O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
Pedagogika va Psixologiya ta’lim yo‘nalishi
2-kurs PP 201-guruh talabasi
G‘oyibova Pokiza Rustam qizining
“Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi qiyinchiliklarning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:________ “Psixologiya”
kefedra o‘qituvchisi Sh.X. Saboxiddinova.
TOSHKENT – 2023 MUNDARIJA KIRISH ....................................................................................................................3
I BOB. MAVZUNING ADABIYOTLARDA O‘RGANILISHI........................... Maktabgacha yosh davridagi bolalarning nutq kamchiliklari haqida.............7
1.2. Bolalardagi nutq kamchiliklarini tekshirish usullari haqida...……….…........12
II BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA MULOQOTDAGI QIYINCHILIKLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.................................................................................................... 2.1. Maktabgacha tarbiya yosh davrlarida bolalar bilan muloqot shakllari.............22
2.2Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o‘yinlardan foydalanish................................................................25
XULOSA……………………................................................................................30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.........................................31
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: “Biz ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”- Shavkat Mirziyoyev.1 Shavkat Mirziyoyev: Davlatimiz rahbari joylarga tashrifi chog‘ida yosh avlod tarbiyasini birlamchi va muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimi yuksaltirish, bog‘chalarning moddiy -texnik bazasini mustahkamlash , ularni mohir pedagoglar bilan ta’minlash, bolarlarni maktabga sifatli tayyorlash masalisiga alohida e’tibor qaratmoqda. Joriy yil 30 sentayabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g;risida”gi Prezident qarori bu borada amalga oshiralayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi . Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida Toshkent shahri Yunusobot tumanida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning Bog‘ishamol mahallasida joylashgan “Sevinch” nomli 74-maktabgacha ta’lim muassasasi bolalar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylandi. Boisi 1976-yili qurilgan maktabgacha ta’lim muassasi joriy yilda tubdan ta’mirlanib, Prezidentimiz tashrifi arafisida foydalanishga topshirildi. 275 o‘rinli muassasasining mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlarga boy. Oshxona va sport zali qurilgan. Muassasa innovatsion texnologiyalar asosida jihozlangan bo‘lib,mamlakatimizdagi ilk “aqlli bog‘cha” hisoblanadi. Har bir xonaga domofon o‘rnatilgan.
Ota- onalar farzandi qaysi guruhga bo‘lsa, Shu xonani bog‘lovchi tugmani bosganda so‘ng tarbiyachi bolani olib chiqib beradi. Binoga kiraverishda qo‘yilgan tablodan bolaning o‘z guruhiga kirganini ko‘rish, har bir guruhdagi mashg‘ulotni onlayin kuzatish mumkin. Ichkarida zina va xonalarga ishlangan rangli belgilar, tafakkurga undovchi rasmlar bolalar rang bilish, sanashga o‘rgatadi. Yo‘l ko‘rsatuvchi rangli chiziqlar orqali kichkintoylar o‘z guruhini topib boradi. Har bir mashg‘ulot xonasida “Ilk qadam” dasturi asosida ishlab chiqilgan multimedia tajriba-sinov dasturiga ega monitorlar o‘rnatilgan. Bu dasturdagi turli sohalarga oid suratlar, interfaol o‘yinlar yordamida bolalarning bilim va ko‘nikmasini shakllantiriladi.
Adliya vazirligi buyurtmasi asosida “Sotol systems” kompaniyasida ishlab chiqilgan ushbu dastur onlayn tarzda ishlaydi. Uni ota-onalar ham uyali telefoniga yuklab olib, uyda televizor orqali Shug‘ullanishi mumkin Davlatimiz rahbari bog‘chada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, tarbiyachilar bilan muloqot qildi. Biz uchun bolalarimizning ma’naviyati’ bilimi, sog‘ligi eng muhim masala. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilayapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko‘zidagi nurni ilg‘ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish2, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar haqida ma’lumot berildi. Prezidentimiz bu boradagi taqliflarni ma’qullab, davlat xususiy sheriklik asosida yangi bog‘chalar qurish,bolalarni qamrab olishni kengaytirish va kelgusida yuz foizga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Shu yerda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rahbarlari bilan vidiokonferensiya orqali muloqot qilindi. Prezdentimiz bog‘chaga tarbiyalanuvchilarga sovg‘alar berdi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tomonidan mazko‘r sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Tabiatda inson bolasigina ojiz va kattalarning gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlib tugʻiladi. Lekin inson farzandiga berilgan eng katta imkoniyat bu uning oʻrganishga boʻlgan ehtiyojidir. Aytish mumkinki, odam bolasi oʻrganishga “dasturlangan” holda tugʻiladi. Shu tufayli qisqa vaqt ichida u juda koʻp bilimlarni oʻzlashtiradi. Hozirgi kunga kelib aksariyat tugilgan bolalarda quyidagi kabi xususiyatlar ko‘plab kuzatilmoqda; an`anaviy tarbiya vositalarini qabul qilmaslik; intuitsiyaning, xavf hissining rivojlanganligi; raqamli texnologiyalarni tez oʻzlashtirishga boʻlgan qobiliyat.