1.1. Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davrlarda o’qituvchi, shogird va ularning jamiyatdagi o’rni to’g’risidagi qarashlar Ta’lim va tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, uning rivojlanishi, yillar davomida shakllanib borishi ustoz va shogird faoliyatiga bog‘liqligining guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi davrlardayoq mudarrislar (o‘qituvchilar) ta’lim va tarbiyaning samarali ta’sir usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar. Buning natijasida eramizdan oldingi davrlardayoq ta’lim-tarbiyaning samaradorligiga erishilishi uchun o‘qituvchiga bo‘lgan talablar kuchayib bordi. O‘qituvchi mahoratini takomillashtirish yuzasidan turli g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshladi.
Eng qadimgi davrlardan eramizning VII asrlarigacha bo`lgan davrlarda o`qituvchi (murabbiy), shogird va ularning jamiyatdagi o`rni, pеdagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy karashlar.3 Hozirgi kundagi o`qituvchi-tarbiyachi faoliyati, mahorati, ularning jamiyatdagi o`rni, ustoz-shogirdlik munosabatlari haqida gapirishdan avval, kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida ustoz-o`qituvchi tarbiyachi faoliyati masalalariga to`xtalib o`tish lozim.
Ibtidoiy jamoa to`zumi davrida jamiyat yosh jihatidan 3 guruhga bo`linar edi:
1.Bolalar va o`smirlar.
2. Hayot va mеhnatning to`la qimmatli va to`la huquqli ishtirokchilari.
3. Kеksalar.
Yangi, tug`ilgan bolani jamoadagi kеksa kishilar boqib, o`stiradilar. Bola tеgishli biologik yoshga to`lib, ba'zi bir ijtimoiy tajriba mеhnat qilishni o`rganib, hayotiy bilim va malakalarni egallagandan so`ng to`la qimmatli mеhnatchilar guruhiga o`tardi. Ibtidoiy jamiyatda bola o`zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib ular bilan kundalik muomalada bo`lib, tarbiyalanar va ta'lim olar edi. o`g`il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ularning ishlarida qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Matriarxat oxirlarida o`g`il bolalar uchun alohida va qizlar uchun alohida tarbiya muassasalari - yoshlar uylari muassasalari paydo bo`ldi. Bu еrda yoshlar ypyg` oqsoqollari rahbarligida yashashga mеhnatga o`tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar.
Patriarxal urug`chilik bosqichida chorvachilik, dеhqonchilik, turli hunar kasblari paydo bo`ldi. Shu bilan bog`liq ravishda tarbiya ham murakkablashib, ko`p tomonlama va rеjali bo`la bordi. Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga topshiriladigan bo`ldi. Ular bolalarga mеhnat ko`nikma va malakalarini o`rgatish bilan bir qatorda paydo bo`lib kеlayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar bilan bolalarni tanishtirar, yozishga o`rgatar edilar. Ertaklar, o`yin va raqslar, musiqa va ashula, butun xalq og`zaki ijodi xulqni, hatti-harakatni, xaraktеrning muayyan bеlgilarini tarbiyalashda katta rol o`ynaydi.
• Tarixiy manbalarga ko`ra bolalar savod maktablarida o`qitilgan, bundan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy, jismoniy mashqlarga va hunarga o`rgatilgan. Bolalar tarbiyasida oilaning ayniqsa, onalarning o`rni ham katta bo`lgan, 5 yoshgacha asosan ayollar tarbiyalagan.
• Qadimgi ajdodlarimiz yoshlarni vatanparvar, xalqparvar, sadoqatli, har qanday mashaqqatlarga bardoshli, jasur, kuchli, mard qilib tarbiyalashga e'tibor bеrganlar. Tarixiy shaxslar bilan bog`liq rivoyatlarda ham odamiylik, nazokat, aql-idrok, vafo-muhabbat, sadoqat, adolat kabilar ulug`lanadi. Bunday hislatlarni tarbiyalash, shakllantirish esa o`qituvchi ustozga yuklatilgan edi.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan pedagogik fikrlarda o’qituvchi-ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o’rni mahorati haqida ko’p fikrlar bayon etilgan. Rim tarixchisi va yozuvchisi Svetoning munosabatni ishontirish, muomalada bo’lish uslublari, rim olimi Mark Fobiy Kvintilian notiqni tarbiyalashda o’z-o’zini boshqara olish notiqlik va so’zamollik mahoratini egallash haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan4.
Pedagoglarning professional mahorati va ularning notiqlik san'ati Gresiya va Rim filosoflari asarlarida bayon etilgan. Suqrotning ta'lim berish Platon va Deosfenning nutq madaniyati va uni egallash texnikasi, Aristotelning notiqlik san'atiga erishish yo’llari va ritorikasi, Seseron va Kvintilianning nutq madaniyati haqidagi fikrlari. Sharq mutafikkirlari Husayn Vois Kashshofiy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin Zarnudjiy, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari Mustafo Xomiy poshsha munosabat, muomala madaniyati va uni egallash mahorati haqida, notiqlik san'ati, munosabatga kirishish mahorati haqida va uni egallash haqida o’z qo’lyozmalarida fikr bildirganlar.
Kundalik kuzatib borish shuni ko’rsatadiki, o’qitishning muvaffaqiyati asosan ta'lim berayotgan fanga o’quvchilarni qiziqtirishdir.
O’qituvchi o’z shogirdlaridan doimo, hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro’si bo’lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o’qituvchi javob berolmasdan qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir bo’ladi va juda tez fursatda o’qituvchining «Mulla»ligi oshkor bo’lib qoladi.
O’quvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin, hatto ba'zi vaqtlarda mumkin ham emas.
