Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Sho’radoshlar oilasiga mansub kamyob o’simliklar



Yüklə 276,52 Kb.
səhifə6/8
tarix10.12.2022
ölçüsü276,52 Kb.
#73722
1   2   3   4   5   6   7   8
2.3 Sho’radoshlar oilasiga mansub kamyob o’simliklar
Climacoptera oxyphylla: Kamyoblik darajasi 1. O'zbekistonning janubiy qismida kichikmaydonda saqlanib qolgan endem o'simlik.Qisqacha tavsifi.Bo'yi 10-15sm, asosidan shohlagan, bir yillik o't. o'simlikningpastki qismi qalin, yuqori qismi esa siyraklashgan, uzun, ko'p hujayrali, chalkash, yarim yotiq tuklar bilan qoplangan. Shohchalari va barglari ketma-ket joylashgan, poyadagi barglarining bandi poyasiga yopishgan. Barglari o'tli, qalami yarim silindrsimon, uchi o'tkir, bargining uchi G'uj tukli. Gullari yakka, ro'vaksimon to'pgulga yig'ilg'gan. Guloldi bargi etli, uchi o'tkir, yonbargcha va gul qo'rg'onlardan uzunrog'i. Gulqo'rg'oni 5 bargchali, uzunligi 6 mm, mevalagan paytida yuqori qismi tukli qanotchalar hosil qiladi. Changchisi 5 ta. Tumshuqchasi bigizsimon, gulqo'rgoni qisqa. Urug'i yotiq joylashgan.
Tarqalishi.Surhondaryo viloyati: O'zbekistonning janubida Sherobod vodiysidagi Maydon qishg'log'i atroflarida tarqalgan.
O'sish sharoiti.Ochiq ola jinsli yerlarda o'sadi.
Soni.Kam uchraydi, yakka-yakka holda o'sadi.
Ko'payishi.Urug'idan ko'payadi.
O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari.Ola jinsli yerlarda o'sishi va u o'sgan erlarda chorva mollarining boqilishi uning kamayishiga sabab bo'lmoqda.
Madaniylashtirilishi. Madaniylashtirilmagan.

O'tkirbarg baliko'z
O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari.Ola jinsli yerlarda o'sishi va u o'sgan
erlarda chorva mollarining boqilishi uning kamayishiga sabab bo'lmoqda.
Madaniylashtirilishi. Madaniylashtirilmagan.
Muhofaza choralari.Mahsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Chorva mollarini boqishni (ayniqsa o'simlikning urug'i etilgan davrda) cheklash lozim.
Climacoptera malyginii (Korovin ex Botsch.) Botsch Kamyoblik darajasi 2. Mirzocho'lda tarqalgan kamyob endemic tur. Qisqacha tavsifi. Bir yillik, o't o'simlik, bo'yi 30-35 sm, yoshligida uzun, ingichka, chalkash tukli, keyinchalik tuksizlana boshlaydi. Barglari etli, qalami, uchi to'mtoq. Guloldi barglari poyaning pastida gulyonbargchalardan uzun, yuqorisida ulardan qisqa. Gulyonbargchalari gulqo'rg'onidan qisqa, tuhumsimon. Gulqo'rg'on bo'laklari nashtarsimon, tuksiz, mevasi etilishi bilan yarmidan pastida qanotchalar paydo bo'ladi. Changdonining uzunligi 1,5 mm, yarmigacha bo'lingan, uchidagi bo'rtmasi pufaksimon. Urug'chisi gulqo'rg'onidan uzun. Iyun- sentyabr oylarida gullab, mevasi etiladi.


Maligin baliqko'zi
Tarqalishi.Endem. Sirdaryo vohasida (Mirzacho'lda) tarqalgan (Sirdaryo viloyati.).
O'sish sharoiti.Sho'rhok tuproqlarda o'sadi.
Soni.Siyrak holda o'sadi. Soni aniqlanmagan.
Ko'payishi.Urug'idan ko'payadi. O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari.Bu tur tarqalgan joylarda dehqonchilik qilinishi va mol boqilishi tufayli kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi. Ma'lumotlar yo'q.
Muhofaza choralari.Muhofaza qilinmaydi.
Climacoptera amblyostegia (Botsch.) Botsch.
Kamyoblik darajasi 2. Qizilqum va Mirzocho'lda tarqalgan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi.Bir yillik, o't o'simlik, bo'yi 5-30 sm, asosidan shohlangan, yoshligida tukli, keyinroq tuksizlanadi. Barglari etli, qalami, uchi to'mtoq. Guloldi bargi kichikroq, gulyonbargchalardan uzun. Gulyonbargchalari tuhumsimon, o'rtasidan pastrog'ida qanotchalari bor. Changdon bo'rtmasi pufaksimon. Iyul-sentyabrda gullab, mevasi etiladi.
Tarqalishi.Sirdaryo viloyati: Mirzacho'lda tarqalgan. O'zbekistondan tashqari Qozog'istonda ham tarqalgan.
O'sish sharoiti. Sho'rhok tuproqlarda o'sadi.


To'mtoq gulyonbargchali
Soni.Kichik-kichik jamaolar hosil qilib o'sadi.
Ko'payishi.Urug'i orqali ko'payadi.
O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Erlarning dehqonchilik uchun o'zlashtirilishi va mol boqilishi tufayli qisqarib ketgan.
Madaniylashtirilishi.Ma'lumotlar yo'q.
Muhofaza choralari.Muhofaza qilinmaydi.
Olabuta eshaksho‘ra (Atriplex L.) — sho‘radoshlarga mansub bir yillik o‘tsimon yoki yarim buta o‘simliklar turkumi. O‘zbekistonda O.ning maydagul O. (A.mierantha C.A.Mey.), tatar O.si (A.tatarika L.), yelpig‘ichsimon O. (A.fl abellum Bgge.) turlari uchraydi. Poyasi tik, shoxlanib o‘sadi, bo‘yi 1 m yoki undan ortiq. Barglari bandli, unsimon, kumushrang g‘ubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. To‘pguli boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urug‘i yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 mm. Iyuldan sent.gacha gullaydi va meva tugadi. Bir o‘simlik 100 mingga yaqin urug‘ beradi, to‘kilgan urug‘lari bahorda yana unib chiqadi. Begona o‘t sifatida yo‘l yoqasida, ekin-zorlar orasida va tashlandiq yerlarda o‘sadi. Kurash choralari: almashlab ekish, kultivatsiya; urug‘larni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qo‘llaniladi

Yüklə 276,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin