MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA KO‘RGAZMALI-HARAKATLI TAFAKKURNING RIVOJLANISHI mavzusidagi
KURS ISHI Bajardi:_________Abdusamatova Mushtariy PP 202-guruh talabasi
Ilmiy rahbar:_________“Psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi, ps.f.b. PhD A.N.Qurbonboyev
TOSHKENT – 2023 M u n d a r i j a: KIRISH…………………………………………………………………...3-4 I BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA TAFAKKURning rivojlanish asoslari…………………………..5-19 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur jarayonlarini rivojlanishtirishning psixologik omillari………………………………………..5-11
1.2. Maktabgacha turli yoshdagi bolalarda tafakkurning rivojlanish xususiyatlari…………………………………………………………………...11-17
Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………18-19
Ⅱ BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KO’RGAZMALI-HARAKATLI TAFAKKURNING RIVOJLANTIRISH USULLARI…………………………………………………………………...20-33 2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rgazmali-harakatli tafakkur xususiyatlari…………………………………………………………………...20-25
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rgazmali-harakatli tafakkurni rivojlantiruvchi o’yinlar……...………………………………………………..26-34
Bob bo’yicha xulosa…………………………………………………….34-35
XULOSA……………………………………………………………….36-37 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...38
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgach barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berdi va bu o‘zgarishlar hanuz davom etmoqda. Bu o‘zgarish ta’lim tazimini ham chetlab o‘tmadi, ayniqsa so‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim sohasida juda katta va samarali o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizda ta’lim sohasi allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga oid muammolar umumdavlat miqyosida ko‘rib chiqilib, batafsil taftish etilmoqda. Zero “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”da ko‘rsatilganidek: “maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi”1. Shuningdek, maktabgacha ta’lim bolalarnieng avvalo aqlan, jismoniy rivojlanish, nutq va tafakkurini shakllantirish kabi muhim vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. Zero aqliy tarbiya maktabgacha ta’limda eng muhim va asosiy bo‘g‘in sanaladi. Bola qanchalik aqliy rivojlanish yuqori darajada bo‘lsa, shunchalik atrof-olamdagi qonuniyatlarni tub ma’nosini anglab yetishi oson bo‘ladi. Bola bor bilim, malaka, ko‘nikmani kattalar nutqidan oladi va ularga taqlid asosida nutqi shakillanadi. Bu esa biz ya’ni bolalarni atrofini o‘rab turgan barcha yaqinlariga chuqur mas’uliyat yuklaydi2. Yuqoridagilardan ko‘rinib, bilinib turibdiki mavzu nihoyatda dolzarb unga yechim izlash esa bolalar kelajagi va ularni rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.