Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim “pedagogika” kafedrasi


Sharq mutafakkirlari ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularga qo’yiladigan talablar



Yüklə 103,56 Kb.
səhifə4/7
tarix03.05.2023
ölçüsü103,56 Kb.
#106555
1   2   3   4   5   6   7
Matchonova Gulshoda

Sharq mutafakkirlari ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularga qo’yiladigan talablar

O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan. Abu Nasr Forobiy va’z aytganda to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin», - deydi.
«O’qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o’quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to’la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», - deb ta'kidlaydi. Mutafakkir o'qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan9.
Abu Nosr Forobiy ustoz - o`qituvchiga shunday talab qo`yadi: "Ustoz-shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko`ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm shogirda ustozga nisbatan nafrat uyg`otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq bo`lsa, shogird uni mеnsimay qo`yadi va u bеradigan bilimdan sovib ham qoladi. U o`qituvchiga bolalarning fе'l atvoriga qarab tarbiya jarayonida "qattiq" yoki "yumshoq" usullardan foydalanishni maslahat bеradi:
1. Tarbiyalanuvchilar o`qish o`rganishga moyil bo`lsa, ta'lim tarbiya, jarayonida yumshoq usul qo`llaniladi.
2. Tarbiyalanuvchilar o`zboshimcha, itoatsiz bo`lsa, qattiq usul (majburlov) qo`llaniladi.
U o`qituvchining tarbiya usullarini hO`qumat (davlat) va shohlarning xalqni tarbiyalash va boshqarishdagi usullariga o`xshatadi, ularni qiyoslaydi. Hap ikkalasida ham yumshoqlik va majburlov zarurligini o`qtiradi.
Mashhur olim Abu Rayhon Bеruniy (973-1048) o`qituvchiga o`quvchini zеriktirmaslikni, o`tiladigan mavzuni qiziqarli va ko`rgazmali holda bo`lishi lozimligini maslahat bеradi. Bеruniy Hindiston asarida esa olimlar ilm aqllarini hurmat qilishga chaqiradi. Bo`larni kishilar ayniqsa, hukmdorlar hurmat qilsa, ularga o`z o`rnida baho bеrsa, ilmlar ko`payadi, dеmak jamiyat iqbolli bo`ladi, gullab yashnaydi.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq so‘zlash uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini uqtiradi.
Buyuk alloma Abu Ibn Sino (980-1037) talabaga bilim bеrish o`qituvchining mas'uliyatli burchi ekanligini ta'kidlaydi. U o`qituvchining qanday bo`lish kеrakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo`l -yo`riqlar bеradi:

  • bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo`lish;

  • bеrilayoggan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e'tibor bеrish;

  • ta'limda turli mеtod va shakllardan foydalanish;

  • talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi;

  • bеrilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bеra olish;

  • bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bеrilishi;

  • har bir so`zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo`lishiga erishishi lozim.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida inson kamolotida uch narsa irsiyat, muhit, tarbiya muhim ro’l o’ynashini ta’kidlab, bunda mudarrislar bolalarga ta’lim berishdek mas’uliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan yondashishini uqtiradi va mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi bo’lgan quyidagi tavsiyalar beradi:

  1. bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’lish.

  2. berilayotgan bilimning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga e’tiborni qaratish.

  3. ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish.

  4. o’quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini nazorat qilish.

  5. berilayotgan fanga qiziqtira olish.

  6. berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.

  7. bilimlarni o‘quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda tushunarli olib borish.

  8. har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish.

Abu Ali ibn Sino voizlikning amaliy va nazariy masalalarini quyidagicha talqin etadi:

  • nutq qo‘pol ohangda bo‘lmasligi kerak;

  • tinglovchilarning ilm darajasini hisobga olish zarur;

  • va’zxonlikka ko‘p berilmaslik kerak;

  • nutqni muloyim ohangda olib borish kerak;

  • agar (nutqingda) biror kishini tanqid qilmoqchi bo‘lsang, boshqalarning kamchiliklari bilan qiyoslab tanqid qil;

  • agar haqiqatni aytmoqchi bo‘lisang, faqat bir faktga tayanma, balki ko‘p masalalar bilan isbotla, shu narsa haqida o‘ylashga va haqiqatni izlashga ishontir;

  • agar tinglovchilar sening nutqingni e’tibor bilan quloq solib tinglayotgan bo‘lsa, nutqingni davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin tinglovchilarning e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga burganing ma’qul.

Abu Ali ibn Sinoning fikricha, «... O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo'y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog’i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog’i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko'ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko'rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo'lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o'z vaqtida rag’batlantirish, gohida maqtab qo'yish, aksincha bo'lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo'lmasligi lozim, o'quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o'zboshimcha bo'lib qolishiga olib boradi, - deydi Ibn Sino.
Abu Ali ibn Sino axloq to’g’risidagi fikrlarida axloqiy fazilatlarni ulug’ladi va axloqiy illatlarni, yomonlikni keskin qoraladi. Olim ta'lim-tarbiya masalalariga jiddiy va ijodiy yondashgan. Uning bolani tarbiyalash va o’qitish borasidagi ko’p fikrlari o’zining chuqur mazmunga egaligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratga qoldiradi.
Ibn Sino o’qitish jarayoniga katta ahamiyat bergan va uni tubandagi tarzda tashkil qilishni zarur, deb hisoblaydi:

  • O’quvchini birdan kitobga jalb qilib qo’ymaslik kerak;

  • O’qitish asta-sekin, osondan qiyinga o’tish yo’li bilan olib borilishi lozim;

  • O’quvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga mos bo’lishi shart;

  • O’qitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor;

  • O’qitish o’quvchining mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi zarur;

  • O’qitish jismoniy mashqlar bilan qo’shilib olib borilishi shart.

Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida o’qituvchining roliga katta e'tibor bilan qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb hisoblagan. U bola 6 yoshga to’lishi bilan uni ustoz tarbiyasiga berishni tavsiya qiladi. Tarbiyachi rostgo’y, dono, odil, ozoda kiyinadigan, xushmuomala bo’lishi zarurligini uqtirib, yosh avlodni o’qitadigan hamda tarbiyalaydigan kishilar oldiga bir qancha talablar qo’ygan. Uning fikricha:

  • Tarbiyachi – bolalar bilan muomalada bosiq bo’lishi kerak;

  • Muamllim o’quvchilar ta'limni qanday o’zlashtirayotganini kuzatib borishi kerak;

  • O’qitish jarayonida muallim har xil usullarni qo’llashi darkor;

  • Tarbiyachi o’quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatlarini bilishi lozim;

  • Tarbiyachi bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralarini qo’llashi, o’tilganlarni takrorlashga majbur qilish orqali ularni fanga qiziqtirishi lozim;

  • Tarbiyachi o’z fikrini o’quvchiga bayon qilishdan oldin undan masalaning mohiyatiga o’zi tushunib olmog’i, keyin uni qisqa adabiy tilda tushuntirishi, ortiqcha gapirishdan qochishi kerak;

  • Har bir fikr haqiqat bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg’otadigan bo’lishi lozim.

Ibn Sinoning fan va ta'lim-tarbiya, o’qituvchilar haqidagi fikrlari uning anna shu masalalar bo’yicha chuqur bilim va katta tajribaga ega bo’lganidan dalolat beradi.10
Mashhur voizlardan yana biri Abu Homid ibn Muhammad al-G‘azzoliy «Oxiratnoma» asarida voizlarning mahorati va o‘ziga xos uslublari xususida shunday mulohaza yuritadi; «Ahli mo‘minga va’z aytishda ehtiyot bo‘lishing lozim. Chunki voizlikda ofat ko‘p. Agar aytadigan pand-nasihatlaringga avval o‘zing amal qilib, so‘ngra xalqqa izhor etsang, bu voizlik durustdir.
XI asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy Eronda podshohlik qilgan Kaykovus voizlik san’atining so‘nmas yulduzlaridan biridir. Uning mashhur "Qobusnoma" asaridagi 7-bob suxandonlik, notiqlikka bag‘ishlangan.
Mahmud Qoshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlarida ham nutq odobi borasida qadimiy turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbeklar amal qilgan asosiy qonun-qoidalar, rasm-rusmlar haqidagi fikrlar yozilgan.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) – buyuk olim, zabardast dostonnavis, tadbirkor davlat arbobidir. Uning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo’lish, adolatparvarlik g’oyalari asosiy o’rin tutadi. Olimning fikricha, insonning ulug’ligi, aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi hunarga egaligidir.
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur,
Bilik kimda bo’lsa, bedug’lu alur.
O’qishlug’ o’qar-ul biliglig bilir,
Biligli, o’qigli tilikka tegir.
Yusu Xos Hoibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishningg oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorlangan puxta zaminga bo’lgan, ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak. Shundagina bolalarimiz to’g’ri tarbiya oladi. XI asrda yashab o`tgan allomalardan biri Yusuf Xos Xojib (XI asr) ham o`z ijodida ilm ahllarini ya'ni ustozlarni ulug`laydi. "Qutadg`u bilig" asarida ilm ahli ulug`lanadi.
Ularni hurmatlashga kishilarni chaqiradi.
Tag`in bir toifa donishmand, dono
Ular ilmi elga mash'al doimo.
E'zozla ularni to bor imkoning,
Bilimlaring o`rgan toki bor joning.
Bo`lardan haqiqat tayanch tirgagi,
Bilimli diyonat asos o`zagi
Olimlar yo`q esa edi dunyoda ,
Еmish ham kеlarmu edi bu dunyoda
Ular ilmi bo`ldi xaloyiqqa nur,
Yorisa bu nurdan kishi yo`l topur.
Az – Zamaxshariy (1075-1143) "Nozik iboralar" risolasida ilmu fan ahllari, o`qituvchilarga nisbatan hurmat e'tiborning pasayib kеtganidan kuyinib yozadi: "o`ttan zamonlarda ilm3u- fazilat sohiblari podshoxlardan o`z og`irliklariga barobar oltin hadya olardilar, asta-sеkin zamonlar o`tishi bilan ularning qiymatlari kamayib, itlaru-olmaxonlar ulardn afzal bo`lib qoldi, ya'ni nodonlar oltinlardan ortiq ko`riladigan bo`lib qoldi".
Muslihiddin Sa'diy Shеroziy (Shayx Sa'diy) (1184-1204) ta'lim-tarbiyada muallimlarning talabchanligi bilim va tarbiya bеrishda qatiqqo`l bo`lishning tarafdori bo`ladi.
Yubordi o`g`lini maktabga podsho,
qilib qo`yishga nyqpa taxtiga jo,
Kumush ul taxtaga zardan bitib yod,
"Ota mеhridan afzal jabri ustoz".
"Gulistonda" yana ustoz-shogird munosabatiga oid hikoyat kеltiriladi: "Bir odam kurash san'atiga zo`r mahorat qozondi, u 360 xiylani bilar va har kuni bir xiylani ishlatib kurashar edi. Shogirdlaridan biriga 359 xiylani o`rgatdi. Ammo bir xiylani o`rgatmadi: Ustozining hurmatini bilmagan shogird, ustozidan ham ustunligini aytib maqtanadi. Bu so`z podshoga yoqmaydi. Ularni kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz oxirgi xiylasini ishlatib shogirdini еngadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa xaloyiq va podshoning nafratiga o`chraydi.
Burxoniddin Zarnudjiy(1150 - ) "o`qituvchiga ta'lim yo`lida qo`llanma" kitobining bir bo`limi "o`qituvchi, o`rtoq, fanlarni tanlash haqida" dеb nomlanadi. Unda o`quvchiga quyidagicha maslahat bеradi:
"O`qituvchi tanlaganingizda eng avvalo bilimliligiga, eng oliyjanobiga va yana kеksasiga to`xtamoq kеrak ... Muallim, ustozga nisbatan hurmatda bo`lish ifodasi shO`qi shogird muallimdan oldin yurmasligi, uning o`rniga borib o`tirmasligi lozim".
Sohibkiron Amir Tеmur (1336-1405)ham o`z hukmronligi davrida ilm ahllari, muallim, mudarisslarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab bеrishda ham ularning ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o`rnini muhim dеb biladi. Ko`plab maktab, madrasalar ochadi, ularga muallim va mudarislar tayin etadi. o`zining ustozlarini ham juda qadrlaydi.
Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o'z asarlarida bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam hsch vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.
Ustod, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo'lurdi jahon, - deb hitob qiladi u «Iskandar xirodnomasi» asarida.
Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri. Bu inson kamolotiga bag’ishlangan va pand-nasihatlarga boy didaktik asarlar yaratgan. Sharq an'analariga ko’ra yaratilgan «Maxbub ul qulub» asarida she'riyat sultoni o’z zamonasidagi barkamol inmsonga xos fazilatlarni aks ettirgan.
Navoiy bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish to’g’risida g’amxo’rlik qilgan. Uning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, to’g’ri yo’l ko’rsatadi, farzandlarni bilimli qiladi. Demak, xalqni ma'rifatli qilishda maktabning roli kattadir. U bu xususda fikr yuritar ekan, eski maktablarda domlalarning bilimi hoyat cheklangan, ular ta'lim-tarbiyada mutlaqo xabarsiz., lekin diniy bilimlar etarli bo’lmasa ham, diniy rasm-rusumlarni bajarishga mohir, ruhoniylarga, maldorlarga ta'zimkor va davlatga sadoqatli kishilar bo’lgan. Bunday muallimlarning vazifasi ko’pincha masjidi imomlik yoki so’fiylik qilish, har-xil diniy marosimlar va urf-odatlarda qatnashishdan iborat edi. Ularni Alisher Navoiy «Maktab tutuvchi - gunohsiz yosh bolalarga jafo kiluvchidir», deb ta'rif beradi
Shoirning bunday muallimlarga bergan t'arifi ularning haqiqiy qiyofasini ochib beradi. Ular g’oyatda raximsiz, bag’ritosh, aft-angorlaridan doim zahar tomib turadigan kishilar bo’lgan. Zero, o’sha paytda maktablar uchun maxsus o’qtuvchilar tayyorlash, mavjud muallimlarning saviyasini oshirish, o’qitish usullarini yaxshilash masalalari bilan hech kim qiziqmagan va bu ishlar bilan shug’ullangan muassasa ham bo’lmagan
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Navoiy yosh avlodni tarbiyalash –o’qitish ishini tasodifiy kishiga topshirishni qoralagan. U o’qituvchiga eng yuksak talablar qo’ygan. O’g’il-qizni tarbiyalash va unga ilm berish, qobiliyatini o’stirish uchun nihoyatda bilimdon va usta tarbiyachi bo’lishi kerakligi va bolalarga ta'lim-tarbiya beradigan o’qituvchilar yoshlarga ilm, odob o’rgatish mahoratiga ega bo’lishi, o’qitish yo’llarini yaxshi bilishi zarurligini uqtiradi.
O’zbek adabiyotining dahosi o'z asarlari va ilmiy qarshlarida o'qituvchilik qobiliyati va uning obro'si, odobi yuzasidan alfozli mulohazalar yuritadi. Alloma ijodiy yondashuvsiz hech bir faoliyatni tasavvur qila olmaydi. Ana shu boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklak, irodavii kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o'rinni egallaydi.
O’qituvchining har jihatdan ibrat va iamuna bo'lishlari ta'lim va tarbiya garovi ekanligiga ishora qilgan. O'qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g’risidagi mulohazalar «Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg’u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. Chunki bu asarlarning barchasi odobnomaning xuddi o'zginasi bo'lganligi sababli tarbiyachi-murabbiyning o'ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan.
Alishеr Navoiy muallimlar ishi ularga munosabat masalalariga kеng o`rin bеriladi. U yoshlarga chuqur bilim bеrish uchun muallimlar mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi. Nodon, mutaassib, johil domlalarni tanqid etadi va o`qituvchi ma'lumotli o`qitish yo`llarini biladigan muallim bo`lishi zarur dеydi. Masalan: "Mahbub-ul-qulub" asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o`ta qattiqqul, johil va ta'magirlarini: "Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarni jafo qiluvchidir" , - dеb yozadi. Shu bilan birga o`qituvchining mеhnatining og`irligini holisona baholaydi:
"Uning ishi odam tugul, hatto dеvning ham qo`lidan kеlmaydi. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilar edi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab o`rgatadi. Lеkin shunisi ham borki, bolalar orasida fahmi idroki ozlari bo`ladi. Muallim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chеkadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko`p, agar shogird ulg`aygach, podshohlik martabasiga erishsa ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi.
Haq yo`lida kim sеnga bir xarf o`qitmish rand ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Navoiy o`qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo`ysa, unga bo`lgan talabni ham shunchalik oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma'naviy pok bo`lishlarini talab etadi. "Mudarris kеrakki g`arazi mansab bo`lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa manmanlik uchun dars bеrishga havas ko`rgazmasa, yaramasliklardan qo`rqsa va nopoklikdan qochsa".
Alisher Navoiy kishi fazilatlaridan biri hisoblanmish nutq madaniyatiga katta e’tibor bergan. U nutqning g‘alizligi tilga zarar yetkazishini, aksincha, yaxshi, chiroyli nutq tilning boyishiga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Shoir nutqning tilga bevosita ta’sir qiluvchi vosita ekanligini shunday ifodalaydi: «Til muncha sharaf bilan nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidir».
Alisher Navoiy nutqning aniq va to‘g‘ri, ta’sirli va jozibali bo‘lishini targ‘ib qiladi. Bunday nutqqa erishish uchun so‘z ma’nosiga alohida e’tibor berish lozim. Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida voizlikka xos fazilat va xususiyatlarga alohida to‘xtalib, u xalqni o‘z nutqiga qarata oladigan, o‘z ortidan ergashtira oladigan donishmand kishi bo‘lishi kerakki, qalbida ma’naviy, ruhiy bo‘shliq bo‘lgan har qanday odam esa bunday voizning suhbatidan olam-olam ma’naviy zavq olib, ko‘ngli ko‘tarilsin, deydi.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi:

  • Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.

  • Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.

  • Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir.

  • Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.

  • So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.

  • So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak.

  • Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish.

  • Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish.

  • Ezgu so‘zli bo‘lish lozim.

  • Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.

  • Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik.

  • So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish, beo‘rin so‘z aytmaslik.

  • Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik.

  • Gapirganda qaytariqlardan qochish kerak, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi.

Alisher Navoiyning muxlisi, shogirdi va do‘sti bo‘lgan mashhur voizlardan Husayn Voiz Koshifiy asosan ilmiy, siyosiy, ahloqiy, tashviq va targ‘ib ruhida va’zlar aytgan. Voiz Koshifiy Husayn Boyqaro Xurosonga podshohlik qilgan yillarida davlatning bosh voizi hisoblangan. Husayn Voiz va’zlarining ta’sirchanligi, xalqchilligi, jozibadorligi haqida ma’lumotlar bor.
O‘rta Osiyo notiqligining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o‘sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarining nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, maddohlar qasidaxonlar deb yuritilishi ham anash shundan dalolat beradi.
Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505), (Xuroson) "Futuvatnomai Sultoniy yoxud javomardlik tariqati" asarida ustoz-shogird munosabatlariga kеng to`xtaladi. "Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi dеb so`rasalar, irodat ustiga dеb javob bеrgin. Agar irodat nima dеb so`rasalar, samo va toatdir dеb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir dеb so`rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog`i bilan eshitish, chin kungli bilan qabo`l qilish va vujud a'zolari orqali amalga ado etishdir dеb ayt.
U shogirlikning 8 ta odobini ko`rsatadi:
1. Birinchi bo`lib salom bеrish.
2. Ustozning oldida oz gapirish.
3. Boshni oldinga egib turish.
4. Ko`zni har tomonga yugurtirmaslik.
5. Gap so`ramokchi bo`lsa oldin ustozdan ijozat olish.
6. Ustoz javobiga e'tiroz bildirmaslik.
7. Ustoz oldida boshqalarni g`iybat qilmaslik.
8. o`tirib turishda hurmat saqlash.
Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko`rsatadi. "Bilgilkim hеch bir ish ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo`lmagan".
Kimki ustozsiz ish boshlagan bo`lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo`l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, so`ngra o`zing ustoz bo`l ... Agar komil inson kim dеb so`rasalar, u pok mazxabli, o`z aybini ko`radigan dono va tamizli kishidir dеb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo`lmaydi.
O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyat zaminida yosh avlodniodobli, e'tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o`qituvchining xilmaxil faoliyatiga bog`liq: bolalarni o`qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bili shva o`tkazish, ota-onalar o`rtasida pеdagogik targ`ibot ishlarini olib borish va hakazo.
O`zbеkiston Rеspublikasi oliy ta'lim kontsеpsiyasida o`qituvchi mutaxassis oldida turgan vazifalar quyidagicha bеlgilanadi: - «Mutaxassis malakasi – chuqur ilmiy bilim, kеng»
Husayn Voiz Koshifiy – notiqlik, adabiyotshunoslik, fikh, ilmi nujum, tarix, hisob ilmi, uymakorlik va ganchkorlik va axloqqa doir asarlar yaratgan mutafakkirlardan biridir. Koshifiyning uqtirishicha insonni ta'lim-tarbiya orqali qayta tarbiyalash bilan aqliy qobiliyatni o’stirish mumkin. Buning uchun bolaga yaxshi ta'lim-tarbiya berish uni yaxshi sifatlarini o’stirishga, uni nojo’ya xatti-harakatlardan qaytarish lozim.
Alloma o’qituvchilarga bolalarni tarbiyalashda quyidagi usullarni qo’llashni ilgari surgan: nasihat, tanbeh berish, amru farmon, majburiyat qo’yish. Koshifiy o’z pedagogik qarashlarida bolalarga mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga alohida e'tibor berib, ota-onalar va muallimlardan shuni talab etadi. Bu masalad oilaviy va tashqi mhit muhim o’rin tutadi. Uning fikricha «murabbiy bolaga nasihat va ta'lim berishda lutf va odob qoidalarida qat'iy turishi, ularga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi. Balki xilvat joyda bolaga gapirish darkor. Agar murabbiy nasihat berishning fursati kelganini bilsa unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim. Chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe'l bo’lish maqsadga muvofiqdir».
Tarbiyachilik san'atida ustozni nihoyatda ulug’lab shunday yozadi:
Faromush qilmagilsan haqi ustod,
Ki oningdindurur ilmingga bunyod.
Agar ustodinga mehring yo’q o’ldi,
Degilkim ilmim mani mavq o’ldi.
Kishikim qildi ustodiga xizmat,
Zamoni o’tmadi tobti ul izzat.
Koshifiy yaxshi ustozdan olgan pand-nasihatga quloq solmay behuda yo’llarda yurgan farzand o’zini-o’zi rasvo qiladi, Deya nasihat beradi.
Nasriddin Tusiy o'zining «O'qituvchilarni tarbiyalash to'g’risida» degan asarida shunday deydi: «O’qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo'lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g’riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi dozim...
O'qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo'pol va qattiq bo'lishi mumkin emas. Dars paytida o'qituvchi o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin.
XVIII-XIX asrda davom etgan Turkistondagi jadidlar harakatining asoschilaridan biri, buyuk ma'rifatparvar o'qituvchi, mohir tadqiqotchi Abdulla Avloniy ta'lim tizimi, o'qitishni takomillashtirib, o'qituvchilar malakasini oshirish, bo'lg’usi o'qituvchini tayyorlash muammolariga mutlaqo yangicha yondashgan olimdir. Uning fikricha ijodiy izlanish, o'qish va o'qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o'qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir, - deb ta'kidlaydi.
Ahmad Donish (1827-1897) – matematika, falakiyot, geografiya, tibbiyot, tasviriy san'at, tarix va falsafiy bilimlarni mustaqil ravishda egallab, o’z davrining ilg’or bilimli kishisi bo’lib etishadi. U o’zining ta'lim-tarbiya, axloq va nafosatga doir fikr-mulohazalarini bir qator asarlarida ifodalagan mutafakkirdir.
Zukko olim kasb tanlash va uning odamlarga, jamiyatga foyda kkeltirishiga e'tibor berish kerakligi haqida bildirgan fikrlarida axloqmasalasiga katta e'tibor berganini ko’ramiz. U o’qituvchini talablarga kuchli ta'sir etuvchi shaxs deb biladi. Uning ta'kidlashicha, o’qituvchilik kasbini tanlaganlarning nopoklik niyatida bo’lishi hoyatla zarurlidir, chunki ular o’zlaridagi axloqiy buzuqlikni yosh avlodga tarqatadilar. Demak, Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy qiyofasiga katta e'tibor beradi. U o’qituvchidan yosh avlod manfaatinibirinchi o’qinga qo’yishni talab qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish, o’z bilimini oshirish va chuqurlashtirish uchun o’z ustida ko’p ishlashi lozimligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinadiki, Ahmad Donish o’qituvchi kasbiga nisbatan jiddiy talab qo’yadi. U go’zal axloqlilik va chuqur bilimdonlikni o’qituvchining beqiyos fazilati deb biladi. Zero, u o’qituvchi timsolida odamlar, binobarin yoshlar o’rtasida ilm-ziyo sochuvchi ma'rifatparvarni ko’rishni orzu qiladi.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1885-1919) – adabiyot, tarix, siyosatshunoslik, drammaturgiyani chuqur egallagan. U ma'rifat, ilm-fan, badiiy ijod sohasidagi butun faoliyatida millatimiz madaniyati, ma'naviyatining ravnaqi uchun kurashib, buyuk siymo sifatida shuhrat qozongan holda ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarni bayon etdi. Ustoz ta'lim-tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvaffaqiyatga erishishning birdan-bir yo’li o’lkada o’zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni rivojlantirish kerakligini bayon etadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi.
M.Behbudiy o’qituvchilarga qarata ta'lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi.
Shunday qilib, O'rta Osiyo mutafakkirlari va o'zbek ma'rifatparvarlari o'qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, ko'zlangan maqsadni amalga oshirish yo'lida jonbozlik, qat'iyatlilik ko'rsatishi, o'quvchilariing ruhiy dunyosiga to'g’ri yo'l topa olishi, ularga ta'sir o'tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas'ul shaxs sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar.
Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar o'qishni to’xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb haqqoniy aytgandir.
Bu haqiqatni yoshi qancha bo'lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
BOB. MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITIVCHI MAHORATI MASALALARINING O’RNI VA AHAMIYATI

Yüklə 103,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin