Danaboyeva Gulnozaning “Turli yosh guruhlarida bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodikasi” mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim - tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” vazifasi belgilangan.
Qaror ijrosiga binoan Uzluksiz ta’lim tizimida matematika fani uzviyligini ta’minlagan holda milliy o‘quv dasturi majmuasini tayyorlaning maqsad va vazifalar belgilandi.
Danaboyeva Gulnozaning “Turli yosh guruhlarida bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodikasi” mavzusini nazariy asoslagan va amaliy ahamiyatga ega bo’lib pedagogik amaliyot jarayonida samarali olib borilgan.,Mavzu puxta o’rganilgan va xulosalar chiqarilgan. Adabiyotlar ro’yxati keltirilgan manbalar kurs ishining mavzusini to’liq qamrab olgan.
I BOB. Turli yosh guruxlarida geometrik shakllar va obyektlarning shakli haqida g'oyalarni shakllantirishni pedagogik asoslari haqida yozilgan
II BOB. Turli yosh guruxlarida geometrik shakllar va obyektlarning shakli haqida g'oyalarni shakllantirishni loyihalashtirish.
Kurs ishining tuzulishi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragrif xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovadan iborat.
Kurs ishining umumiy hajmi 33 betni tashkil qilgan.Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil tayyorlangan statitik xatolarga yo’l qo’yilmagan.
Taqrizchi: ___________________________