«Yosh avlodning tarbiyasi faxriy va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni paytda u g’oyat darajada murakkab va ma'suliyatlidir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun o’qituvchi eng avval o’z ishining shaydosi, tashabbuskori bo’lishi kerak. Shuning uchun o’qituvchilikning «sababi ovqat» uchun formal «kasb» qilib olish – juda xavfli bo’lib, hatto yosh avlodning tarbiyasi zararlidir.5 Ikkinchi tomondan, ayniqsa, o’qituvchi qanday ma'lumotga, qanday erudisiyaga ega bo’lmasin, u o’zining saviyasini pedagogik san'atini rivojlantirish uchun tinmay ishlashi kerak»
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim-tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, ular tarbiyashunoslik fanlaridagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqozo etadi. Bu fanlarni o’zlashtirish – ma'naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuch bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab qiladi.
Konfutsiy (er.avv.551-479 y.y.) – xitoylik buyuk mutafakkir. U o’z yurtida ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etib axloqiy-siyosiy ta'limotga asos soldi. U ta'limda o’qish va fikrlash, o’ylash muhimligini qayta-qayta takrorlagan.
Konfutsiy o’zining pedagogik faoliyatida tajribaga alohida e'tibor berdi. Masalan, har bir inson bir nimani biladiki, hisob qiladi. O’qituvchi to’rt narsadan – quruq foydasiz fikrlashdan, o’z mulohazasida qat'iy turib olishdan, qaysarlik qilishdan, faqat o’z haqida o’ylashdan zinhor saqlanishi kerak. Bu g’oyalarning birinchisi sof ko’ngil bilan munosabatda bo’lish, ikkinchisi shaxsiyatga berilmaslik va qaysarlik qilmaslikdir.6 Miloddan avvalgi VII – VI asrlarda O‘rta Osiyoda ishlab chiqarish kuchlarining ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Turk va fors tilida so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqalar yuzaga keldi. Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda asrlar davomida qo‘llanib kelingan, yerli millatning o‘ziga xos urf – odati va an’analariga mos ravishda tatbiq etilgan ta’lim va tarbiyaning noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari vujudga kela boshladi.7 Hali maktab bo‘lmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq qabila a’zolari bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr-shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasida aql idrok bilan faoliyat olib borishgan. Ularning ta’lim-tarbiya usullari yillar davomida hayot tajribasi va sinovlaridan o‘tib, sayqallanib o‘sha davrning olijanob mevasi sifatida bizning davrimizgacha etib keldi.
VII asrlarga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg‘in faoliyati hamda ularga qo‘yiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta’lim va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, rag‘batlantirish, maqtash, namuna ko‘rsatish, tanbeh berish, ta’qiqlash, majbur qilish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Biroq mudarrislarning o‘zi bolaga ta’lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va nazariy bilimga ega bo‘lishi kerak edi. Shu sababli mudarrislar savodli madrasa toliblari orasidan tanlangan va ma’lum muddat tayyorgarlikdan o‘tishgan.
Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va “o‘tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo‘lgan” (Yu.A.Rappoport) zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan. “Avesto”da ta’kidlanadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo‘lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o‘rganish asosida bilim olishi kerak, so‘ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin8. Kohin muallimlari oqsoqollar Kengashi tomonidan tanlanib, qat’iy belgilangan qoidalar asosida yoshlarga ta’lim va tarbiya berishgan. “Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan muallimlar bolalarni yetti yoshidan boshlab, diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan. Maktablarda “muqaddas yashil ko‘ylak” kiydirish marosimi o‘tkazilgach, kohin muallimlar bolalarni “Avesto”da keltirilgan madadkor kuchlarni ulug‘lovchi ezgulik va yaxshilik ma’budasiga sig‘intirishgan. Duolar quyidagi so‘zlar bilan boshlangan: “Men zardushtiylik diniga sodiq qolishga va’da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi so‘zlar, yaxshi amallarga ishonaman...”. Marosimdan so‘ng muallimlar bolalarga sovg‘alar ulashishgan. Muallimlar mashg‘ulotlar jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazodan ko‘ra ko‘proq o‘z diniga ishonch va e’tiqodni, dunyodagi barcha yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, ilohiy Axuramazdaga sig‘inishni, odamlar boshiga yovuzlik va yomonliklarni yog‘diruvchi Axrimandan esa nafratlanish hissini tarbiyalar edilar. Bolalarning sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi bilan birga o‘z dinining barcha rasm rusumlarini to‘liq bajarishiga, o‘rganilayotgan fanlarni puxta bilishiga, axloqiy pokligiga, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, saxovatlilik kabi fazilatlarni egallashiga kohin muallimlari javobgar edilar. “Avesto”da er, suv va havo muqaddas deb e’lon qilinib, muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish bilan jazolanardi. Tabiatni asrash, uni obod qilish yoshlik davrlaridanoq ular ongiga singdirilgan. Zardushtiylik dini ta’limotida ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlar majmuasi ezgulik va yaxshilik, jaholat va yomonlik, ta’lim va tarbiya haqidagi g‘oyalari bilan ulkan pedagogik ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Bunda tarbiyachi muallimlarning o‘z kasbiga sadoqatini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Zardushtiylik dinida iymon uchta tayanchga asoslanadi: fikrning sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Muallimlar ta’lim va tarbiyada yoshlar ongiga “bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymon-e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi amallarga qo‘l urish” kabi insoniy tuyg‘ularni singdirish uchun qizg‘in mehnat qilganlar. Xullas, “Avesto” dunyodagi eng qadimgi din – zardushtiylik ta’limotining axloqiy falsafasi sifatida e’tirof etiladi.