NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Sirtqi (maxsus sirtqi)bo’limi
“Tasdiqlayman”
Sirtqi (maxsus sirtqi)bo’limi
__________S.Umarov
“____”______________2023 yil
“Maktabgacha ta`lim yo`nalishi” 3- kurs 307-guruh talabasi
Danaboyeva Gulnozaning “Turli yosh guruhlarida bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodikasi” mavzusiga yozgan
KURS ISHI
“Himoyaga tavsiya etilsin”
Kafedrasi mudiri:____________F.U.Jumanova
“____” _____________2023 yil
Ilmiy rahbar:”Maktabgacha ta’lim
metodikasi”kafedrasi
o’qituvchisi: Y. Rahmatova
____________________________________
Ro’yxatga olindi.
Sirtqi (maxsus sirtqi)bo’limi
“____”________________2023-yil
№____________
Toshkent-2023 Mundarija: Kirish. I BOB. TURLI YOSH GURUXLARIDA GEOMETRIK SHAKLLAR VA OBYEKTLARNING SHAKLI HAQIDA G'OYALARNI SHAKLLANTIRISHNI PEDAGOGIK ASOSLARI. 1.1. Bolalarning (xususiy kuzatish materiallaridan foydalanib) buyumlarning shakli va geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
1.2. Buyumlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati.
II BOB. TURLI YOSH GURUXLARIDA GEOMETRIK SHAKLLAR VA OBYEKTLARNING SHAKLI HAQIDA G'OYALARNI SHAKLLANTIRISHNI LOYIHALASHTIRISH. 2.1. Har xil yosh guruhlarida bolalarni buyumlarning shakllari va geometrik figuralar bilan tanishtirish.
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakl haqida g'oyalarni rivojlantirish bo'yicha ish usullari.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Kirish. Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim - tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” vazifasi belgilangan.
Qaror ijrosiga binoan Uzluksiz ta’lim tizimida matematika fani uzviyligini ta’minlagan holda milliy o‘quv dasturi majmuasini tayyorlaning maqsad va vazifalar belgilandi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari hamkorligida 32 nafar matematika fani mutaxassis olimlari, tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini tashkil etdi. Ular ko‘magida matematika fanidan har bir ta’lim turi uchun konsepsiyalar va alohida o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi portaliga (http://www.uzviylik.tdi.uz) joylashtirildi. Portalga 100 ga yaqin taklif va mulohazalar kelib tushgan.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Xususan,
Matematika fanidan mavjud o‘quv dasturlari qiyosiy jadvallar asosida tahlil qilindi. Birlamchi tahlillarga ko‘ra takrorlangan mavzular 9 ta, uzviyligi ta’minlanmagan mavzular 29 ta, yangilanishi zarur mavzular 94 ta, olib tashlanadigan mavzular 43 ta, xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha kiritaladigan mavzular soni 89 ta, boshqa ta’lim turiga o‘tkaziladigani 20 ta ekanligi aniqlandi va dasturlar to‘g‘rilandi.
To‘g‘rilangan o‘quv dasturlari ikkinchi marta ta’lim inspeksiyasi saytidagi (http://www.uzviylik.tdi.uz) muxokama portaliga joylashtirildi va ularga 150 dan ortiq takliflar bildirildi.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida matematika fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimining 2030-yilgacha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli Qarori, 2020-yil 7- maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli, 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PF-5812-son Farmoni 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari, 2025-yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.