  yashashi 

bilan  iksod  kanalardan  ajralib  turadi.  Odam,  turli  sutemizuvchilar  va  qushlarga 

tashlanib,  2–5  daqiqa  qon  so„radi.  Ular  1000  tagacha  tuxum  qo„yadi.  Bir  oy  o„tgach, 

tuxumlaridan  lichinkalar  chiqadi.  Lichinkalar  faol  oziqlanadi  va  nimfaga  aylanadi. 

Argaz  kanalarda  nimfa  3–5  marta  tullab,  imagoga  aylanadi.  Argaz  kanalari  20–25  yil 

yashab

,

 10–11 yil ochlikka chidashi mumkin (103-rasm).  



Argaz  kanalari  ektoparazitlikdan  tashqari  odam  va  hayvonlarga  har  xil  og„ir 

kasalliklarni  ham  yuqtiradi.  Argaz  kanalarining  eng  muhim  turlariga  persid  kanasi 

(Argas  persicus)  va  ornitodorus  (Ornithodorus  papillipes)  kanasi  kiradi.  Persid  kanasi 

asosan,  tovuqlar  tanasida  parazitlik  qiladi,  ayrim  hollarda  o„rdak,  g„oz,  ot,  qoramol, 

cho„chqa va boshqa hayvonlarda ham parazitlik qiladi.  

Ornitodorus  kanasi  (Ornithodorus  papillipes)  ning  tanasi  uzunchoq, 

bo„limlarga  bo„linmagan,  yaxlit,  to„q-kulrang  tusda.  Urg„ochi  kananing  uzunligi  8–9 

mm, eni 4–5 mm, erkagining uzunligi esa 4–5 mrn, eni 2–3 mm keladi. 

Ornitodorus  kanalari  juftlashgandan  so„ng,  yopiq  joyga  tuxum  qo„yadi. 

Tuxumdan  3  juft  oyoqli  lichinka  chiqadi.  Nimfada  4  juft  oyog„i  bo„ladi.  Jinsiy  farqi 

bo„lmaydi. Bu kana rivojlanishi davrida 3–5 ta nimfa davrini o„taydi. U 20–25 yilgacha 

yashaydi, 12 yilgacha ochlikka chidaydi. Ornitodorus kanasi issiq iqlimli mintaqalarda, 

Markaziy  Osiyo  Respublikalarida,  Eron  va  Hindistonda  ko„proq  uchraydi.  Bu  kana 

qaytalama tifni tarqatadi. 

Kanalar    o„z  navbatida  infeksiyali  odam  yoki  hayvon  qonini  so„rganda,  kasallik 

qo„zg„atuvchilarini o„zlariga yuqtirib oladi. Kana tanasida tif mikroblari yillab saqlanadi 

va  u  qo„ygan  tuxumlariga  o„tadi.  Odamga  bu  kasallik  kemiruvchilar  yaqinida  tunab 

qolganda  yoki  jayralar,  ko„rshapalaklar  yashaydigan  g„orlarga  borib  qolganida  kanalar 

talashidan yuqishi mumkin.  

Ornitodorus  kanasining  yuqumli  kasalliklar  tarqatishini  rus  olimlaridan  N.I. 

Latishev  va  V.A.  Moskvinlar  aniqlashgan.  1924-yilda  N.I.  Latishev  kana  orqali 

qaytalama tifni o„ziga yuqtiradi, natijada, kananing kasallik tarqatishini isbotlaydi.  


 

 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin