1.Professional kompetensiya– bu o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal darajada yo’lga quyish uchun tashkilot missiyasini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi mavjud ma’lumot, bilim hamda malakalarga ega bo’lishlikdir.
2.Uslubiy kompetensiya– bu rahbarning bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko’nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma’lumotlar hamda topshiriqlarni tez, to’g’ri va tushunarli (operativ) tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.
3.Ijtimoiy-psixologik kompetensiya– bu shaxsning ijtimoiy-psixologik hodisalar hamda muomala qonuniyatlari, o’zgalarni bilish, to’g’ri idrok qilish, dilidagini anglash va shu asosda o’zaro hamkorlikni tashkil qilish borasidagi savodxonligidir.
“Amaliy ijtimoiy psixologiya” (1998) kitobining mualliflari ijtimoiy-psixologik kompetensiyaning 3 ta asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatishadi:
a)kommunikativ kompetensiya; b)perseptiv kompetensiya; c)interaktiv kompetensiya. Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.Andreyevaning uch tizimli muloqot to’g’risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). Har qalay, bunday yondashuv psixologiya fanidagi mashhur ko’pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.
Shaxsning, birinchi navbatda, rahbarning ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o’sha biz bilgan ko’plab shaxsning muloqotga kirishuvchanlik sifatlarini aniqlash metodlaridir. Lekin ularning ko’pchiligi nazariy nuqtai nazardan diagnostik ishlarni amalga oshirish uchun maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida, aynan, shaxsning o’zgalar bilan tez va aniqlik bilan ishchanlik hamda shaxsiy muloqotni o’rnata olish orqali boshqalarga ta’sir ko’rsata olish malakasini aniqlovchiKOS–1 metodi tadqiqotchilarda borgan sari ko’proq ishonch uyg’otmoqda. Metodning qulayligi shundaki, u ko’p vaqtni olmagan holda (10–15 daqiqa) respondentdan 40 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berishni taqozo etadi.
Ijtimoiy-psixologik kompetensiya nafaqat rahbar tomonidan o’zini-o’zi anglashi (bilishi), balki autopsixologik kompetensiya bilan ham bog’liq.2