Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Sho‘radoshlar oilasi vakillarining tabiatdagi ahamiyati



Yüklə 276,52 Kb.
səhifə7/8
tarix10.12.2022
ölçüsü276,52 Kb.
#73722
1   2   3   4   5   6   7   8
2.4 Sho‘radoshlar oilasi vakillarining tabiatdagi ahamiyati
Bu oilaga deyarli hamma qit’alaming sahro va cho‘llarida, qumlarda va sho‘rtob yerlarda o‘sadigan 1500 turga oid daraxtlar, butalar, yarim butalar, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik o‘tlar kiradi. Bu o‘simliklar ko‘pincha etdor-sersuv bo‘ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o‘mashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo‘qolib ketgan- lari ham bor. Gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to‘pgulda o‘mashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, kosachasimon, 5 ta yashil yoki rangsiz pardasimon barg- chalardan tashkil topgan yoki gulqo‘rg‘on butunlay yo‘qolib ketgan. Changchilari 2-5 ta. Urug‘chisi 2-5 mevabargdan iborat. Mevasi asosan yong‘oqcha. Sho‘radoshlaming keng tarqalgan vakillaridan biri oddiy lavlagidir Oddiy lavlagi - lavlagi turkumi- ga mansub ikki yillik o‘simlik. U urug‘dan birinchi yili uzun bandli yirik barglar va oziq moddalarga boy, yo‘g‘onlashgan ildiz (ildizmeva) hosil qiladi. Ikkinchi yili unda mayda bargli, sershox, uchi to‘pgullar bilan tugovchi novda vujudga keladi. U may oyida gullaydi. Gullari mayda. Gulqo‘rg‘oni oddiy, gulkosachasimon, changchila- ri 5 ta. Urug‘chisi 3 ta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Lavlagining mevasi yon- g‘oqcha, sentabrda pishadi. Sho‘radoshlarga mansub ismaloq turkumining 0 ‘zbe- kistonda 2 turi o‘sadi. Ulardan bin rezavor ismaloq bo‘lib, u ziravor o‘simliklar qatorida ekiladi. Rezavor ismaloq bir yillik o‘simlik, poya va barglari ovqatga ishlatiladi Ddrin- chisi Turkiston ismalog‘i. U bir yillik, ikki uyli begona o‘t. Qumli cho‘llarda saksovul turkumiga oid oq va qora saksovul o‘sadi. Bulaming ikkalasi ham uncha yirik bo‘lmagan daraxtlardir. Barglari juda mayda. Saksovullar martning oxiri - aprelning boshlarida o‘sa boshlaydi va gullaydi. Sen- tabming ikkinchi yarmidan boshlab saksovullaming yon- g‘oqcha mevalari yetiladi. 5 ta gulqo‘rg‘on bargchalardan qanotchalar hosil bo‘ladi. Saksovul barglarining mayda, tangachasimon bo‘lishi va bir yillik novdalaidan bir qismining to‘kffishi uning issiq va quruq ho‘l sharoiti la yashashga moslashganligining belgisidir.

Xulosa
Bu oilaga 100 dan ortiq avlod va 1500 tur kirib,shundan O‘zbekistonda 43 avlod va 180 turi o‘sadi. Bu oila vakillari qiyofasi xar xil bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar, chala butalar, ba’zan, buta va kichik-kichik daraxtlar kiradi. Ko‘pincha sersuv, tuksiz yoki har xil tukli bo‘ladi. Barglari yon bargsiz, plastinkasi va bandi yaxshi taraqqiy etgan yoki reduksiyalangandir: ba’zan butunlay bo‘lmaydi. Plastinkasi yirik, yassi shakllaridan tortib, ipiksimon, bigizsimon va silindirsimonlari ham bo‘ladi. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli bo‘lib,to‘pgulga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni 1-5 ta yashilroq yoki oqish pardasimon barglardan tuzilgan.Gullarda 1-5 ta changli bo‘lib, ular gulqo‘rg‘on barglari ro‘parasiga joylashadi.Urug‘chisi 2-5 mevabargchadan tuzilgan.Tugunchasi ustki, bir uyali va bir urug‘kurtak. Shamol yoki xashoratlar yordamida changlanadi. Mevalari yong‘oqcha yoki rezavor, ba’zan to‘pmeva bo‘ladi. Lavlagi avlodi (Beta). Bu avlod vakillari bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning 10 turi ma’lum bo‘lib, Kavkazda, Eronda, O‘rta Dengiz bo‘ylarida yovvoyi xolda o‘sadi.


Yüklə 276,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin