Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O‘zbek tilining davlat tili sifatida tan olinishi



Yüklə 367 Kb.
səhifə2/5
tarix01.01.2022
ölçüsü367 Kb.
#50765
1   2   3   4   5
O'zbek tili mustaqil ta'lim-1

2.1. O‘zbek tilining davlat tili sifatida tan olinishi

Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi. O’zbek tiliga O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. 1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.

Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash, o’zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi. Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Maqsad esa ayon – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirishda yuqori natijalarga erishish. O‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasi kengayib, undan davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanish taʼminlanadi. Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi, barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsata boshlaydi.



Yüklə 367 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin