Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Mazkur kurs ishi “Bromid va yodid kislotalar,ularning xossalari,kislorodli birikmalari va qo’llanilishi” mavzusida yozilgan



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə2/13
tarix13.05.2022
ölçüsü41,82 Kb.
#57821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurs ishi .sevinch

Mazkur kurs ishi “Bromid va yodid kislotalar,ularning xossalari,kislorodli birikmalari va qo’llanilishi” mavzusida yozilgan.

KIRISH

Yurtimizda aynan fan va taraqqiyotga e’tibor sababli tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun yangi bosqich talab etilishini ko’rsatib bermoqda.Shu jumladan kimyoda asosiy tushunchalarning rivojlanishi yangi bo’lim sifatida o’rganilish joizligi isbotlab bermoqda.Shu bilan bir qatorda fanlararo inntegratsiya mavjudligi kimyoni fan sifatida rivojlanishiga turtki bo’ldi.Hammaga ma’lumki ushbu fan biologiya bilan han chambarchas bog’liq.

Shu o’rinda Prezidentimizning PQ-4805-son 12-avgust 2020 yildagi qarorini alohida ta’kidlab o’tish kerak.Unga ko’ra, kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida alohida to’xtalib o’tilgan.

Insoniyat yashayotgan muhitning ekologik muammolarini hal qilish, odamlar salomatligini saqlash maqsadida turli xil dori-darmonlar ishlab chiqish, qurilish matеriallarini ishlab chiqarish va bu borada yangi izlanishlar bilan shug’ullanish, turli xil yuvuvchi moddalar ishlab chiqarish hamda insoniyat hayoti uchun muhim bo‘lgan deyarli barcha narsalarning asosini bilib olishda talabalar umumiy kimyo fanini o‘rganishlari talab etiladi.



Boshqa fanlarga nisbatan kimyoni o‘rganish boshlang‘ich bosqichlarda ancha qiyin kechadi, chunki kimyoning o‘ziga xosligi uning maxsus fan ekanligidan dalolat beradi. Dastlab, kimyoni o‘rganishni boshlaganda hatto yangi tilni o‘rganishdek tuyiladi. Bundan tashqari, ayrim kimyoviy tushunchalar abstraktdir. Ammo shunga qaramay harakat qilish asosida yaxshi natijalar bilan o‘rganib olish mumkin. Bunga bir necha misollar keltirish mumkin. Kimyo fanini o‘rganishda muntazam darslarga qatnashish va diqqat bilan tinglash kerak. Tanqidiy fikrlash, bilganlarini tahlil qilish, fanga oid yangi teminlarni va tenglamalarni qo‘llash hamda o‘z bilganlarini boshqa kursdoshlar bilan muhokama qilib boorish kerak. Eng asosiysi, bilmagan va tushunmagan narsalarni o‘qituvchidan so‘rashda tortinmaslik zarur. Shundagina, kimyo fani murakkab formula, noma’lum raqamlar va abstract narsalardan emas, balki mantiqiy fan bo‘lib, uni o‘rganish asnosida qiziqarli g‘oyalar va takliflar hosil bo‘lishiga olib keladi.

Ushbu dastur kimyoviy elementlar va ular birikmalarining tuzilishi, xossalari haqidagi fan bo‘lib o‘z oldiga talabalarga kimyoviy elementlar xossalarini davriy qonun va davriy sistyema asosida modda tuzilishining hozirgi zamon ma’lumolariga suyangan holda nazariy kimyo tushunchalarini qo‘llab tushuntirishdan iborat.




Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin