2.2 Lavlagi avlodi Lavlagi avlodi (Beta). Bu avlod vakillari bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklardir. Ularning 10 turi ma'lum bo'lib, Kavkazda, Eronda, O'rta Dengiz bo'ylarida yovvoyi xolda o'sadi. Oddiy lavlagi-(B.rsulgaris). Bu ikki yilik o'simlik bo'lib, birinchi yili urug'dan uzun bandli, yirik qizilroq rangli to'pbarglar va oziq moddalarga boy yo'g'onlashgan"ildimeva" xosil qiladi. Ikkinchi yili sershox, bir oz uzun,uchlari to'pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. Sharsimon to'pgulda, ikki jinsli 5 ta gulqo'rg'on bargli 1-8 ta gullari bo'ladi. Changisi 5 ta bo'lib, gulqo'rg'on barglarning qarshisida joylashgan, urug'chisi 3 meva bargli, tugunchasi chala ostki bo'lib uyali. Mevasi gulqo'rg'on barglari bilan qo'shilib o'sgan yong'oqchadir. Lavlagining mevasi botanika nuqtai nazaridan qaraganda noto'g'ri bo'lsa ham aholi o'rtasida urug' deb yuritiladi. Ekiladigan lavlagi navlari ko'p bo'lib ular 4 xilga bo'linadi.
1. Qand lavlagi-ildizmevasi cho'zinchoq noksimon yoki cho'ziq bo'ladi tarkibida 22 foizgacha qand bo'ladi.
2.Xashaki lavlagi-ildizmevasi ancha yirik,lekin tarkibida qand oz bo'ladi.
3.Osh lavlagi yoki sabzavot lavlagi.
4. Barg lavlagi yoki mongold,uning qalin sershira bargi bo'lib, u ovqatga ishlatiladi.
Sho'ra avlodi-(Chenopodium). Bu avlod vakillari bir yillik,ikki yilik va ko'p yillik buta o'simliklaridir.Oq sho'ra (Ch.abbum). Bir yillik, sershox, barglari bandli 2 tomonidan unli g'uborlar bilan qoplangan o'simlikdir. Bu eng ko'p tarqalgan begona o'tlardan biri bo'lib, sug'oriladigan ekinlar orasida o'sadi.
Sassiq sho'ra-(Ch.vilvaria). O'ziga xos o'tkir xid chiqaradigan bir yillik begona o'tdir. Barglarning 2 tomoni ko'kimtir, gulqo'rg'oni unsimon g'uborli bo'ladi. Sug'oriladigan ekinlar bilan birga, shuningdek, xovlilarda, yalangliklarda uchraydi. Tereksen (Eurotia), izen (K.prostrata)saksovul (Haloxylon) va x.k shu oila vakillaridir. Shirali sho'ralar sho'r bosgan tuproqda o'sadigan. Ularda suv saqlovchi to'qimalar borligidan bu o'simliklar tuzni juda ko'p singdiradi. Shirali sho'ralar tarkibidagi kul moddasi miqdori jihatida boshqa o'simliklardan ro'yrost ajralib turadi. Ulardagi quruq modda miqdori o'simlik og'irligining 50% ni tashkil qiladi. Masalan; qizil sho'ra (Salicornia herbacea). Ko'pchilik sho'ralarda poyasining tagi yog'ochlanadigan bo'ladi. Ular ba'zan aylanasi 70 sm ga boradigan va bundan ham oshadigan katta - katta butalar holida o'sadigan bo'lganidan o'tin o'rnida ishlatiladi, sahro va yarim sahro rayonlarida iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Sho'radoshlarning keng tarqalgan vakillaridan biri oddiy lavlagidir. Oddiy lavlagi-lavlagi turkumiga mansub ikki yillik o'simlik. U urug'dan chiqgan birinchi yili uzun bandli yirik barglardan tashkil topgan va oziq moddalarga boy, yug'onlashgan ildiz (ildiz meva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayda bargli, biroz uzun, sershoh, uchi to'pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. U moy oyida gullaydi, gullari mayda, shohlari uchidagi barg qo'ltig'ida joylashgan topgullarda o'rnashgan. Gulqo'rg'oni oddiy, besh bargchali, changchilari beshta, gulqo'rg'on bargchalari qarshisida joylashgan. Urug'chisi uchta mevabargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Tugunchasi bir uyli. Lavlagining mevasi sentabrda pishadi. Uning mevasi gulqo'rg'on bargchalari bilan qo'shilib o'sgan yong'oqchadir. Qizilcha (Burak) - ovqatga ishlatiladi, tarkibida 82,2% su v, 1,8% azotli moddalar, 14,4% uglevod, 0,7% kletchatka. S, V, RR vitaminlar, organik kislotalar va boshqalar bor. Gekta- ridan 500 s gacha hosil olinadi. Xashaki lavlagi - molga beriladigan sersuv oziq 100 kg ildnzmevasi tarkibida 12,4, bargida 9,3 oziq birligi, sigirlar sutini ko‘paytiradigan, oson hazm bo‘luvchi uglevod va pektin moddalar bor. Uning «pushkinskaya ploskaya» navi eng teznishar hisoblanadi. Lekin bu nav safati va saqlanishi jihatidan «gribovskaya ploskaya», «polyarnaya ploskaya» deb ataladigan tezpishar navlarga teng kelolmaydn. Lavlagining o‘rtapishar navlari qatoriga «nesravnennaya» va «bordo» navlari kiradi. «Podzimka» nav esa kuzda ekilib undan kelgusi yili hosil olishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston sharoitida lavlagi martning oxiri va apryelning boshlarida eqiladi. Bu muddatda ekilgan lavlagidan mo‘l hosil olish mumkin. Kechki lavlagi urug‘lari ekishdan oldin ivitilib undiriladi, so‘ngra sug‘orilgan nam tuproqqa ekilishi shart. Uning urug‘lari qator oralari 50-60 sm dan bo‘lgani holda qo‘shqator qilib eqiladi. Qo‘shqator orasi 15 sm, har bir satordagi ekin oralig‘i 5 sm dan oshmasligi kerak. Urug‘lar tuproq nami kamroq bo‘lganda chuqurroq (4-5 sm), nam tuproqli yerlarda 2-3 sm chuqurlikka ko‘miladi. Lavlagini parvarish qilishdagi muhim tadbir yagana qilishdir. Odatda lavlagining bitta urug‘idan bir necha o‘simlik unib chiqadi. Uning keyinchalnk avj olib o‘sishini ta'minlash uchun nihollar paydo bo‘lgan davrda darhol ortiqcha tunlari olib tashlanadi. Lavlagi to‘plarida ikkita barg hosil bo‘lganda birinchi marta yagana qilinib, keyinchalik bu ish yana 2-3 marta takrorlanadi. So‘nggi yaganalashdan so‘ng har 10 sm masofada bittadan o‘simlik qoldiriladi. Keyingi yaganalashlarda yolib olingan o‘simliklarni ovqatga (ko‘kat sho‘rva) qo‘shib ishlatish ham mumkin. Har galgi yaganalash paytida begona o‘tlar ham yolib tashlandi. Uning 400 dan ortiq turi kattalashadi. Qand lavlagi qimmatli sabzavot o‘simligi bo‘lib, uni asosan qand ishlab chiqarish uchun eqiladi. Ildizmevasi tarkibida 16-22 prosent qand bo‘ladi. Qand inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Qand lavlagini qand zavodida qayta ishlash mahalida, hosil bo‘ladigan chiqindisi tarkibida qand moddasi bo‘ladi. Qandi olingandan qolgan turli va chiqindilari to‘yimli oziq sifatida chorva mollariga beriladi. Qand lavlagi va boshqa ildizmevalarning hosili yig‘ib terib olingandan keyingi chiqindilari - barglar, ildizmevalarning tubi va uchki qismi yangiligicha, quritilgan va siloslangan holda mollarga beriladi. Qand lavlagining o‘zi ham sershira oziq sifatida chorvachilikda foydalaniladi.
5-rasm--qand-lavlagi.
Qand lavlagi to‘yimliligi jihatidan boshqa ildizmevalar va tugunak mevalardan yoqori turadi. Qand lavlagi serhosil o‘simlik bir gektar yerdan o‘rtacha 25-30 tonna kand lavlagi hosili olish mumkin. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklar 50 tonna va undan ham ortiq lavlagi hosili yetishtirmoqdalar. Qand lavlagi va boshqa ildizmevalilar ikki yillik o‘simlik bo‘lib, urug‘idan birinchi yili ildizmeva, keyingi yili esa urug‘ beradi. Ildizmevali o‘simliklarda ildizmevalarning shakli bir xil bo‘lishiga qaramay, ularning tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi. Qand lavlagi va boshqa ildizmevalar uch qismdan: bosh, bo‘yin va haqiqiy ildizdan iborat (5 rasm). Bosh qismida barg va poya kurtaklari bor. Shu kurtaklardan gul poya rivojlanadi. Undan pastroqda bo‘yin qismi joylashgan bo‘lib, unda barg va yon ildizlar bo‘lmaydi. Haqiqiy ildizi uning pastki konussimon qismidir. Uning qaramaqarshi tomonida bo‘ylama egati bo‘lib, ulardan yen ildizlar o‘sib chiqadi. Ildizmevaning bosh qismida barglar joylashgan bo‘lib, lavlagida barg bandi va barg shapalog‘i bo‘ladi. Bargning usti sillik yoki burtiklidir. Sabzida esa barglari patsimon qirqilgan bo‘ladi Qand lavlagi va osh lavlagida gullar poya bo‘ylab barg qo‘ltig‘ida joylashadi, mevasi yeng‘oqqa o‘xshash yog‘ochlangan qalin qobiqli bo‘ladi. Yetilgan mevalar sarg‘ayadi. Sabzining to‘pguli soyabonga o‘xshash bo‘ladi.