To’yingan karbon kislotalarni tegishli uglevodorodlarning molekulasidagi H atomining o’rniga COOH gruppasi almashgan deb qarash mumkin;
Karbon kislotalarning umumiy formulasi:
Cn'H2n+1—COOH bilan ifodalanadi
Agar n=n + 1 deb qabul qilinsa CnH2nO2 Shuning uchun to’yingan karbon kislotalarning izomerlari soni molekulasida bitta H atomi kam bo’lgan spirtlar yoki galoidalkillarning izomerlari soni bilan bir xil bo’ladi.
Karbon kislotalarning birinchi vakili chumoli kislotasi: H—COOH
Ikkinchi vakili, sirka kislota:CH3—COOH
Yuqori karbon kislotalarni sirka kislotasining xosilasi deb, ya’ni mitel gruppasidagi H atomlarining alkilradikaliga almashgan holati deb qarash mumkin: U holda propion, yoki etan karbon kislotasi mitel sirka kislotasi deyiladi: CH3—CH2—COOH
IUPAC nomenklaturasiga ko’ra karbon kislotalarning nomi tegishli uglevodorodlarning nomidan kelib chiqadi
U holda chumoli kislotasining nomi metan kislotasi, sirka kislotasi – etan kislotasi bo’ladi;
Quyidagi tuzilishga ega bo’lgan kislota esa 3-metil butan kislotasi deyiladi:
CH3 CH CH3 COOH
CH3
Bundan tashqari yana bir qancha karbon kislotalarning formulalari quyida keltirilgan
Karbon kislotalarning trivial nomlari ham keng qo’llaniladi, masalan: chumoli, sirka, propion, moy, valerian, kapron, palmitin, stearin, malon, qaxrabo, adipin, limon, olma, vino, sutkislotalari
Radikalning tuzilishiga qarab kislotalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
aromatik
alifatik
alitsiklik va geterotsiklik
Karboksil gruppaning soniga qarab esa kislotalarquyidagicha klassifikatsiyalanadi:
Bir asosli
Ikki asosli
ko’p asosli
Karbon kislotalarning molekulalariga -OH, =CO, -NH2 gruppalarining kiritilishi esa oksi-, keto-, amino kislotalarning hosil bo’lishiga olib keladi.