Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir



Yüklə 367 Kb.
səhifə5/5
tarix01.01.2022
ölçüsü367 Kb.
#50765
1   2   3   4   5
O'zbek tili mustaqil ta'lim-1

 har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir.

Shu ma’noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.

Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bu tarixiy voqeadan so‘ng lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish haqida yana bir muhim qonun qabul qilindi.

Bugun jonajon O‘zbekistonimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo‘llanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.

Davlatimiz tomonidan ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan o‘nlab farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda. Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritadigan yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, nashriyotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil etilayotganini qayd etish lozim.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda folklorshunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yo‘nalishlar ochildi. Bu borada yangi o‘quv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qo‘llanmalar, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirilayotgani g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Azim poytaxtimiz markazidagi Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyoboni bunyod qilinmoqda. Bu go‘zal maskanda barpo etilayotgan yodgorlik majmualari adabiyotimizning buyuk namoyandalari, o‘zbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bag‘ishlangani ayniqsa e’tiborlidir. Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida, yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo o‘zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Hozirgi vaqtda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda. O‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda.Shu borada mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoshida «O‘zbek tilining do‘stlari» klublari tashkil etilayotganini biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sizlarga yaxshi ma’lum, yaqinda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi. Kengash sammitida bildirgan tashabbuslar, xususan, qardosh xalqlar adabiyotining eng sara namunalari mujassam bo‘lgan yuz jildlik «Turkiy adabiyot xazinasi» kitoblar turkumini a’zo davlatlarning ona tillarida nashr etish taklifimiz ijobiy qabul qilindi. Bu tuzilma davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Ayni paytda dunyoda ilm-fan va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Natijada, hayotimizga chetdan ko‘plab yangi tushuncha, so‘z va iboralar kirib kelmoqda.

Dono xalqimiz «Til bilgan — el biladi» deydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna ko‘rsatganlar. Xususan, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz o‘nlab tillarni puxta bilganlari uchun ham jahon ilm-fanining yuksak cho‘qqilarini zabt etganlar.

Bugungi kunda yurtimizdagi ta’lim maskanlarida ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, italyan, arab, fors, turk, xitoy, yapon, koreys, hind va urdu tillari chuqur o‘qitilayotgani bu an’analar davom etayotganining yorqin ifodasidir.

XX asr boshida olti tilli — o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan Ishoqxon Ibratning mana bu hikmatli so‘zlarini eslatmoqchiman: «Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir».



XULOSA

Ona tilimiz — milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Davlat tiliga bo‘lgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik mamlakatimizda bundan buyon ham izchil davom ettiriladi. Ma’lumki, Vatanimiz necha yuz yillar mobaynida buyuk sivilizatsiya va madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan. Qadimdan diyorimizda xalqimiz bilan birga turli millat vakillari yelkadosh, ahil va hamjihat bo‘lib, tinch va osoyishta muhitda yashab keladilar. O‘z tilini hurmat qilgan ma’rifatli el boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. O‘zbekistondagi bag‘rikenglik siyosati tufayli, hozirda yurtimizda yagona oila bo‘lib yashayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga o‘z ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda. Toshkent shahri va joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.



Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida faoliyat olib borayotgani xalqaro jamoatchilik tomonidan ijobiy hodisa sifatida e’tirof etilmoqda.
Yüklə 367 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin