Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Xiva xonligining mustamlakachilik asoratiga tushishi.Gandimiyon shartnomasi



Yüklə 139,41 Kb.
səhifə4/7
tarix20.11.2023
ölçüsü139,41 Kb.
#164871
1   2   3   4   5   6   7
1 Orzubek O\'zb kurs ishi(1)

1.2.Xiva xonligining mustamlakachilik asoratiga tushishi.Gandimiyon shartnomasi
1873 yilning 12 avgustida Gandimiyon bogʼida Xiva xoni Said Muhammad Rahim Bahodirxon va Rossiyaning xonlikka bostirib kirgan qoʼshin qoʼmondoni, Turkiston general- gubernatori general-adʼyutant fon Kaufman tomonidan sulx bitimi imzolandi. Sulh shartlari Kaufman tomonidan tayyorlangan boʼlib, unga koʼra xonlikning barcha erk-ixtiyori deyarli toʼligʼicha Rossiya mustamlakachilari izmiga oʼtadi. Uning birinchi bandida: «Said Muxammad Raxim Bahodurxon oʼzini butun Rossiya Imperatorligining itoatkor xizmatkori, deb biladi. U qoʼshni xokimiyatlar va xonliklar bilan xar qanday doʼstlik munosabatlari kilishdan, ular bilan savdo va boshka har qanday shartnomalar tuzishdan voz kechadi xamda Rossiyaning Oʼrta Osiyodagi Oliy darajadagi xokimiyati ijozatisiz ularga kartpi xech qanday harbiy harakatlar qilmaydi»', - deyili- shining oʼzi buning dalilidir4.
Shartnomaga asosan Аmudaryo Xiva xonligi bilan Rossiya oraligʼidagi chegara kilib olindi. Chegara Kukertlidan daryo boʼylab uning gʼarbiy irmogʼi ajralishi joyiga kadar va oʼsha joydan irmok boʼylab uning Orol dengiziga kuyilishi joyiga kadar; undan dengiz boʼylab Urga burniga va undan esa Ust-yurt etagi va Аmudaryo eski oʼzani bilan janubga - Kaspiy tomon choʼzilib ketadi2. Natijada Xiva xonligining Аmudaryo oʼng tomonidagi butun yerlari axolisi va xonlik fukarolarining u yerlardagi barcha mulklari bilan istilochilar ixtiyoriga oʼtib ketdi. Shu bilan Xiva xonligi amalda Аmudaryodan erkin foydalanish huquqidan ham mahrum boʼldi.Chunki shartnomada Rossiya paroxodlariga Аmudaryoda cheklanmagan erkin suzish huquqi berilishi, Xiva va Buxoro xonliklari kemalari esa bunday huquqdan faqat Rossiyaning Oʼrta Osiyodagi Oliy darajadagi hukumati ijozati bilangina foydalanishlari mumkinligi koʼrsatiladi1. Buning ustiga, shartnomada daryoning chap kirgʼogʼi - Xiva xonligi yerida ruslar oʼzlariga maʼkul koʼrgan joyida paroxod va kemalariga pris- tanlar barpo qilish xuquqiga ega boʼlgan holda, ularning xavfsizligi uchun ham Xiva hukumati.javobgar boʼlishi zarurligi qayd qilinadi. Natijada shartnoma asosida mustamlakachi savdogarlar Аmudaryoning chap kirgʼoqlarida koʼplab pristanlar, omborlar kurdilar. Ular xonlikning barcha shaxarlarida, hatto uning Ilonli, Oktepa kabi turkman ovullaridagi chekka joylarida ham savdo nuktalarini, omborlarini barpo qilib, oʼzlarining savdo agentlarini koʼydilar.Bitim shartnomasida Rossiya savdogarlariga xonlikda cheklanmagan darajada xuquq va imtiyozlar berilgan: Аmudaryoning chap tomonida rus savdogarlariga omborlar, savdo kontoralari, magazinlar, xoʼjalik firmalari va ularning xizmatchilariga binolar kurishlari uchun ehtiyojlari darajasida yerlar ajratilishi va ularning xavfsizligi ham toʼligʼicha xon hukumati zimmasiga yuklatildi1. Xonlikning barcha shahar va qishloqlari Rossiya savdosi uchun ochib qoʼyildi. Rossiyaning savdogarlari va karvonlari butun xonlikda yurib, erkin savdo qilishlarini va ularning xavfsizliklarini ham Xiva hukumati oʼz javobgarligiga oldi.
Xonlikda savdo kiluvchi Rossiya savdogarlari zakot va boshka harqandaytoʼlovlardanozodqilinib,Xiva va xonlikning boshqa shaharlarida oʼz agentliklariga ega boʼlish va xonlik orkali qoʼshni davlatlarga tovarlarini bojsiz oʼtkazish hukukiga ham ega edilar.5
Sulh bitimida Rossiya fukarolariga xonlikda koʼchmas mulkka ega boʼlish hukukining beril ishi va ularning soliqqa tortilishi esa Oʼrta Osiyodagi Rossiya hukumati ruxsati bilangina amalga oshirilishi' mumkinligi xam rus mustamlakachilarining xon- lik boyliklarini egallashlariga, ularni Rossiyaga olib chiqib ketishlariga cheksiz imkoniyatlar berdi. Gandimiyon sulx bitimi bergan bunday imkoniyatlar asosida mustamlakachilarning Xiva xonligidagi talonchilik harakatlari, ularning koʼchmas mulk yaratish va unga egalik kilish yoʼlidagi tadbirlari nixoyatda ochkoʼzlik bilan va tezda boshlanib ketdi.
Mazkur sulh bitimi shartlari rossiyaliklarning xivalik fuqarolar ustidan huquqiy ustunligini ham taʼminladi. Jumladan, bitimda rossiyalik fuqarolarning xivaliklarga nisbatan boʼlgan daʼvo va shikoyatlari xon hokimiyati tomonidan zudpik bilan tergov qilinib, ularning talablari qondirilishi; rossiyaliklar bilan xivalik fuqarolarning bir-birlariga qarzlarini qaytarish munosabati bilan yuzaga chiqqan eʼtirozlar koʼrilgan paytda xivaliklarga nisbatan rossiyaliklarga yengillik berilishi; xivaliklarning rossiyalik fuqarolarga nisbatan daʼvo va shikoyatlari boʼlgan taqdirda (xonlik hududi ichkarisida yuz bergan takdirda ham) tergov rus amaldorlariga topshirilishi shartligi kayd kilinganligi2 buning guvohidir. Shunga asosan xivalik fukarolarning rossiyaliklar bilan bogʼliq boʼlgan daʼvo va shikoyatlari mustamlakachilarning xonlik xududida tashkil kilgan mirovoy sudlari tomonidan koʼrib chiqilishi tartibi joriy qilindi. Xivaliklar hukukining oʼz vatanida poymol qilinishi hatto shu darajaga borib yetdiki, 1916 yil yanvarida Аsfandiyorxon huzuriga oʼz dardi-holi toʼgrisida shikoyat qilishga poytaxtga borgan xivaliklar rus harbiylari tomonidan soʼrok kilinib, kamokqa hukm etildilar.
Sulh bitimida Said Muhammad Rahim Bahodur xon tomonidan 1873 yil 12 iyunda eʼlon qilingan, xonlikdagi barcha asirlarni ozod qilish, qullikni va kishilar bilan
savdo qilishni abadiy tugatish toʼgʼrisidagi farmon ham qayd qilinadi1. Mazkur farmon xon amaldorlari tomonidan darhol ijro qilinib, qullar ozod kilingan edilar.
Gandimiyon sulh bitimining oxirgi, 18-bandida «Mazkur urushni xon hukumati va Xiva xalklari oʼzlari keltirib chikarganliklaridan Rossiya xazinasining urushdagi sarf- xarajatlarini koplash uchun Xiva xonligiga 2 million 200 ming rublь miqdorida tovon solinadi»,- deyiladi. Bu tovon xivaliklar yelkasiga mustamlakachilik zanjirining nihoyatda ogʼir xalqasi boʼlib tushgan edi. Xivaliklar 20 yil davomida boskinchilarga tovon toʼladilar. Bu tovon, shusiz xam turli- tuman yigʼimlardan kaddini koʼtara olmayotgan fukarolar gardannga yanada ogʼir yuk boʼlib t^shdi. Xivaliklarni urushga sababchi qilib koʼrsatib, ularni katta miqdorda tovon toʼlashga majbur kilishi Rossiya ochkoʼzlarining oʼz bosqinchiligini oklashi yoʼlidagi tovlamachiligi edi. Rossiya mustamlakachilari Markaziy Osiyoning boshka xalklariga nisbatan ham xuddi shunday boskinchilik, talon-toroj, ommaviy qirgʼinlarni amalga oshirgan edilar.
Rossiya Davlat gumanitar universiteti rektori Yuriy Аfanasev «Аrgumentm i fakt)» gazetasining 1997 yil 46-sonida «Rossiya hukumati xususida (knyazlar, podsholar va imperatorlar davri)» nomli maqolasida Rossiyaning tajovuzkorligi, bosqinchiligi Moskvaning yuksalishi davridan boshlangan, Rossiya doimo oʼziga yangi yerlarni bosib olish, koʼshib olish bilan kun koʼrdi; Rossiya tarixida qandaydir nisbatan biror davomli davr boʼlgan emaski, u urush qilmagan yoki bosib olmagan boʼlsin, deganida haq edi.Gandimiyon sulh bitimi Rossiya hukumati tomonidan Xiva xonligiga nisbatan mustamlakachilik bitimi boʼlib, uning barcha shartlari boskinchilar tomonidan zudlik bilan ochkoʼzlarcha amalga oshirilishga kirishildi.Mustamlakachilar hatto Pyotr I davrida Аmudaryoni eski oʼzaniga burish, daryo suvini yana Sarikamish koʼliga kuydirib, ular boʼilab kema katnovini yoʼlga solish va koʼplab yangi yerlarni ishga solib, u yerlarda rus poselenielarini barpo qilishni rejalashtirgan edilar.6 Shu maksadda eski daryo oʼzani boʼylab rus irrigator-injenerlari tezda kidiruv-tekshiruv ishlarini boshlab yubordilar.Bu ishlar, avvalo. Xiva xonligi istilosining keyingi (1874) yilidayoq boshlangan boʼlib, «Rossiya Imperatorlik jugʼrofiya jamiyati» tomonidan Аmudaryo ilmiy ekspediiiyasi tashkil kilingan edi. Uning polkovnik Tillo boshchiligidagi boʼlimi Orol va Kaspiy dengizlari oraliklaridagi past-balandliklarni oʼlchash bilan; general Stoletov boshchiligidagi boʼlimi esa Аmudaryo quyi qismi va Qizilqum saxrolarida suv, ob-xavo va tabiiy-tarixiy sharoitni kuzatish bilan shugʼullandi. Shunday bir paytda «Tabiat xodisalarini tekshirish Sankt-Peterburg jamiyati» tomonidan Kaspiy, Orol va Ust-Yurtning tabiiy- tarixiy xususiyatlarini oʼrganishga bagʼishlangai ekspeditsiya ham ish olib bormoqda edi. Xiva xonligiga gepsral Kaufmanning bosqinchilik yurishi jarayonida esa xonlikda ular kadami yetgan yerlarda topografik jixatdan suratga olish va astronomiyaga oid ishlar amalga oshirildi. Xonlik egallanishi bilanok Urun daryosidan Sariqamipggacha va Аmudaryoning quyi qismini oʼrganish uchun Urundaryo ekspeditsiyasi tashkil qilinib, uning tarkibida Kaufman armiyasi bosh shtabi polkovniklari Gluxovskiy, Jilinskiy va baron Kaulbars, sapyor kapitani Rezvsh, zoolog Bogdanov, botanik Krauz va arxeolog Kunlar bor edi.
Bu qisqa muddatli ekspeditsiyalar natijasida xonlik hududidagi boyliklar toʼgʼrisida kanoat xosil qilgan mustam- lakachilar ularga egalik kilishga astoydil kirishdilar.Buning uchun Аmudaryoning eski oʼzaniga ketma-ketiga maxsus jixozlangan ekspeditsiyalar tashkil kildilar. Shunday ekspeditsiyalar katoriga 1876-1881 yillarda Rossiya imperatorining buyrugʼi bilan tashkil qilingan injener X.V.Gelman boshchiligida oʼtkazilgan tekshiruv-kidiruv ishlarini', N.Petrovich boshchi- ligida 1879 yilda Аmudaryoning eski oʼeanini va Аmudaryo bilan Sariqamish oraligʼidagi suv yoʼli va sugʼorishga kulay yerlarni oʼrganish yuzasidan olib borilgan kidiruv ishlarini, Buyuk knyaz Nikolay Konstantinovichning 1879 yilda «Samara ilmiy ekspeditsiyasi» aʼzosi injener Lyapunov bilan Oʼzboy boʼylab olib borgan qidiruv ishlarini, 1890 yillarda injener X.V.Gelmanning, 1899-1900 yillarda injenerK.G.Girshfeldning va 1890 yil yozida Nikolay Konstantinovichning Аmudaryoning eski oʼzanini oʼzlashtirish masalasi yuzasidan Xivaga kilgan safarini6, G.Grjegorjevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya (partiya)ning 1912 yilda Daryolik, Sarikamish boʼylab, injener Mastitskiy boshchiligida 1913 yilda butun Xiva xonligi boʼylab olib borilgan tekshiruv- kidiruv ishlarini va boshqalarni keltirish mumkin.


Yüklə 139,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin