Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi)bo’limi


Buyumlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati



Yüklə 126,29 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü126,29 Kb.
#204446
1   2   3   4   5   6   7   8
Nizomiy nomidagi

1.2. Buyumlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati.
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg’ulot ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan doirani, to’g’ri to’rtburchak bilan kvadratni va nihoyat, uchburchaklar bilan to’rtburchaklarni taqqoslashga oid bo’ladi.
Mashg’ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg’ulotning birinchi qismida geometrik figuralar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg’ulotning ikkinchi qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har xil mashqlar o’tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o’rgatiladi.
Mashg’ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik figuralar bilan bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma- ket savollar qo’yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va xossalariga, o’xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u qanday figurani eslatishini so’raydi. Bunda tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo’q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil bo’lganini ta’kidlaydi, bolalardan figurani stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan imasi bilan farq qilishini ko’rsatish uchun tarbiyachi ovalni doira ustiga qo’yishni, so’ngra doirani ovalning ustiga qo’yishni, doira o’rtasini topishni va unga nuqta qo’yishni hamda doira har xil tomonga – yuqoriga, chapga, o’ngga bir xil kengayishi yoki kengaymasligini qarashni maslahat beradi. Oval bilan ham xuddi shunday ish bajariladi. Boloalar odatda doira bor xil, oval esa uzoqroq, cho’ziqroq kengayishini ta’kidlab, to’g’ri xulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma –ket savollar beradi; o’xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagicha o’tkazilishi mumkin.
Tarbiyachi: Bu figuralar nima deb ataladi?
Bolalar. Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak.
Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Kvadrat oling va undan barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (bolalar kvadratning tomonlari va burchaklarini topishadi va ko’rsatishadi).
Tarbiyachi: To’g’ri to’rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to’g’ri to’rtburchakda nechtada tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va burchaklarni sanab chiqish o’arurligi aniqlanadi).

  • Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakda burchaklar soni tengmi?

  • Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqida nima deyish mumkin?

  • Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish mumkin.


Yüklə 126,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin